Комментарии
- 12 июн 2016 15:34MTM LyricsTrack: uzrap.com/news/uz/154-konsta-odam-bolish.html
- ●Qobilchon ●Комментарий удалён.
- 7 фев 2022 20:30Shahboz Orifjonov
️
- 4 июл 2023 00:35Норбеков ЗНо тугри текс
- 4 июл 2023 00:35Норбеков ЗБлин оригинал борми
- 4 июл 2023 00:35Норбеков З ответил MTM LyricsОригинал текст?
- 6 июл 2023 17:35MTM Lyrics ответил Норбекову ЗБундан бошқа оригинал тексти йўқ
- 6 июл 2023 17:36MTM Lyrics ответил Норбекову ЗҚаери нотўғри экан?
- 6 июл 2023 17:50Норбеков З ответил MTM LyricsНакорат
- 6 июл 2023 17:51Норбеков ЗБудим узок булдим мусофир
- 6 июл 2023 17:51Норбеков ЗТипа шунака накорати
- 8 июл 2023 16:24MTM Lyrics ответил Норбекову ЗБошқа трек билан адаштиряпсиз шекилли) Оригинал текст шу ва бошқаси йўқ!
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
MTM Lyrics
Konsta - Odam Bo'lish
Ba'zan qo'rqaman,
kimligim unutganda,
Qo'rqaman uyg'onmaslikdan,
g'aflatda tun o'tkanda.
Men ahmoq qo'rqmiman,
ba'zan vijdon uyg'onmasa,
Qo'rqaman, internetim
yo'qolsa, telefon yonmasa.
Yolg'izlikdan qo'rqaman,
shyotim minusda bo'ganda,
O'limdan, chunki yomon yo'lda
men usta bo'gandim!
Qo'rqaman, shyot bosayu, telni
hech kim ko'tarmasa,
Men trek chiqarmasam, sen
eslab o'tarmisan?
Narxlar bilan oshadi,
tashvishlarim betda,
Kerakmas Motsart,
qadrsiz musiqa kashvishlarim.
Qo'rqaman, musiqam bilan oilam eplolmaslikdan,
Xuddi sen qo'rqqaning kabi trekni bepul olmaslikdan!
Qo'rqaman, bu bozorda vijdonni
yo'qotishdan,
Qo'rqaman, manaviy tarafdan oqsash yoki qotishdan!
Ko'ngilsiz ablax bo'lmay zabt etilarmi cho'qqilar,
Qanday qilib ham vijdonni ham oilamni to'q qilay?
Bu aniq ashulamas unda yo'q naqorat,
Oddiy ovoz, oddiy haqiqat, bu na oq, na qora.
Bu hayotda har doim nimadir kam bo'lar,
Juda qiyin, juda muhim do'stim
odam bo'lish...!
Yolg'izman, lekin necha bor to'ldirdim-ku zallar,
Yolg'izman, lekin fan clubimni to'ldirdi go'zallar.
5000 ta do'st ok.ruda lek yolg'izman siqilganda,
Va yaxshiyam yolg'izman yiqilganda!
Qanday omon qolish mumkin dil bilan tilni bir qilib?
Ko'rdim farishtalarni iblis bo'ldi qanotlari qirqilib,
Qanchalar qiyin yaqinlarga doim yaqin bo'lish,
Yo'qolmasdan, oilang bilan xudo bergan haqqin bo'lish!
Qo'rqaman, men ishonchni oqlamadim rasman,
Axir baksyor, diplomat yurist, bankirmasman.
Hali hech narsa qilmadim, ayamni qilish uchun "Happy",
Kulgili eshitilsa kerak
deyishganda o'g'lim "rapper".
Bu safaram aytolmadim eng
muhimin,
Konsta repper bu - bir
odammas,
Bu ancha keng, bu hamma,
Senda ham borku shu xatolar, tepada aytib o'tganim,
Senda ham bor shu yo'l, yurak
tepadi qaytib o'tgani...!
Bu aniq ashulamas unda yo'q naqorat,
Oddiy ovoz, oddiy haqiqat, bu na oq, na qora.
Bu hayotda har doim nimadir kam bo'lar,
Juda qiyin, juda muhim do'stim
odam bo'lish...!
#OdamBolish