Allohni mudom zikr etish va duo — mo‘minlikning go‘zal sifati Bismillahir rohmanir rohim.

Alloh taolo o‘zining muborak kalomida: “Ey iymon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar. Va ertayu kech Uni poklab yod etinglar”, deb marhamat qilgan. (Ahzob surasi, 41-42-oyatlar). Zikr deganda, birinchi navbatda Allohni zikr qilishni tushuniladi. Allohni zikr qilish qalbni unga bog‘lash demakdir. U meni kuzatib turibdi, degan fikr doimiy inson xayolida bo‘lishi bu – zikrdir. Banda Allohni ko‘p zikr qilish bilan turli gunohlardan uzoqlashadi. Uning qalbida behuda fikrlarga o‘rin qolmaydi. Dunyoga hirs qo‘yish, uning zikri bilan band bo‘lishdan xalos bo‘ladi. Allohning zikri bilan band bo‘lgan qalbda turli ko‘ngilxushliklarga, insonga manfaatsiz maishatlarga joy qolmaydi. Allohni ko‘p zikr qilgan bandaning qalbiga uning muhabbatidan o‘zga muhabbat sig‘maydi, so‘zlaganda avvalo tilida Allohning ismi jo bo‘ladi. So‘ngra bu muborak ism asta-sekin bandaning halqumiga, ko‘ksiga va axiyri qalbiga yetib boradi. Bunday inson tili bilan Allohning ismini aytmasa ham, qalbi hamisha “Alloh, Alloh” deb turadi. Nihoyat, butun vujudi shu holatga keladi. Ana shunda banda haqiqiy zokirlik maqomiga yetadi. Bunday bandadan hech qachon yomonlik sodir bo‘lmaydi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom: “Rabbingiz: “Modomiki, bandamning lablari meni zikr etib qimirlar ekan, men u bilan birgaman”, deydi”, deganlar. Qur’oni karimda Alloh taolo yana: “Bas, Meni eslangiz, sizni eslayman. Menga shukr qilingiz, noshukurlik qilmangiz”, degan (Baqara surasi, 152-oyat). Aslida Alloh bandalarning uni zikr qilishlariga muhtoj emas. Hamma muhtojlik bandalarda. Lekin oyatda bunday deyilishi bandalar uchun yaxshilikdir. Chunki, bandalar Allohni eslashlari bilan Alloh ularni eslashiga erishadilar. Albatta, zikr bilan zikrning farqi bor. Ojiz bir bandaning eslashi qayerdayu, olamlarning Rabbi bandani eslashi qayda! Imom Buxoriy payg‘ambarimizdan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Alloh taolo: “Ey odam bolasi! Agar meni o‘zing tanho eslasang, men ham seni o‘zim tanho eslayman, agar ko‘pchilik ichida eslasang, men ham seni ko‘pchilik ichida eslayman”, degan. Abu Hurayra r.a.dan qilingan rivoyatda Nabiy alayhissalom: “Qay bir qavm o‘tirib, Alloh azza va jallani zikr qilsalar, albatta, ularni farishtalar qurshab olur, rahmat o‘rab olur, ustilaridan sakiyna nozil bo‘lur va Alloh ularni o‘z huzuridagilar ichida zikr qilur”, dedilar. Qalbi iymon bilan muzayyan bo‘lgan kishilar o‘tirib Allohni zikr qilishlari tufayli shunday buyuk darajaga erishsa, mo‘minlar uchun bundanda buyukroq saodat bormi? Iymon keltirganlarning qalblari Alloh zikri bilan orom topadi. Chunki zikr qiluvchi qalblar o‘zlarining Alloh bilan doimiy bog‘liq ekanlarini his qiladilar. Yana zikr bilan sayqallangan qalblar dunyoda hamma narsa Allohdan ekanini, bu dunyoyu u dunyo saodati ham Allohning ixtiyorida ekanini biladilar. Modomiki, zikr Allohni eslash ekan, bu ba’zi odamlar o‘ylaganlaridek faqat namozda yoki masjidda yoxud belgilangan bir manzilda bo‘ladi degani emas. Allohni zikr qilish har qadamda, har joyda va har bir holatda bo‘ladi. Buyuk tariqat peshvosi Bahouddin Naqshband hazratlari aytganlariday: “Dil ba yoru dast ba kor”, ya’ni “Diling hamisha Alloh bilan, qo‘ling esa mehnat bilan bo‘lsin”. Banda qaysi o‘rinda bo‘lishidan qat’iy nazar uning qalbi doimo Allohni eslab turishi lozim. Shuning bilan birga banda tili bilan ham zikrda bardavom bo‘lishi matlubdir. Bir kishi: “Ey Allohning Rasuli! Islom shariati men uchun ko‘payib ketdi. Menga o‘zim mahkam ushlaydigan narsaning xabarini bering”, dedi. “Tiling Allohning zikridan ho‘l bo‘lib tursin”, dedilar. (Imom Termiziy rivoyati) Eng afzal zikrlar Zikrlarning eng afzali va butuni bu – Qur’oni karimdir. Uning birgina oyatini tilovat qilish bilan banda qanchadan-qancha savobga ega bo‘ladi. Payg‘ambarimiz o‘z hadislarida ta’lim bergan zikrlar ham ko‘pki, bular haqida alohida kitoblar ta’lif etilgan. Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilingan hadisda: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki so‘z tilga yengil, tarozida og‘ir, Rahmonga suyuklidir: “Subhanallohi va bihamdihi, Subhanallohil aziym”, dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati). Yana shu zotdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: “La havla va la quvvata illa billahi”ni ko‘proq ayt. Albatta, u jannatning xazinalaridan bir xazinadir”, dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati). Zikrning tartibi va turlari Islom shariati turli holatlarga ko‘ra zikrlarni tartibga solgan. Mazkur zikrlar bir necha turga bo‘linadi: 1. Zamonga xos zikrlar (ertalab, kech kirganda, yangi oyni ko‘rganda aytiladigan zikrlar). 2. Makonga xos zikrlar (masjidga, uyga kirganda aytiladigan zikrlar). 3. Ibodatlarga xos zikrlar (namoz, ro‘za, haj va shunga o‘xshash ibodatlarda aytiladigan zikrlar). 4. Amal va holatlarga xos zikrlar (kiyim kiyganda, uyqudan uyg‘onganda, yotganda, taomda, nikohda, safarda va ulov minganda aytiladigan zikrlar). Mazkur holatlarda qilinadigan zikrlarni bizda duo deb atash odat tusiga kirgan. Inchunun, zikr va duo bir-birini to‘ldirib keladigan narsalardir. Sunnati mutahharada kelgan zikr va duolar haqida alohida kitoblar yozilgan. Bunga ko‘plab olimlar tomonidan “Al-Azkor” nomi ostida yozilgan kitoblarni misol qilib keltirish mumkin. Zikrning foyda va samaralari nihoyatda ko‘pdir. Jumladan, u tufayli qalb tirik bo‘ladi, rizqni jalb qiladi, u ruhga quvvat bo‘ladi, xatolarni yuvadi, u shukrning boshi hisoblanadi, g‘am-anduhlarni ketkazadi. Duoning hikmati va fazilatlari Yuqorida tilga olinganidek, duo va zikr biri birini to‘ldirib keladi. Aslida duo nima? “Duo” so‘zi arab tilida chaqirish, so‘rash ma’nolarini anglatadi. Aslida duo bandaning ruhiy holatidan kelib chiqib Yaratganga hissiy murojaatidir. Ko‘pincha ana shu duo bilan “talab qilish” degan narsani aralashtirilib yuboriladi. “Talab qilish” – bu so‘rovchining tili bilan nutq qiladigan so‘rovidir. “Menga uzoq umr, sog‘lik bergin” kabi. Duo esa, so‘rovchida paydo bo‘ladigan ruhiy holat hisoblanadi. Banda chinakam duo qilar ekan, uning qalbi uyg‘oq, hislari titroq holda o‘zining qilgan gunohlariga iqrorlik ila Allohga yuzlanishi vujudga keladi. Agar duo qilinayotgan paytda til boshqa, dil boshqa narsani desa, albatta u duo bo‘lmaydi. Bandaning biror narsani so‘rashi bilan astoydil duo qilishida farq bor. Yillar davomida so‘rab, so‘raganiga erisha olmay yurganlar qancha, chunki u haqiqiy duo qilish holatiga sazovor bo‘lgani yo‘q. Chinakam duoning boshlanishi bandaning qilgan gunohlariga iqror bo‘lishi bilan boshlanadi. Alloh taolo o‘zining kalomida: “Qachonki, bandalarim sendan men haqimda so‘rasalar, bas, albatta, men yaqindirman. Duo qiluvchi duo qilganda duosini ijobat qilurman”, deb marhamat qilgan (Baqara surasi, 186-oyat). Astoydil duo qilganlarning duolari qabul bo‘lishiga shubha yo‘q. Chunki buni Alloh va’da qilyapti. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida: “Har kecha Rabbimiz dunyo osmoniga tushadi va “Kim menga duo qiladi, men ijobat qilsam, kim mendan so‘raydi, men unga ato qilsam, kim menga istig‘for aytadi, men uni mag‘firat qilsam”, deydi”, deganlar. Duo manfaatni jalb qiladigan va zararni daf qiladigan kuchli sababdir. Allohning G‘aniy, Same’, Karim, Rahim va Qodir sifati borki u o‘ziga duo qilishga amr qiladi. No‘‘mon ibn Bashir r.a.dan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duo ibodatdir”, dedilar va Rabbingiz: “Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar” oyatini qiroat qildilar”. (Abu Dovud rivoyati). Duo va ijobat Banda o‘zining ojizligi va hojatmandligini e’tirof etib, duo qilayotgan zotning ulug‘ligiga munosib odob-axloq bilan so‘rashi lozimdir. Ijobati Yaratganning o‘ziga havola. Hazrati Umar r.a.: “Men duoning ijobati tashvishini qilmayman, balki, duo qilish tashvishini qilaman. Chunki, duo qilishga ilhom berilsa, albatta u ijobat bo‘ladi”, der ekanlar. Duoni qanday ijobat qilish Allohning irodasidir. Alloh taolo so‘ralgan narsani bermasa, ajrini oxiratga olib qo‘yadi yoki uning evaziga boshqa bir yomonlikni daf qiladi. Ibn Javziy aytadiki: “Bilingki, mo‘minning duosi rad qilinmaydi. Faqat uning uchun ortga surish foydali bo‘lganda ijobati ortga suriladi”. Ya’ni, iymonli kishining duosi hech qachon qaytarilmaydi. Balki, kechroq bo‘lsada albatta, ijobat bo‘ladi. Ijobatning kechiktirilishi esa, bandaning manfaati uchun bo‘lishi mumkin, buni Yaratganning o‘zigina biladi. Salmon r.a.dan rivoyat qilingan hadisda: “Nabiy alayhissalom: “Qazoni faqat duo rad qiladi. Umrni faqat yaxshilik ziyoda qiladi”, dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati). Qazo – Allohning hamma narsani kelajakda qanday bo‘lishini azaldan bilishidir. Qazodagi narsa qadarga keladi. Bu yerdagi qazodan murod, muallaq qazo bo‘lib, falonchi duo qilib tursa, falon kuni kasal bo‘lmaydi, qilmasa bo‘ladi, kabi holat tushuniladi. Qadarni qadar bilan daf qilish ma’nosini inobatga olinadigan bo‘lsa, bu yerda duo ham qadardir. Yaxshilik qilish bilan ham inson duoga sazovor bo‘ladi. Yaxshilik qilingan inson yaxshilik qiluvchining haqiga duo, hech bo‘lmaganda yaxshi tilak bildiradi. Albatta, zarra misqol kabi yaxshilik behuda bo‘lmasligini inobatga olgan holda, yaxshilik qiluvchining haqiga qilingan duo ham qabul bo‘lishi aniq ekani kelib chiqadi. O‘zgadan oz bo‘lsada yaxshilik ko‘rgan inson hech bo‘lmaganda “umring uzoq bo‘lsin” degan duoni qiladi. Duo qilish odoblari Har narsada bo‘lgani kabi duoda ham o‘ziga yarasha odoblari bor. Umar r.a.dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollalllohu alayhi vasallam qachon duoda ikki qo‘llarini ko‘tarsalar, ularni yuzlariga surtmasdan turib qaytarmas edilar”. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati). Duodagi odoblardan biri bandaning azmu qaror bilan ikkilanmay so‘ramoqligidir. Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Biringiz zinhor “Allohim agar xohlasang meni mag‘firat qilgin”, demasin. Azmu qaror ila so‘rasin, chunki uni majbur qiluvchi yo‘q”, dedilar”. (Sunan sohiblari rivoyati). Gunoh aralashtirmay, qarindoshlik rishtalarini uzmay duo qilish uning asosiy odoblaridan hisoblanadi. Bundan tashqari duoda mubolag‘aga ketmaslik, haddan oshmaslik, duoni o‘zidan boshlamoqlik, uch marta duo qilmoqlik, qiblaga qarab, hamdu-sano va salavot ila boshlamoqlik, sharafli vaqtlarni ixtiyor qilmoqlik ham duo qilishning odoblaridandir. Mustajob duolar Kimlarning duolarining ijobati tez ekanligi haqida ham hadisi shariflarda xabarlar kelgan. Abu Dovud va Termiziylar qilgan rivoyatda: “Albatta, duoning eng tez ijobat bo‘ladigani g‘oyibning g‘oyibga qiladigan duosidir”, deyilgan. Bunda chin ixlos va samimiyat bor. Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Uch duo mustajobdir. Ularda shak yo‘q. Ota-onaning duosi. Musofirning duosi va mazlumning duosi”, dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati). Xossatan, ulug‘ oylar, kunlarda qilingan duolar qabul bo‘ladi. Tabarruk kunlarni g‘animat bilib, qadriga yetib duolar qilmoq lozim va lobuddir. Xayrulla Turmatov, Angren shahar bosh imom-xatibi Turmatov Xayrulla Abdumalik o‘g‘li 1976 yili Toshkent viloyatining Angren shahrida tug‘ilgan. Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutini (2001), Toshkent viloyati davlat pedagogika institutining tarix va davlat huquqi asoslari fakultetini (2003) tamomlagan. Imom al-Buxoriy xalqaro markazida malaka oshirgan. 80 dan ma’rifiy maqolalari matbuotda chop etilgan. 1994 yildan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida ishlaydi. Hozirda Angren shahar bosh imom-xatibi hamda «Qorabog‘» jome’ masjidi imom-xatibi.

Комментарии

  • 27 окт 2014 03:55
    :-)
  • 27 окт 2014 21:03
    nimaga kuliyabsiz do'stim?
  • 9 янв 2015 17:24
    Ассалому Алайкум биродар азиз менга йордамингиз кере
  • 13 янв 2015 06:04
    Assalamu alaykum birodarlar 4 rakat sunnat namozidan 4 rakat farz namozi o'qilishida qanday farqi bor?
  • 16 янв 2015 05:20
    Avvalo niyatida keyin sunnatda 4 rakatni hammasida fotiha surasidan so'ng zam sura o'qiladi yani kichik sura farzida esa avalgi ikki surada zam sura o'qiladi qolgan 1 rakatmi 2 rakatmi faqat fotiha surasi o'qiladi zam sura o'qilmaydi.
  • 19 янв 2015 18:50
    Админ мени хам модератор қилиб қўйинг илтимос.
  • 31 янв 2015 05:16
    alloh rozi bulsin sizdan
  • 31 янв 2015 05:16
    alloh rozi bulsin sizdan
  • 31 янв 2015 05:19
    alloh sizdan rozi bulsin
  • 31 янв 2015 06:06
    30 январь
    прездентимизни
    тугулган куни умри
    узок
    булсин деганлар
    классни
    аяамасин.
  • 2 фев 2015 13:24
    ﻲﻧﺎﻤﻠﺴﻣ ﺎﻳﻲﻧﺎﻤﻠﺴﻣ ﺎﻳﻲﻧﺎﻤﻠﺴﻣ ﺎﻳﻲﻧﺎﻤﻠﺴﻣ ﺎﻳﻲﻧﺎﻤﻠﺴﻣ ﺎﻳ
  • 14 фев 2015 19:57
    Салом канака килиб органса. Болади намозди достлар
  • 6 мар 2015 13:00
    Moskva Toshkent.             Aftobus. Ona yurtimizga aftobuzda ketishni hohlovchilar yoki Moskvaga kelishni hohlovchilar diqqatiga har kuni aftobuz hizmatini taklif etamiz. Murojat uchun telеfonlar. 8 968 712 12 13.Uzbekiston seni juda sogindim. 8 969 257 90 97.
    Reklama uchun uzr so'rayman odmindan.
  • 7 мар 2015 19:58
    000 000 ответил А Л И К
    КАРАКАЛПАКга борами
  • 7 мар 2015 21:54
    Jora yordom garakmi Namoz tarafdan?
  • 7 мар 2015 22:03
    Да органишим карак
  • 7 мар 2015 22:19
    2yx.ruga gr video poisk bar Namoz organamiz dab videola chqadi orosinda 07:58minutli video bo shunda xamma Oyat bo yodlo Taxorat olish dab yozbarsang Taxoratnam videosi bo yenam novvidir garak bosa yoz oytomon yurtdoshm Dindosh brodarm man Turtkuldanman odom bolmiman yordom garak bolsa sora aytaman
  • 7 мар 2015 22:21
    Бир неча йил
    илгари...
    Бир масжид имоми Лондонга кўчиб
    келган эди. У ҳамиша уйидан
    масжидга автобусда борар, у
    чиқадиган вақтда автобус кўпинча
    бўш ҳолатда бўлар эди. Кўчиб
    келганига энди бир неча ҳафта
    бўлганди. Автобусга чиқиб йўл
    ҳақини тўлаб ўтирди. Ҳайдовчи
    қайтимига керагидан 20 пенс
    ортиқча бериб юборганини кўрган
    имом бироз ўйланиб, ичида ўзига
    дебдики: ”Мен албатта бу ортиқча
    маблағни қайтаришим зарур.
    Чунки, бу ортиқча пул менинг
    ҳаққим эмас.” Сўнг яна бироз
    ўйланиб туриб, ўзига ўзи шундай
    дебди:
    ”Бу биров назарга илмайдиган,
    арзимас пул бўлса, қолаверса бу
    пул менда қолгани билан
    автокорхонага ҳеч қандай зарари
    сезилмайди. Демак, мен пулни
    Аллоҳнинг ҳадяси деб қабул қилиб
    ўзимда олиб қоламанда,
    ҳайдовчига индамайман.”
    Ниҳоят автобус имом тушадиган
    бекатга келиб тўхтади. Бироқ, у
    автобусдан тушаётиб, ҳайдовчи
    олдида бир лаҳзага тўхтадию
    чўнтагидан ортиқча 20 пенсни
    чиқариб ҳайдовчига бериб деди:
    “Марҳамат олинг, менга керагидан
    ортиқ қайтим берган экансиз.”
    Ҳайдовчи пулни олиб, табассум
    қилди ва сўради: “Сиз шу ерга янги
    имом бўлиб келган инсонмисиз?
    Мен анчадан бери масжидингизга
    бориб, динингиз билан
    танишмоқни ўйлаб юрган эдим.
    Бугун нима қилар экансиз деб,
    сизга атайин ортиқча қайтим
    қайтарган эдим.”
    Имом автобусдан тушар экан бўлиб
    ўтган воқеанинг оғирлигидан
    оёқлари заифлашиб, ерга қулаб
    туша ёзди. Энг яқин турган тўсинга
    суяниб олиб, осмонга юзланиб,
    кўзларида ёш билан дуо қилди:
    “Эй Роббим! Сал бўлмаса динимни
    20 пенсга сотиб қўяй дедим-а...!”
    Ҳикмат
    Биз учун арзимас бўлиб
    кўринадиган баъзи ишлар
    бошқалар учун жуда аҳамиятли
    бўлиши мумкин. Биз учун арзимас
    бўлиб кўринган кичик хатолар
    бизларни кузатиб турган инсонлар
    учун биз ҳақимизда, динимиз,
    эътиқодимиз, миллатимиз,
    халқимиз ҳақида ноўрин хулоса
    чиқаришларига сабаб бўлиб
    қолиши мумкин. Бир иш
    қилаётганда фақат ўзимизни эмас,
    балки ўзимиз мансуб бўлган
    динимиз, миллатимиз, халқимиз
    шаъни ҳам ҳамиша кўз ўнгимизда
    турмоғи лозим...!
  • 8 мар 2015 10:22
    UMR БEK ответил 000 000
    Kitob ol da o'qi va chin qalbing dan o'rganishga xarakat qilsang tez o'rganib olsa bo'ladi men sinab ko'rgan man va kitob da xama narsani ko'rsatib qo'yibdi urganish oson
  • 11 мар 2015 23:09
    Прочесть всем мусульманам

    обязательно! После прочтения

    Курана -Керима в пятницу

    Шейх- Ахмету во сне явился

    Пророк Мухаммад. Он сказал

    ему: Эй. Шейх- Ахмет, в

    пятницу умерли 600

    человек ,но ни один из них не

    попал в рай,потому что жены

    перестали слушать мужей,

    богатые перестали помогать

    бедным. каждый мусульманин

    обязан держать пост каждый

    понедельник и совершать

    пятикратную молитву каждый

    день. Аллах повелел, чтобы

    это

    письмо дошло до всего

    мусульманского мира. Те,кто

    распространит его,

    освободится от своих долгов,

    если он чейто должник. Я

    Шейх- Ахмет, если мои слова

    неправда, да не взлюбит меня

    Пророк Мухаммад! Один

    человек прочитав письмо

    забыл про него. через

    несколько дней он потерял

    работу. Потом вспомнив про

    письмо, распространил его и

    сразу нашел работу лучше

    прежней. Другой человек

    увидев письмо, сразу его

    распространил и Аллах его

    благословил. Еще один

    человек

    прочитав письмо, не счел его

    нужным и выбросил. Через 9

    дней он скончался. Напиши это

    письмо в9 комм
  • 20 мар 2015 13:08
    Ollo taolloh yodimizdan chiqmaydi
  • 20 мар 2015 13:17
    Assalomu Alekum InshaALLAH deng chunki oxirat kelib Musulmonlar otgandan kegn LA ILAHA ILLALLAH MUHAMMADUR RASULULLOH deyishadi ammo manosini bilishmaydi bu oqsaqol qariyalar
  • 24 апр 2015 02:17
    Man nomoz uqimoqchiman shunga sura biliwim kerak qaydan topsam boladi
  • 5 июл 2016 20:11
    ASSALOM ALEKUM O'QIWNI O'RGANDZMI
  • 10 июл 2016 16:20
    Salom ham
  • 23 ноя 2016 00:46
    A.alaykum birovdari aziz quron tilavot qiganda qaysi suralarini o'qisa maqsadga muofiq bo'ladi iloji bo'sa lichkamga yozma tarijda yozsayiz juda yaxshi bo'lardi
    Oldindan rahmat sog'bo'ling