Bolaligida Ibn Sino onasidan «Nega osmon oldin katakchalardan iborat edi-yu, hozir o‘sha katakchalar yo‘q?
» deb so‘ragan ekan. Bunday deb so‘rashiga sabab go‘dakligida onasi har xil hasharotlardan saqlash maqsadida uning yuzini elak bilan yopib qo‘yar ekan. Keyinchalik o‘sha manzarani bo‘lg‘usi tabib kuchli xotirasi yordamida xotirlay bilgan ekan. Haqiqatan ham xotiraning imkoniyatlari juda keng. Inson 20 mingdan 100 minggacha so‘zni eslab qolishi mumkin. Masalan, mashhur kompyuter dasturchisi Bill Geyts minglab kodlarni yoddan biladi, deyiladi. Sarkarda Aleksandr Makedonskiy esa askarlarini nomma-nom sanab bergani haqida rivoyatlar bor. O'z navbatida kishi xotirasi juda ko‘p omillarga bog‘liq ekanini ham unutmaslik lozim. Kimdir ko‘rganini, kimdir eshitganini yaxshiroq eslab qoladi. Shuningdek, kishi xotirasida qiziqqan narsasi tezroq o‘rnashadi. Ba'zan esa ma'lum hissiy kechinmalar unutilgan voqealarni qayta jonlantirgan holatlar uchrab turadi.
▁ ▂ ▃ ▅ ▆ █ MeDiCaL CoLLeG █ ▆ ▅ ▃ ▂ ▁