Комментарии
- 15 фев 2014 17:57hamomga kelsak Qarshi shahri eski shahar mavzeysida ham shunday hammon bor bo'lgan u ham 1ta sham bn qizitilgan hozir ham bor o'sha hammon lekin ishlameydi.
- 16 фев 2014 01:411. Misr ehromlari
2. Bobil osma bog'lari
3. Artemida ibodatxonasi
4. Galikarnas dahmasi
5. Zevs haykali
6. Rodosdagi haykal
7. Iskandariya mayog'i. Mana dunyoning 7 mo'jizasi! - 16 фев 2014 09:26Yevropaliklar qancha qancha boyliklarni olib ketvorgana uzimizni boyliklarni ham buni hisoblasa exxeee...
- 24 фев 2014 21:07Bu yozganiz qadimiy mo'jizala tojmahal o'rta asrlani mo'jizasi
- 25 фев 2014 05:14O'rta asrlar mojizasi db ewitmaganman wu paytga4a
- 3 мар 2014 11:16eyfel minorasi qobketibdiyu
- 2 апр 2024 04:30Assalomu Alaykum. Ma'lumotlarni www.ginnes.uz saytimga joyladim. Rozi bo'lasiz degan umiddaman. Manbani ko'rsatib qo'ydim.
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
☺☻☺Qiziqarli FAKTlar™▄▀▄▀▄
:Шаг вперед
TOJ MAHAL HAQIDA HAYRATLANARLI 10 FAKT
Fikr bildiring
Toj Mahal#1. ”Dunyoning Yetti Mo’jizasi” dan biri hisoblangan hamda bir necha asrlardan beri butun jahon ahlini lol qoldirib kelayotgan Lal Qal’adagi Toj Mahal yodgorligi Shoh Jahon davrida qurilgan bo‘lib, bunga 28 yil Movarounnahr va Xurosonning eng atoqli minglab usta-me’morlarining xizmatlari singgan.
#2. Toj Mahal yodgorligi Shoh Jahonning suyukli zavjasi Mumtoz Mahal Begim hotirasiga bag’ishlab qurilgan bo’lib, aytishlaricha, hotining o’limi shohga shunchalik qattiq ta’sir qiladiki, juda oz fursat ichida soch soqoli oppoq qorday bo’lib qoladi.
#3. Toj Mahal 1632-1653 yillar orasida hozirgi Hindistonning Agra shahrida bino etilgan bo’lib, uning qurilishida 22000 usta hamda 1000 ta fil qatnashgan.
#4. Toj Mahalda barcha narsa simmetrik qilib qurilgan. Faqat ikki qabr ikki hil kattalikda qurilgan bo’lib, erkak kishining qabri ayol kishinig qabridan kattaroq.
#5. Binoga 28 hil qimmatbaho va turli hil boshqa yarim qimmatbaho toshlar o’rnatilgan edi. Ingliz Hindistonga bostirib kelgan davrda ushbu qimmatbaho toshlarni talon-taroj qiladilar.
#6. Toj Mahal tong saharda pushti, kunduzi sutday oq, tungi oy yorug’ida esa oltinrang bo’lib ko’rinadi.
#7. Toj Mahal ustunlari zilzila paytida qabrlar ustiga qulamaydigan qilib qurilgan.
#8. Ushbu binoda barcha maqsadlarga mo‘ljallangan qurilmalar bo‘lib, uning ichidagi hammom alohida o‘rinni egallaydi. G‘aroyib tomoni shundaki, hammom bitta sham bilan isitilgan. Olimlar bu sirni ochish uchun ko‘p yillar mobaynida tahlil o‘tkazib, hammom qozonxonasining tepa qismi, atrofi, devorlari simmetrik ravishda bo‘lgan yorug‘likni o‘ziga qabul qilib, uni issiqlik energiyasiga aylantirib beradigan kuchli quvvatga ega bo‘lgan oynavand linza moslamalaridan tashkil topganligini, linzalarning joylashtirilishidagi mutanosiblik hatto bir millimetrga ham farq qilmasligini aniqlaganlar. Yorug’rlik to‘qqiz karra bo‘yicha sinib tushib, geometrik progressiya shaklida to‘qqiz marta to‘qqiz karra to‘qqizga ko‘paytirish quvvatiga ega bo‘lgan, bitta shamning yorug‘ligi natijasida 80-1000 Selsiy issiqlik darajasini bergan. Inglizlar Hindistonni istilo qilgan davrlarda bu sirni ochish maqsadida ushbu oynalarni va g‘ishtlarni alohida-alohida ajratib olganlar, natijada qayta joyiga qo‘yilganda isitish quvvati yo‘qolgan va o‘z xoliga qaytmagan.
#9. Shoh Jahon daryoning boshq tarafida qora marmardan yana bir Toj Mahal qurishni rejalashtirgan edi. Lekin, o’g’li bilan boshlangan urush natijasida qurilisih ishlari boshlanmay qolib ketadi.
#10. Toj Mahal bugungi kunning qiymatida hisoblaganda 100 million aqsh dollariga tushgan.