To'liq nomi: Stamford Bridge

Qurilgan: 1877-yil
Ochilgan: 28.04.1877-yil
Hajmi: 41841 kishi
Klubi: Chelsea
Joylashishi: Angilya davlati London shahri
Telefon: +44 (870) 300 23 22
Rasmiy sayti: http://www.chelseafc.com/xxchelsea180706/index.html#/page/StamfordBridge 1877-yil Londonda qurilgan bu stadionning juda qiziqarli va uzoq tarixi bor. Stadion qurish qarorini Londan Sport Klubi qabul qilgan. Undan oldinlari u yerda yengil atletika bo'yicha musobaqalar o'tkazilgan.
1904-yil stadion aka-uka Eych Ey(Gas) Mirs va Jey-Ti Mirs larning qo'liga o'tadi. Ular qo'shimcha sharoitlar yaratishdi, 5 ta yerga futbol kopleksi qurishdi. Boshida stadion "Fulham" klubiga berilmoqchi edi, ammo 1905-yil stadion yosh "Chelsea" klubining stadioniga aylandi.
"Stamford Bridge"ning arxitektori va asoschisi Archibald Leytchem xisoblanadi. Boshida 110 metrlik 1ta tribuna qurilgan va sig'imi 5000 kishi edi. Keyinchalik 10000 tamoshabin futbol ko'ra oladigan stadionga aylandi. O'shanda "Stamford Bridge" Angiliya Kubigi o'tgaziladigan "Crystal Palace"ga Raqobat qila olishi kutilyotgan edi.
Xo'sh "Stamford Bridge" nomi qayerdan paydo bo'ldi? Stadion nomi tasodifan qabul qilingan. XVIII-asrda Stamford degan anhor bo'lgan. U Temza daryosidan oqib o'tgan. Kingz Roud tumanida Stamford nomli ko'prik bo'lgan va shuning uchun ham stadion "Stamford Bridge" nomi bilan atala boshlangan. Stadion nomi o'zbek tilida "Stamford Ko'prigi" degan ma'noni bildiradi.
25-yil davomida stadion tamirlanmadi. Faqatgina 1930-yil Janubiy tribunaning usti yopilgan. Bu joyda asosan "Chelsea"ning ashaddiy muhlislari o'tirishgan. "Chelsea" ravnaqi 1964-1965-yillarda yuz berdi va klubimiz stadionni qayta tamirlandi. Lekin 1970-yillarda "Chelsea" bankrotga uchradi va klub "Stamford Bridge"ni Qurilish Kompleksiga sotishga majbur bo'ldi. Stadion o'rniga do'kon va uylar qurilishi kerak edi. Ammo Qurilish Kompleksi ham bankrotga uchradi va 1992-yil "Chelsea" o'z stadioniga qaytdi. Shungacha klubimiz "Fulham" va "Quick Park Renjers"da tayyorgarlik qildi.
1997-yil stadionning barcha tribunalarining usti yopildi va o'rindiqlar soni ko'paydi. 1998-yilda esa stadion sig'imi 13500 tomashbinni tashkil etdi. Stadion ta'tamirlashiga 30 million funt sterling sarflandi. XX-asr oxirida klub mutasaddilari 50 ming kishilik stadion qurishga qaror qilishdi.
Hozirgi vaqtda stadion sig'imi 41841 kishini tashkil etadi. Qolaversa stadion yildan yilga ta'mirlanib borilmoqda va hozirda Evropaning eng yaxshi stadionlaridan biri hisoblanadi.

Комментарии

Комментариев нет.