QORA QUTI NIMA O’ZI?

Ba’zida yangiliklarda baxtsiz hodisa tufayli halokatga uchragan samolyotlar haqida gapirilganda uning qora qutisi topilgani yoki qidiralayotgani haqida eshitib qolamiz. Tabiiyki, qora quti nima degan savol hayolimizga keladi.
Qora quti ovozni yozib oluvchi uskuna va parvoz ma’lumotlarini qayd etuvchi detektordan iborat qurilma bo’lib, manashu ikki moslama umumiy qilib qora quti deb ataladi. Uning rangi esa umuman qora emas, balki zarg’aldoq rangda bo’ladi. Uni qora deyilishi esa halokatlar bilan bog’liq. Hozirgi tijoriy va korporativ laynerlarning barchasi ushbu qurilma bilan jihozlangan bo’ladi.
Qora qutidagi ovoz yozish uskunasi uchuvchilar nima deyayotgani hamda atrofdagi boshqa ovoz va shovqinlarni yozib oladi. Bu esa uchuvchilarning ohirgi so’zlari nima bo’lgani, halokatga nima sabab bo’lgani aniqlash hamda imknonini beradi. Parvoz ma’lumot detektori esa vaqt, parvoz balandligi, tezlik hamda samolyot qay tarafga uchayotgani haqidagi ma’lumotlarni qayd etib boradi. Hozirgi zamonaviy detektorlar yuqorida sanab o’tilganlarga qo’shimcha ravishda boshqa ko’plab ma’lumotlarni qayd etib borish imkoniyatiga ega. Qora quti o’zida ohirgi 25 soatlik ma’lumotlarni saqlab qola oladi. Quti topilgach, unda saalanib qolgan ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan tahlil qilinib, halokat sabablari ommaga e’lon qilinadi. U odatda samolyot dum qismiga o’rnatiladi.
Qora qutiga ULB deb nomlangan uskuna o’rnatilgan bo’lib, quti suvga tushishi yoki yerga urilishi bilan haraktga kelad va signal yuborishni boshlaydi. U 426 metr chuqurlikdan signal bera oladi. Qora quti juda mustahkam qilib ishlangan bo’lib, u -55° sovuq hamda +70°C daraja issiqqacha chidamli korpusga ega. Hatto portlash zarbi yoki yong’in ham quti ichidagi detektorlarga zarar yetkazmay, ma’lumotlarni bus-butun saqlanishini ta’minlaydi. Lekin, ba’zida qutining signal yuboruvchi qismi ishdan chiqib, quti topilishini ancha qiyinlashtirishi mumkin. Ba’zida qora quti umuman topilmasligi yoki uzoq vaqtda topilishi mumkin. Masalan, 2009 yilda Air France aviokompaniyasiga tegishli Airbus A330-203 layneri Rio de Janeirodan Parijga uchayotib bortida 216 yo’lovchichisi bilan Atlantika okeaniga qulab tushdi. Halokatda hech kim tirik qolmadi. Uning qora qutisini topishga esa 2 yil vaqt ketdi va tahlillar natijasi halokatga uchuvchi sabab bo’lganini ko’rsatdi.
Qora qutini kim ixtiro qilgan?
Qora quti Avstarliyalik olim Devid Uorren tomonidan 1950 yillarda ixtiro qilingan bo’lib, bu ixtiroga uning Comet nomli samolyot halokatini tekshirishga jalb qilinishi sabab bo’lgan. 1957 yilda birinchi qora quti uskunalari ishlab chiqarildi hamda 1960 yilda Avstraliyada sodir bo’lgan sirli halokat uning birinichi sinovdan o’tishi bo’ldi. Halokat siri qora quti yordamida osonlikcha tushuntirib berilgach, bunday qutilarni barcha samolyotlarga o’rnatishni boshaladilar.

QORA QUTI NIMA O’ZI? - 554468382565
QORA QUTI NIMA O’ZI? - 554468388965
QORA QUTI NIMA O’ZI? - 554468420965

Комментарии

  • 25 мар 2014 07:11
    Malayziyani samalyotini qora qutisi topilibdimi. Xind okianiga qulabdiku.
  • 25 мар 2014 07:12
    qoil qanday aqlli odamlar bor
  • 25 мар 2014 07:47
    Xa 8 mart kuni yuqolgan. Ke4a toplilgan xind okianini janubiga quladgan. Xitoyni sputniki topibdi. Bir ikki kunda qora qutisini topsa nima bulganligi kankretlawadi. Man juda qiziqyapman lekin.
  • 25 мар 2014 08:20
    Bu samalyot hali aniqlanadi qulaganlik sababi.Tahmin bor teroristlar tomonidan qilingan degan. Portlagan deyiyishdi.
  • 25 мар 2014 08:20
    Tv kormayslarmi?
  • 25 мар 2014 09:39
    шунак,аларидан ёзилорсин!
  • 25 мар 2014 09:41
    Raxmat admin
  • 25 мар 2014 12:16
    Rahmat sizlarga
  • 25 мар 2014 13:09
    Яхши ма'лумот
  • 25 мар 2014 16:30
    Malayzini samlyoti xaqida xali aniq malumotla yoq manam yengililani 6qib turimman xozircha xammasi taxmin
  • 31 мар 2014 15:08
    Klass! Zo'r ma'lumotlar!