HURLAR, ULARNING SO’ZLARI VA ODAMIY AYOLLARNING JAVOBLARI HAMDA XO’JAYINLARI HAQIDA.

Jannatda Odam alayhissalom qizlari bir xil yoshda bo‘lishlari va ammo hurlar turlicha ekani, jannat ahlining nafslari qanday xohlasa, shunday — kichik yoki katta bo‘lishlari haqida xabarlar bor. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Albatta, jannatda hurlar yig‘ilib, ovozlarini baland ko‘tarib aytadilar — u ovozga o‘xshashini xaloyiq eshitmagan: "Biz abadiymiz, halok bo‘lmaymiz, huzur-halovatdamiz, mahrum bo‘lmaymiz, rozi bo‘luvchimiz, g‘azablanmaymiz. U bizniki va biz uniki bo‘lgan kimsa naqadar yaxshi!" deydilar.
Oisha roziyallohu anho aytadilar: "Qachon hurlar mana shu so‘zlarni aytsalar, dunyo ahlidan bo‘lgan mo‘mina ayollar ularga: "Biz namoz o‘qiganmiz, sizlar o‘qimagansizlar, biz ro‘za tutganmiz, sizlar tutmagansizlar, biz tahorat olganmiz, sizlar olmagansizlar, biz sadaqa qilganmiz, sizlar qilmagansizlar", deb javob qaytaradilar. Va dunyo ayollari ulardan g‘olib keladi". Alloh bilguvchiroq.
Muhammad ibn Ka’b Quraziy aytadi: "Allohga qasamki, agar hurlardan biri Arshdan o‘z bilakuzugini ko‘rsatsa, bilakuzugining nuri quyosh va oyning nurini, albatta, o‘chiradi. Shunday ekan, uni taqqan hurning o‘zi qanday bo‘ldi?! Alloh taolo hurga qanday kiyim va ziynatlar yaratsa, uning egasiga ham shundayini yaratadi".

HURLAR, ULARNING SO’ZLARI VA ODAMIY AYOLLARNING JAVOBLARI HAMDA XO’JAYINLARI HAQIDA. - 803786603218

Комментарии