Tashqi nuqsonlardan o’z-o’ziga cheklov qo’yish tanganing bir tomoni, xolos. Odamlar psixikasida ichki nuqsonlilik komplekslari ham kuchli ildiz otgan. Bu komplekslar shaxs o’z fe’l-atvoridagi qaysidir, uning fikricha, nuqson bo’lgan jihatga katta ahamiyat berib yuborganidan kelib chiqadi. Yoki kishi u yoki bu qobiliyatlari yetarlicha rivojlanmaganidan o’zini boshqalardan kuchsizroq hisoblaydi. “Men falonchidek aqlli emasman”, “Mening odamlar bilan muloqot qilish qobiliyatim yaxshi rivojlanmagan”, “Men birovning ko’nglini olishni bilmayman”, “Mening hech o’qishga quntim yetmaydi”, “Mening qo’limdan hech ish kelmaydi”, “Men g’irt omadsizman”, “Men chiroyli qilib gapira olmayman”, “Mening xatim juda xunuk”, “Men birovni yaxshi ko’rishga qodir emasman”, “Men juda xudbinman”, “Men falonchiga bas kela olarmidim”, “Menga u bilan bahslashishga yo’l bo’lsin”, “Mening qanday noyob qobiliyatlarim borki, bu ishni menga topshirishsa”, “Mening hech bir kuchli tomonim yo’q” kabi ta’kidlar ichki nuqsonlilik kompleksidan darak beradi. Kishi o’z nuqsonlariga o’ta katta e’tibor berib yuborsa va o’z hayotiga salbiy ta’sir qilishga ularga imkon bersa – bu jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Ichki nuqsonlilik kompleksiga tobe odam o’z imkoniyatlarini doim juda tor doirada baholaydi va shunga monand qarorlar qabul qiladi. Albatta, o’z kuchlarini hisobga olib ish ko’rish maqsadga muvofiq – xalqimiz bekorga “Ko’rpangga qarab oyoq uzat” deb aytmagan. Ammo kompleks ta’siridagi odam o’z kuchini odilona baholay olmaydi va asl imkoniyatlaridan ancha quyi maqsadlarni ko’zlab yashaydi. Bu juda achinarli hol, chunki bunda kishining orzu qilish va o’z niyatlariga intilish qobiliyati zarar ko’radi – nuqsonlilik kompleksi hukmi ostidagi odam hech qachon katta orzular qila olmaydi va yuksak maqsadlarga intilmaydi. Kamchilik va nuqsonlar hammada bo’ladi – beayb Parvardigor. O’z kamchiliklarini bilgan yaxshi – ammo ularga o’ta katta ahamiyat berib yuborilsa, natija yaxshi bo’lmaydi. Dunyoda har kim qandaydir nuqson bilan yaratilgan – ammo har kimga shu nuqsonlarning o’rnini bosadigan fazilat ham berilgan bo’ladi. O’zingiz o’ylab ko’ring – Tangri bir bandasini ko’proq, boshqasini ozroq fazilat bilan yaratmaydi. Xudo bunday nohaqlik qilmaydi. U barchani teng imkoniyatlar va teng cheklovlar bilan taqdirlagan. Siz o’zingizdagi kamchiliklarni ko’ra bildingizmi – o’z fazilatlaringizni ham ko’ra biling. Agar sizga berilgan nuqsonlargagina e’tibor berib, bundan nolisangiz-u, sizga ato etilgan fazilatlarni ko’ra bilmasangiz – bu noshukrlik bo’ladi. Ichki nuqsonlilik kompleksi ham xuddi tashqi nuqsonlilik kompleksi kabi o’zini o’zi oshirish xususiyatiga ega. Ya’ni kimdir biror kamchiligiga o’ta yuqori ahamiyat berib yuborsa, kompleks uning xatti-harakatlarini shunday boshqaradiki, uning bu kamchiligi yana-da yaqqolroq namoyon bo’ladi. Misol uchun, odamlar bilan muloqotda bo’lish qobiliyatiga ishonmagan odam har kim bilan suhbatda o’z nuqsonini yashirishga harakat qiladi. Buning uchun zo’r berib chiroyli va dadil gapirishga, muloqotni qiziqarli qilishga urinadi. Ammo bu urinishlar nosamimiy, soxta muloqotni keltirib chiqaradi va suhbatdosh bu odam rostdan ham muomala qilishni bilmasligiga amin bo’ladi. Yoki o’z aqliy qobiliyatlarida shubhalangan odamni olaylik. Unga katta aqliy faollikni talab etadigan ish topshirilsa, u bu ishni uddalay olmasligiga shu qadar ishonadiki, bundan sergaklikni yo’qotib, ishni rostdan ham katta nuqsonlar bilan bajaradi. Navbatdagi sir o’z imkoniyatlaringizni baholaganingizda yodingizda tursin: sizning miyangiz o’zini o’zi tarbiyalash xususiyatiga ega – ya’ni siz unga qanday ko’rsatmalar bersangiz, u shunga monand ish ko’radi. Bu siz xayolingizda o’z imkoniyatlaringizga u yoki bu jihatdan baho berib, o’zingizda shu qobiliyatlar o’sishi yoki kamayishiga turtki berasiz degani. Bir abiturient oliygohga imtihon topshirgan. U asosiy fanlar qatori odam zehni darajasi va mantiqiy fikrlashini tekshiradigan maxsus IQ test sinovidan ham o’tgan. Imtihon natijalari yozilgan xatda u 96 ball to’plab, oliygohga kirgani haqida yozilgan. U bu natijani IQ testining 150 ballidan 96 olganman deb o’ylagan va o’zini zehni pastlar qatoriga qo’shgan. Butun birinchi semestr davomida u o’z aqliy qobiliyatlaridan shubhalanib o’qigan. Shundan uning fanlardan olgan baholari juda past bo’lgan. Semestr so’nggida uni bir fanni qayta topshirish uchun chaqirgan mualllim unga kirish imtihonlarida 100 dan 96 olgan odamdan bunday natija kutmaganini aytgan. O’z xatosini tushunib yetgan talaba, semestr fanlarini namunali topshirib, ikkinchi semestrda oliygoh bo’yicha eng yuqori natijalarga erishgan. Ana shunaqa. O’z imkoniyat va qobiliyatlaringizni shubha va ishonchsizlik xayollari bilan cheklamang. O’z kuchingiz va iqtidorlaringizga to’liq ishonib yashang – toki bu ishonchni onggingiz iste’dodlaringizni o’stirish uchun ko’rsatma deb qabul qilsin. Ichki nuqsonlilik kompleksidan xalos bo’lishning eng samarali yo’li – bu kechirishdir. Siz o’z kamchiliklaringiz uchun o’zingizni kechira olsangiz, nuqsonlaringiz hayotingizga soya solishiga imkon bermagan bo’lasiz. Bir qarashda, juda oson narsa – o’zini kechirish, bu hammaning qo’lidan keladigandek. Lekin bu siz o’ylaganchalik oson tadbir emas – juda ko’p odamlar o’z kamchiliklarini qabul qilib, ular haqida qayg’urmay yashash baxtini o’zlariga ravo ko’rolmaydilar. Sizga bir sirni ochaman – u sizga juda yoqadi: mukammallik – borki nuqsonlardan holi bo’lish emas, teng miqdorda fazilat va kamchiliklarga ega bo’lishdir. Mukammallikka jamiyat bergan ta’rif uni xatolardan holi bo’lishdek tasvirlaydi. Ammo mukammallikning asl ta’rifini tabiatdan axtarish darkor. Tabiatdagi mukammallikni qarang – har narsaning ziddi bor: havo o’ta isib ketsa, sovuq oqimlar darhol bu holatni to’g’rilaydi; bir joyda bosim tushib ketsa, bu bo’shliq darhol to’ldiriladi; tug’ilishga qarshi o’lim, yorug’likka qarshi zulmat bor. Agar bu mukammal muvozanatning birgina elementi yo’qolib qolsa, Yerda hayot to’xtaydi. Shunday ekan, sizga xos fazilatlar qatori, atvoringizda kamchiliklar borligi – mukammalligingizdan dalolat. Mukammal odam esa o’z kamchiliklari uchun o’zini kechira oladi. Kechira olish qobiliyati nafaqat sizning, balki atrofingizdagi odamlarning ham nuqsonlari kompleks darajasigacha o’sib ketishining oldini oladi. Yaqinlaringiz va do’st-yorlaringiz kamchiliklarini kechiring – toki ular o’z nuqsonlari sizga zarar yetkazmayotganini bilsinlar va yengil tortsinlar. Bu o’z nuqsonlari kompleksidan xalos bo’lishlarida siz ularga bergan eng katta ko’magingiz bo’ladi. Navbatda aybdorlik tuyg’usi haqidagi suhbat. Hozir esa kitobni yoping-da, bir soat aqlingizga dam bering. Aks holda u o’ta charchab ketganidan men sizga aytmoqchi bo’lgan keyingi sirlarni tushunmay qolishi mumkin. Sizning o’zingizga vaqti-vaqti bilan mutolaadan dam berib turish fazilatingiz bor – shuni unutmang. Men esa hordiq chiqarib qaytishingizni sabrsizlik bilan kutaman. Admin: eslatib o'taman bu post Javlon Jurayevning "O'zlik sari yetti qadam" kitobidan keltirilmoqda. Har kuni shu kitobning navbatdagi bobini guruhga yozib boraman, o'qib boring, sizga yoqishiga aminman. http://dilpora.com saytidan esa kitobni to'liqligicha ko'chirib olishingiz mumkin
O‘zlik sari yetti qadam
Ichki nuqsonlilik komplekslari
Tashqi nuqsonlardan o’z-o’ziga cheklov qo’yish tanganing bir tomoni, xolos. Odamlar psixikasida ichki nuqsonlilik komplekslari ham kuchli ildiz otgan. Bu komplekslar shaxs o’z fe’l-atvoridagi qaysidir, uning fikricha, nuqson bo’lgan jihatga katta ahamiyat berib yuborganidan kelib chiqadi. Yoki kishi u yoki bu qobiliyatlari yetarlicha rivojlanmaganidan o’zini boshqalardan kuchsizroq hisoblaydi.
“Men falonchidek aqlli emasman”, “Mening odamlar bilan muloqot qilish qobiliyatim yaxshi rivojlanmagan”, “Men birovning ko’nglini olishni bilmayman”, “Mening hech o’qishga quntim yetmaydi”, “Mening qo’limdan hech ish kelmaydi”, “Men g’irt omadsizman”, “Men chiroyli qilib gapira olmayman”, “Mening xatim juda xunuk”, “Men birovni yaxshi ko’rishga qodir emasman”, “Men juda xudbinman”, “Men falonchiga bas kela olarmidim”, “Menga u bilan bahslashishga yo’l bo’lsin”, “Mening qanday noyob qobiliyatlarim borki, bu ishni menga topshirishsa”, “Mening hech bir kuchli tomonim yo’q” kabi ta’kidlar ichki nuqsonlilik kompleksidan darak beradi.
Kishi o’z nuqsonlariga o’ta katta e’tibor berib yuborsa va o’z hayotiga salbiy ta’sir qilishga ularga imkon bersa – bu jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Ichki nuqsonlilik kompleksiga tobe odam o’z imkoniyatlarini doim juda tor doirada baholaydi va shunga monand qarorlar qabul qiladi. Albatta, o’z kuchlarini hisobga olib ish ko’rish maqsadga muvofiq – xalqimiz bekorga “Ko’rpangga qarab oyoq uzat” deb aytmagan. Ammo kompleks ta’siridagi odam o’z kuchini odilona baholay olmaydi va asl imkoniyatlaridan ancha quyi maqsadlarni ko’zlab yashaydi. Bu juda achinarli hol, chunki bunda kishining orzu qilish va o’z niyatlariga intilish qobiliyati zarar ko’radi – nuqsonlilik kompleksi hukmi ostidagi odam hech qachon katta orzular qila olmaydi va yuksak maqsadlarga intilmaydi.
Kamchilik va nuqsonlar hammada bo’ladi – beayb Parvardigor. O’z kamchiliklarini bilgan yaxshi – ammo ularga o’ta katta ahamiyat berib yuborilsa, natija yaxshi bo’lmaydi. Dunyoda har kim qandaydir nuqson bilan yaratilgan – ammo har kimga shu nuqsonlarning o’rnini bosadigan fazilat ham berilgan bo’ladi. O’zingiz o’ylab ko’ring – Tangri bir bandasini ko’proq, boshqasini ozroq fazilat bilan yaratmaydi. Xudo bunday nohaqlik qilmaydi. U barchani teng imkoniyatlar va teng cheklovlar bilan taqdirlagan.
Siz o’zingizdagi kamchiliklarni ko’ra bildingizmi – o’z fazilatlaringizni ham ko’ra biling. Agar sizga berilgan nuqsonlargagina e’tibor berib, bundan nolisangiz-u, sizga ato etilgan fazilatlarni ko’ra bilmasangiz – bu noshukrlik bo’ladi.
Ichki nuqsonlilik kompleksi ham xuddi tashqi nuqsonlilik kompleksi kabi o’zini o’zi oshirish xususiyatiga ega. Ya’ni kimdir biror kamchiligiga o’ta yuqori ahamiyat berib yuborsa, kompleks uning xatti-harakatlarini shunday boshqaradiki, uning bu kamchiligi yana-da yaqqolroq namoyon bo’ladi. Misol uchun, odamlar bilan muloqotda bo’lish qobiliyatiga ishonmagan odam har kim bilan suhbatda o’z nuqsonini yashirishga harakat qiladi. Buning uchun zo’r berib chiroyli va dadil gapirishga, muloqotni qiziqarli qilishga urinadi. Ammo bu urinishlar nosamimiy, soxta muloqotni keltirib chiqaradi va suhbatdosh bu odam rostdan ham muomala qilishni bilmasligiga amin bo’ladi.
Yoki o’z aqliy qobiliyatlarida shubhalangan odamni olaylik. Unga katta aqliy faollikni talab etadigan ish topshirilsa, u bu ishni uddalay olmasligiga shu qadar ishonadiki, bundan sergaklikni yo’qotib, ishni rostdan ham katta nuqsonlar bilan bajaradi.
Navbatdagi sir o’z imkoniyatlaringizni baholaganingizda yodingizda tursin:
sizning miyangiz o’zini o’zi tarbiyalash xususiyatiga ega – ya’ni siz unga qanday ko’rsatmalar bersangiz, u shunga monand ish ko’radi. Bu siz xayolingizda o’z imkoniyatlaringizga u yoki bu jihatdan baho berib, o’zingizda shu qobiliyatlar o’sishi yoki kamayishiga turtki berasiz degani.
Bir abiturient oliygohga imtihon topshirgan. U asosiy fanlar qatori odam zehni darajasi va mantiqiy fikrlashini tekshiradigan maxsus IQ test sinovidan ham o’tgan. Imtihon natijalari yozilgan xatda u 96 ball to’plab, oliygohga kirgani haqida yozilgan. U bu natijani IQ testining 150 ballidan 96 olganman deb o’ylagan va o’zini zehni pastlar qatoriga qo’shgan.
Butun birinchi semestr davomida u o’z aqliy qobiliyatlaridan shubhalanib o’qigan. Shundan uning fanlardan olgan baholari juda past bo’lgan. Semestr so’nggida uni bir fanni qayta topshirish uchun chaqirgan mualllim unga kirish imtihonlarida 100 dan 96 olgan odamdan bunday natija kutmaganini aytgan.
O’z xatosini tushunib yetgan talaba, semestr fanlarini namunali topshirib, ikkinchi semestrda oliygoh bo’yicha eng yuqori natijalarga erishgan.
Ana shunaqa. O’z imkoniyat va qobiliyatlaringizni shubha va ishonchsizlik xayollari bilan cheklamang. O’z kuchingiz va iqtidorlaringizga to’liq ishonib yashang – toki bu ishonchni onggingiz iste’dodlaringizni o’stirish uchun ko’rsatma deb qabul qilsin.
Ichki nuqsonlilik kompleksidan xalos bo’lishning eng samarali yo’li – bu kechirishdir. Siz o’z kamchiliklaringiz uchun o’zingizni kechira olsangiz, nuqsonlaringiz hayotingizga soya solishiga imkon bermagan bo’lasiz. Bir qarashda, juda oson narsa – o’zini kechirish, bu hammaning qo’lidan keladigandek. Lekin bu siz o’ylaganchalik oson tadbir emas – juda ko’p odamlar o’z kamchiliklarini qabul qilib, ular haqida qayg’urmay yashash baxtini o’zlariga ravo ko’rolmaydilar.
Sizga bir sirni ochaman – u sizga juda yoqadi: mukammallik – borki nuqsonlardan holi bo’lish emas, teng miqdorda fazilat va kamchiliklarga ega bo’lishdir. Mukammallikka jamiyat bergan ta’rif uni xatolardan holi bo’lishdek tasvirlaydi. Ammo mukammallikning asl ta’rifini tabiatdan axtarish darkor. Tabiatdagi mukammallikni qarang – har narsaning ziddi bor: havo o’ta isib ketsa, sovuq oqimlar darhol bu holatni to’g’rilaydi; bir joyda bosim tushib ketsa, bu bo’shliq darhol to’ldiriladi; tug’ilishga qarshi o’lim, yorug’likka qarshi zulmat bor. Agar bu mukammal muvozanatning birgina elementi yo’qolib qolsa, Yerda hayot to’xtaydi. Shunday ekan, sizga xos fazilatlar qatori, atvoringizda kamchiliklar borligi – mukammalligingizdan dalolat. Mukammal odam esa o’z kamchiliklari uchun o’zini kechira oladi.
Kechira olish qobiliyati nafaqat sizning, balki atrofingizdagi odamlarning ham nuqsonlari kompleks darajasigacha o’sib ketishining oldini oladi. Yaqinlaringiz va do’st-yorlaringiz kamchiliklarini kechiring – toki ular o’z nuqsonlari sizga zarar yetkazmayotganini bilsinlar va yengil tortsinlar. Bu o’z nuqsonlari kompleksidan xalos bo’lishlarida siz ularga bergan eng katta ko’magingiz bo’ladi.
Navbatda aybdorlik tuyg’usi haqidagi suhbat. Hozir esa kitobni yoping-da, bir soat aqlingizga dam bering. Aks holda u o’ta charchab ketganidan men sizga aytmoqchi bo’lgan keyingi sirlarni tushunmay qolishi mumkin. Sizning o’zingizga vaqti-vaqti bilan mutolaadan dam berib turish fazilatingiz bor – shuni unutmang.
Men esa hordiq chiqarib qaytishingizni sabrsizlik bilan kutaman.
Admin: eslatib o'taman bu post Javlon Jurayevning "O'zlik sari yetti qadam" kitobidan keltirilmoqda. Har kuni shu kitobning navbatdagi bobini guruhga yozib boraman, o'qib boring, sizga yoqishiga aminman. http://dilpora.com saytidan esa kitobni to'liqligicha ko'chirib olishingiz mumkin