*** Hikmat izlaganga – hikmatdir dunyo G’urbat izlaganga – g’urbatdir dunyo Kimki ne izlasa topgay begumon Illat izlaganga – Illatdir dunyo (Abdulla Oripov) Siz atrofingizdagi dunyoga ishonasizmi? Juda g’alati savol – shunday emasmi? Ammo o’ylab ko’ring – sizni o’rab turgan dunyoga qanchalik ishonasiz? Erta tong ishga ketayotganda ob-havo kechga borib o’zgarib qolishi haqida qayg’urganmisiz? Yoki o’z transport vositangizni ochiq joyda ishonib qoldirganmisiz? Biz juda ko’p holatlarda dunyoga ishonmaymiz. Aslida, atrof dunyo bizning ahdlarimizni bajarish bilan band – u aynan har bir odamning hech kimnikiga o’xshamagan istaklarini qondirish uchun ham shu darajada rang-barang qilib yaratilgan. U biz va bizga qadrli bo’lgan narsalarni doim avaylaydi. Ammo biz qo’rquvlarimizga ergashib uning bu posbonligiga xiyonat qilib qo’yamiz. Xalqda “Tashlanganga tosh tegmas” degan gap bor. Ya’ni eng sergak posbon bo’lgan dunyoning panohiga topshirib qo’yilgan narsa hech qachon zarar ko’rmaydi. Hech e’tibor berganmisiz – kim nimadan qo’rqsa, uning hayotida shu narsa sezilarli ko’p uchraydi. Kasallikdan qo’rqadigan odam doim xasta yuradi. U o’z qo’rquviga qancha qattiq tobe bo’lsa, uning xastalanish ehtimoli shuncha yuqori. U dorixonaga kunlab qatnamasin yoki hatto shaxsiy shifokor yollamasin – bari bir foyda kam bo’ladi. Biror narsasini yo’qotishdan qo’rqqan odamning shu narsasidan mahrum bo’lib qolishi juda oson bo’ladi. O’zbek “Tilab topgan bolamni yilqi tepib o’ldirdi” deb bekorga aytmagan. Bir narsani yo’qotishdan juda qattiq qo’rqish darajasiga yetib borsangiz – undan mahrum bo’lishingiz tayin. Axir, “Asragan ko’zga cho’p tushar”. Juda qiziq – nimaga dunyo bizning istaklarimizga qarshi ish tutadi? Bu savolga javob berish uchun inson va uni o’rab turgan dunyo o’rtasidagi oldi- berdi qanday kechishini tushunish lozim. Avval aytganimdek, dunyo bizning istaklarimizni bajarish bilangina mashg’ul. Haqiqiy muammo - unga istaklarni to’g’ri yetkaza olmaslikda. Bundagi eng katta sir shundaki, dunyo siz bilan qalbingiz orqali suhbatlashadi – u sizning o’y-fikrlaringiz emas, his-tuyg’ularingizga quloq solib ish tutadi. Dunyo – shunday bir do’konki, u yerda siz istagan narsangizga buyurtma berishingiz mumkin. Faqat, buyurtmangiz ko’nglingizdan chiqishi lozim. Biz kundalik hayotimizda dunyoga yuzlab buyurtmalar berib yashaymiz – buni hatto o’zimiz sezmasligimiz ham mumkin. Bu jarayon shu darajada soddaki, u bizning fe’l-atvorimizga singib qolgan – shuning uchun ham uni har doim ham payqamaymiz. Masalan, siz biror nima haqida xayol qilasiz. Bu narsa sizda qiziqish yoki xavotir uyg’ota olsa, bu o’y- fikrlaringizga tuyg’ularingiz ham aks qaytaradi. Ana shu hissiyotlarni dunyo buyurtma deb qabul qiladi va darhol uni amalga oshirishga kirishadi. Ammo bu jarayonning bir qiziq jihati bor – sizning tuyg’ularingiz hech qachon inkor shaklda bo’lmaydi. Tabiatda “yo’q”, “emas” degan so’zlar yo’q – inkor gaplar inson aqli mahsuli – ular muhimlikni himoya qilish uchun o’ylab topilgan. Hissiyotlar esa – bizning tabiiy bo’lagimiz, shuning uchun ham ular inkor qo’shimchalaridan holi. Aytaylik, shaharda gripp epidemiyasi tarqalgan. Siz kimdandir bu juda xavfli gripp turi ekani haqida eshitdingiz. Tag’in, ikki-uch aksirgan odamlarni uchratdingiz. Sizda bu holat xavotir uyg’otadi – siz “ishqilib shu kasallikka chalinib qolmayinda” deb o’ylaysiz. Bu xayolga tuyg’ularingiz “men shu kasallikka chalinaman va undan qo’rqaman” deb aks qaytaradi. Dunyo bu tilakni qabul qiladi va siz xastalanasiz. Yoki, deylik, siz biror narsangizni juda qadrlaysiz. Ammo vaziyat uni ma’lum muddatga qarovsiz qoldirishni taqazo etib qoldi. Sizda “Hech kim bu narsamga tegmasinda” degan hadikli xayol uyg’onadi. Buni tuyg’ularingiz “Mening narsamga birov tegishidan qo’rqaman” deb tasdiqlaydi. Bunday qo’rquv bilan tashlab ketgan narsangizni qaytib kelib topa olmasangiz, hayron bo’lmang. Kimdir hayron bo’lishi mumkin: nimaga unda hamma xavotirlarimiz ham oqlanavermaydi? Nimaga hadiksiragan holatlarimiz har doim ham sodir bo’lavermaydi? Buning siri juda oddiy – siz bu hadiklaringizga his- tuyg’ularingizni aralashtirmaysiz. Aqlingiz tashvish bildirishi mumkin, ammo qalb buni hissiyot bilan tasdiqlamaydi. Natijada xavotirlar asossiz bo’lib chiqadi. Yoki aksincha, biz xayolimizga ham keltirmagan yoqimsiz narsalar sodir bo’ladi gohida. Buning ham sababi juda oddiy – bu voqealar haqida sizning qalbingiz biladi va u sizni g’ashlik va sababsiz xavotir hissi bilan ogohlantirmoqchi bo’ladi. Ammo o’z muhimligiga o’ralashib qolgan aql qalbning bu ishoralarini ko’ra bilmaydi – u doim o’z ishlari bilan band va tuyg’ularga quloq solishga vaqti yo’q. Dunyo sizni har qanday xavfdan avvaldan ogoh qilishga intiladi. Bu ham bo’lsa u sizga g’amxo’r ekanidan. Faqat, uning ogohlantirishlarini biz juda ko’p hollarda eshitmay qolamiz. Bunda tag’in jabr ko’rsak, dunyodan xafa ham bo’lamiz. Tabiiy qo’rquvlarning eng kuchlisi – bu, albatta, o’limdan qo’rqish. Bu qo’rquvga deyarli hamma tobe. “Deyarli” deganimning sababi juda kamdan-kam kuchli shaxsiyat egalari bu qo’rquvdan xalos bo’lishga erishgan. O’z-o’zicha o’limdan qo’rqish zararli tuyg’u emas. Uning ikkilamchi ko’rinishlari ko’proq xavfli. Kasalliklardan, tabiiy ofatlardan, falokatlardan, hashoratlardan qo’rqish kabilar o’limdan qo’rqishning asoratlari. Agar bu qo’rquvlar rivojlantirib yuborilsa, ular odamning hayotini muttasil kurashga aylantirib qo’yadi – kishi ko’ngil xotirjamligidan mahrum bo’ladi va bor hayotiy quvvatini o’zini himoya qilishga sarflab qo’yadi. Bunday odamning baxtli bo’lishi dargumon. Mana sizga tabiiy qo’rquvlarni yengib o’tishning asosiy siri: har qanday tabiiy qo’rquvning davosi – ishonchdir. Avvalo, sizni o’rab turgan dunyo, uning tarkibiy qismlari va undagi sizdan boshqa mavjudotlarga ishonib yashang. Axir, dunyoning yagona vazifasi – sizning xohish-istaklaringizni bajarish. Unga bu istaklarni esa faqat siz ayta olasiz. Shunday ekan, qo’rqishga hojat yo’q. Bundan tashqari, siz o’z organizmingizga ishoning. Tabiat uni turli xastalig- u jarohatlarga chidamli qilib yaratib qo’ygan – bu ne’matni shubha ostiga qo’yish va unga ishonmaslik kamida noshukrlik. Butun jahon olimlari to’kis salomatlik sirini izlash bilan ovora. Ammo, har doimgidek, eng katta haqiqat shundoqqina ko’z o’ngimizda turadi-yu – biz uni ko’ra bilmaymiz. Navbatdagi olamshumul sirdan boxabar bo’lishga tayyormisiz? Mustahkam salomatlikning siri – o’z organizmiga to’liq ishonishda. Siz o’z tanangiz turli xurujlarga turg’un ekaniga ishonasizmi – kasalliklar sizdan yiroq yuradi. Siz o’z immunitetingizga ishonmaysizmi – u sizga pand beradi. Tibbiyot adabiyotlarini o’qisangiz, inson tanasi imkoniyatlari qanchalik cheksiz ekanidan hayron bo’lasiz. Misol uchun, tanamiz o’zini-o’zi kasal qilish xususiyatiga ega. Agar siz noto’g’ri ovqatlanish natijasida o’z organizmingizni turli zararli moddalar bilan ifloslantirib yuborsangiz, miyangiz immunitetni atayin pasaytiradi va tanaga turli viruslar tushishiga yo’l qo’yib beradi. Viruslar aynan ortiqcha moddalar bilan oziqlanadi. Tanangiz zararli moddalardan tozalangach, miya “himoya apparatini” qayta ishga tushiradi va viruslarni qirib tashlaydi. O’z immunitet tizimiga ishonmagan odam miyasi tana qismlariga shunday buyruq beradiki, immunitet rostdan ham kuchsizlanib ketadi. Miyangiz – organizmingiz buyruq markazi. Uning butun tana saltanatiga hukmi o’tadi. U hatto sun’iy ravishda og’riq hissini ham uyg’otishi mumkin. Kimdir sizga qo’lini kesib olgani haqida juda ta’sirli qilib gapirib bersa, bundan o’z qo’lingizda og’riqni his etishingiz mumkin. Yoki qo’rqinchli kino tomosha qilsangiz, undagi qahramonlar his qilgan og’riqlarni siz ham his etishingiz bunga yaqqol misol. Ana shunaqa. Siz o’z imkoniyatlaringizni to’liq bilmaysiz – shuning uchun ham qo’rqasiz. Bu qo’rquvni ishonchga almashtirib, siz juda kutilmagan natijalarga erishishingiz mumkin. Sizga ko’z tikib turgan boshqa xavf-xatarlardan sizni himoya qilishni dunyoga ishonib topshiring. Bir jihatdan bu Xudoga tavakkal qilib yashashga o’xshaydi. Ammo tavakkalchilarning bir odati bor – ular o’z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni kimgadir yoki nimagadir yuklab qo’yadilar. Siz bilan men yaxshi bilamizki, biz bilan nimaki sodir bo’lmasin – bari aynan bizning qarorlarimiz natijasi. Biz qo’rqqan voqea sodir bo’lishiga ham, biz kutgan baxt kelishiga ham dunyoga bergan buyurtmamiz sifati va uning qanchalik ko’ngildan chiqqanligi sabab. Sizning tavakkal qilib yashashingizga ehtiyoj yo’q – sizda ishonch degan kuchli qurol bor. U bilan siz hech narsadan qo’rqmaysiz. Admin: eslatib o'taman bu post Javlon Jurayevning "O'zlik sari yetti qadam" kitobidan keltirilmoqda. Har kuni shu kitobning navbatdagi bobini guruhga yozib boraman, o'qib boring va do'stlaringiz bilan ham bu kontentni ulashishni unutmang. http://dilpora.com saytidan esa kitobni to'liqligicha ko'chirib olishingiz mumkin.
O‘zlik sari yetti qadam
Dunyo panohida
***
Hikmat izlaganga – hikmatdir dunyo
G’urbat izlaganga – g’urbatdir dunyo
Kimki ne izlasa topgay begumon
Illat izlaganga – Illatdir dunyo
(Abdulla Oripov)
Siz atrofingizdagi dunyoga ishonasizmi? Juda g’alati savol – shunday emasmi? Ammo o’ylab ko’ring – sizni o’rab turgan dunyoga qanchalik ishonasiz? Erta tong ishga ketayotganda ob-havo kechga borib o’zgarib qolishi haqida qayg’urganmisiz? Yoki o’z transport vositangizni ochiq joyda ishonib qoldirganmisiz?
Biz juda ko’p holatlarda dunyoga ishonmaymiz. Aslida, atrof dunyo bizning ahdlarimizni bajarish bilan band – u aynan har bir odamning hech kimnikiga o’xshamagan istaklarini qondirish uchun ham shu darajada rang-barang qilib yaratilgan. U biz va bizga qadrli bo’lgan narsalarni doim avaylaydi. Ammo biz qo’rquvlarimizga ergashib uning bu posbonligiga xiyonat qilib qo’yamiz.
Xalqda “Tashlanganga tosh tegmas” degan gap bor. Ya’ni eng sergak posbon bo’lgan dunyoning panohiga topshirib qo’yilgan narsa hech qachon zarar ko’rmaydi.
Hech e’tibor berganmisiz – kim nimadan qo’rqsa, uning hayotida shu narsa sezilarli ko’p uchraydi. Kasallikdan qo’rqadigan odam doim xasta yuradi. U o’z qo’rquviga qancha qattiq tobe bo’lsa, uning xastalanish ehtimoli shuncha yuqori. U dorixonaga kunlab qatnamasin yoki hatto shaxsiy shifokor yollamasin – bari bir foyda kam bo’ladi.
Biror narsasini yo’qotishdan qo’rqqan odamning shu narsasidan mahrum bo’lib qolishi juda oson bo’ladi. O’zbek “Tilab topgan bolamni yilqi tepib o’ldirdi” deb bekorga aytmagan. Bir narsani yo’qotishdan juda qattiq qo’rqish darajasiga yetib borsangiz – undan mahrum bo’lishingiz tayin. Axir, “Asragan ko’zga cho’p tushar”.
Juda qiziq – nimaga dunyo bizning istaklarimizga qarshi ish tutadi? Bu savolga javob berish uchun inson va uni o’rab turgan dunyo o’rtasidagi oldi- berdi qanday kechishini tushunish lozim.
Avval aytganimdek, dunyo bizning istaklarimizni bajarish bilangina mashg’ul. Haqiqiy muammo - unga istaklarni to’g’ri yetkaza olmaslikda. Bundagi eng katta sir shundaki, dunyo siz bilan qalbingiz orqali suhbatlashadi – u sizning o’y-fikrlaringiz emas, his-tuyg’ularingizga quloq solib ish tutadi.
Dunyo – shunday bir do’konki, u yerda siz istagan narsangizga buyurtma berishingiz mumkin. Faqat, buyurtmangiz ko’nglingizdan chiqishi lozim. Biz kundalik hayotimizda dunyoga yuzlab buyurtmalar berib yashaymiz – buni hatto o’zimiz sezmasligimiz ham mumkin.
Bu jarayon shu darajada soddaki, u bizning fe’l-atvorimizga singib qolgan – shuning uchun ham uni har doim ham payqamaymiz. Masalan, siz biror nima haqida xayol qilasiz. Bu narsa sizda qiziqish yoki xavotir uyg’ota olsa, bu o’y- fikrlaringizga tuyg’ularingiz ham aks qaytaradi. Ana shu hissiyotlarni dunyo buyurtma deb qabul qiladi va darhol uni amalga oshirishga kirishadi.
Ammo bu jarayonning bir qiziq jihati bor – sizning tuyg’ularingiz hech qachon inkor shaklda bo’lmaydi. Tabiatda “yo’q”, “emas” degan so’zlar yo’q – inkor gaplar inson aqli mahsuli – ular muhimlikni himoya qilish uchun o’ylab topilgan. Hissiyotlar esa – bizning tabiiy bo’lagimiz, shuning uchun ham ular inkor qo’shimchalaridan holi.
Aytaylik, shaharda gripp epidemiyasi tarqalgan. Siz kimdandir bu juda xavfli gripp turi ekani haqida eshitdingiz. Tag’in, ikki-uch aksirgan odamlarni uchratdingiz. Sizda bu holat xavotir uyg’otadi – siz “ishqilib shu kasallikka chalinib qolmayinda” deb o’ylaysiz. Bu xayolga tuyg’ularingiz “men shu kasallikka chalinaman va undan qo’rqaman” deb aks qaytaradi. Dunyo bu tilakni qabul qiladi va siz xastalanasiz.
Yoki, deylik, siz biror narsangizni juda qadrlaysiz. Ammo vaziyat uni ma’lum muddatga qarovsiz qoldirishni taqazo etib qoldi. Sizda “Hech kim bu narsamga tegmasinda” degan hadikli xayol uyg’onadi. Buni tuyg’ularingiz “Mening narsamga birov tegishidan qo’rqaman” deb tasdiqlaydi. Bunday qo’rquv bilan tashlab ketgan narsangizni qaytib kelib topa olmasangiz, hayron bo’lmang.
Kimdir hayron bo’lishi mumkin: nimaga unda hamma xavotirlarimiz ham oqlanavermaydi? Nimaga hadiksiragan holatlarimiz har doim ham sodir bo’lavermaydi? Buning siri juda oddiy – siz bu hadiklaringizga his- tuyg’ularingizni aralashtirmaysiz. Aqlingiz tashvish bildirishi mumkin, ammo qalb buni hissiyot bilan tasdiqlamaydi. Natijada xavotirlar asossiz bo’lib chiqadi.
Yoki aksincha, biz xayolimizga ham keltirmagan yoqimsiz narsalar sodir bo’ladi gohida. Buning ham sababi juda oddiy – bu voqealar haqida sizning qalbingiz biladi va u sizni g’ashlik va sababsiz xavotir hissi bilan ogohlantirmoqchi bo’ladi. Ammo o’z muhimligiga o’ralashib qolgan aql qalbning bu ishoralarini ko’ra bilmaydi – u doim o’z ishlari bilan band va tuyg’ularga quloq solishga vaqti yo’q.
Dunyo sizni har qanday xavfdan avvaldan ogoh qilishga intiladi. Bu ham bo’lsa u sizga g’amxo’r ekanidan. Faqat, uning ogohlantirishlarini biz juda ko’p hollarda eshitmay qolamiz. Bunda tag’in jabr ko’rsak, dunyodan xafa ham bo’lamiz.
Tabiiy qo’rquvlarning eng kuchlisi – bu, albatta, o’limdan qo’rqish. Bu qo’rquvga deyarli hamma tobe. “Deyarli” deganimning sababi juda kamdan-kam kuchli shaxsiyat egalari bu qo’rquvdan xalos bo’lishga erishgan.
O’z-o’zicha o’limdan qo’rqish zararli tuyg’u emas. Uning ikkilamchi ko’rinishlari ko’proq xavfli. Kasalliklardan, tabiiy ofatlardan, falokatlardan, hashoratlardan qo’rqish kabilar o’limdan qo’rqishning asoratlari.
Agar bu qo’rquvlar rivojlantirib yuborilsa, ular odamning hayotini muttasil kurashga aylantirib qo’yadi – kishi ko’ngil xotirjamligidan mahrum bo’ladi va bor hayotiy quvvatini o’zini himoya qilishga sarflab qo’yadi. Bunday odamning baxtli bo’lishi dargumon.
Mana sizga tabiiy qo’rquvlarni yengib o’tishning asosiy siri: har qanday tabiiy qo’rquvning davosi – ishonchdir. Avvalo, sizni o’rab turgan dunyo, uning tarkibiy qismlari va undagi sizdan boshqa mavjudotlarga ishonib yashang. Axir, dunyoning yagona vazifasi – sizning xohish-istaklaringizni bajarish. Unga bu istaklarni esa faqat siz ayta olasiz. Shunday ekan, qo’rqishga hojat yo’q.
Bundan tashqari, siz o’z organizmingizga ishoning. Tabiat uni turli xastalig- u jarohatlarga chidamli qilib yaratib qo’ygan – bu ne’matni shubha ostiga qo’yish va unga ishonmaslik kamida noshukrlik.
Butun jahon olimlari to’kis salomatlik sirini izlash bilan ovora. Ammo, har doimgidek, eng katta haqiqat shundoqqina ko’z o’ngimizda turadi-yu – biz uni ko’ra bilmaymiz. Navbatdagi olamshumul sirdan boxabar bo’lishga tayyormisiz? Mustahkam salomatlikning siri – o’z organizmiga to’liq ishonishda. Siz o’z tanangiz turli xurujlarga turg’un ekaniga ishonasizmi – kasalliklar sizdan yiroq yuradi. Siz o’z immunitetingizga ishonmaysizmi – u sizga pand beradi.
Tibbiyot adabiyotlarini o’qisangiz, inson tanasi imkoniyatlari qanchalik cheksiz ekanidan hayron bo’lasiz. Misol uchun, tanamiz o’zini-o’zi kasal qilish xususiyatiga ega. Agar siz noto’g’ri ovqatlanish natijasida o’z organizmingizni turli zararli moddalar bilan ifloslantirib yuborsangiz, miyangiz immunitetni atayin pasaytiradi va tanaga turli viruslar tushishiga yo’l qo’yib beradi. Viruslar aynan ortiqcha moddalar bilan oziqlanadi. Tanangiz zararli moddalardan tozalangach, miya “himoya apparatini” qayta ishga tushiradi va viruslarni qirib tashlaydi.
O’z immunitet tizimiga ishonmagan odam miyasi tana qismlariga shunday buyruq beradiki, immunitet rostdan ham kuchsizlanib ketadi. Miyangiz – organizmingiz buyruq markazi. Uning butun tana saltanatiga hukmi o’tadi. U hatto sun’iy ravishda og’riq hissini ham uyg’otishi mumkin. Kimdir sizga qo’lini kesib olgani haqida juda ta’sirli qilib gapirib bersa, bundan o’z qo’lingizda og’riqni his etishingiz mumkin. Yoki qo’rqinchli kino tomosha qilsangiz, undagi qahramonlar his qilgan og’riqlarni siz ham his etishingiz bunga yaqqol misol.
Ana shunaqa. Siz o’z imkoniyatlaringizni to’liq bilmaysiz – shuning uchun ham qo’rqasiz. Bu qo’rquvni ishonchga almashtirib, siz juda kutilmagan natijalarga erishishingiz mumkin.
Sizga ko’z tikib turgan boshqa xavf-xatarlardan sizni himoya qilishni dunyoga ishonib topshiring. Bir jihatdan bu Xudoga tavakkal qilib yashashga o’xshaydi. Ammo tavakkalchilarning bir odati bor – ular o’z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni kimgadir yoki nimagadir yuklab qo’yadilar. Siz bilan men yaxshi bilamizki, biz bilan nimaki sodir bo’lmasin – bari aynan bizning qarorlarimiz natijasi. Biz qo’rqqan voqea sodir bo’lishiga ham, biz kutgan baxt kelishiga ham dunyoga bergan buyurtmamiz sifati va uning qanchalik ko’ngildan chiqqanligi sabab. Sizning tavakkal qilib yashashingizga ehtiyoj yo’q – sizda ishonch degan kuchli qurol bor. U bilan siz hech narsadan qo’rqmaysiz.
Admin: eslatib o'taman bu post Javlon Jurayevning "O'zlik sari yetti qadam" kitobidan keltirilmoqda. Har kuni shu kitobning navbatdagi bobini guruhga yozib boraman, o'qib boring va do'stlaringiz bilan ham bu kontentni ulashishni unutmang. http://dilpora.com saytidan esa kitobni to'liqligicha ko'chirib olishingiz mumkin.