14 июн 2016

Konsta feat Rakhmonov - Hayot 3

#Part Konsta:
Ayt menga qani
vafodorliging?
Yo'qsan, lekin nima berdi borliging?
Sizga muhtojman, sizsiz yasholmiman deb yashayapsan,
Xalaqit bermay menga
zorliging!
Men ko'p gaplarni eshitdim, lekin qanchasi rost edi,
Ko'p nigohlarni ko'rdim, bor edi
qancha sir ostida.
Men ko'rdim farishtalarni, hayot panjasi bosdida,
Bo'yniga zanjir sim ostida, maxluqqa aylantirdi!
Men telba ishonchga ancha suyandim,
Va orzularimni qanchasi yondi,
Do'stlarimdan qoldi qanchasi yonda,
Yo'qotdim ko'pini chiqqancha ziyondan!
Endi yolg'on hayotimiz parchasi bo'ldi,
O'ta olmadik barcha sinovdan,
Xissiyotlarni barchasin o'ldirib,
Samimiyligimizni darajasi no'lda!
#Naqorat:
Singan orzular shaharchasini, tark etaman tashab barchasini,
Qoldirib ortimdan orzu va umidlar, tan berib senga hayot,
tan berib senga,
Netaman, ketaman bu safar boshqasiga beribsan gal, tan
berib senga...!
#Part Rakhmonov:
Yana yolg'izman, izlayman savollar ichimdan,
Hamma tark etdi yoki sen ham mendan kechdingmi?
Soxta do'st kabi, sening sevging ham soxta ekan,
Aqlim kuchi yurakdagi
sevgidan ustun kelgan!
Bilasanmi qancha dard, bu qalbim kemiradi,
Yasholmiman degan so'zlar o'zgaga ataladi.
Aql aytadi, endi kerakmas deya,
Yurak yig'laydi, ko'rmasam uni bir soniya.
Aqlli gaplar emas, ayni bu xaqiqat,
Bu dunyo o'tkinchi, aldaydi yolg'on faqat.
Yana izlayman oqibat, qadr-qimmat,
Pul deya sotilib ketgan, yig'laydi muhabbat...!
#Naqorat:
Singan orzular shaharchasini, tark etaman tashab barchasini,
Qoldirib ortimdan orzu va umidlar, tan berib senga hayot,
tan berib senga,
Netaman, ketaman bu safar boshqasiga beribsan gal, tan
berib senga...!
#Hayot3

Konsta feat Rakhmonov - Hayot 3 - 835956276126

Комментарии