Jannatga do'stingiz bilan birga kiring.

Hazrati Anas (RA) dan rivoyat
qilinadi: Rasululloh (SAV) bilan
birga (o'rgan) edik. Bir payt u zot
tishlari biroz ko'rinadigan
darajada kulimsiradilar. Sababini
so'raganimizda shunday
marhamat qildilar:
— Ummatimdan ikki kishi Alloh
huzuriga boradilar. Ulardan biri:
— Ey Rabbim, mening bu insonda
haqqim bor, haqqimni undan olib
ber, — deydi. Alloh taolo ham
haligi insonga "Buning haqqini
ber", — deb buyuradi. U odam:
— Ey Rabbim menda savob deb
atashga arzirli hech bir narsa
qolmadi,— deydi. Janobi Haq
— Qara, bu insonning savobi
qolmabdi, nima deysan, — deb
so'raydi. Haqqini talab qilayotgan
inson javob beradi:
— U holda mening
gunohlarimdan olsin.
Suyukli Payg'ambarimiz shu
gaplarni aytarkan, ko'zlari
yoshlandi va "U shunday buyuk
bir kundirki, bu kunda insonlar
gunohlari olinishinin istab
qoladilar" ,— dedilar.
Shunda Alloh taolo haq egasiga
buyurdi:
— Boshingni ko'tar va jannatga
boq! U odam:
— Ey Yaratgan Egam, inju bilan
ishlangan, kumush va oltindan
barpo qilingan ko'shklarni
ko'ryapman. Bular qaysi
payg'ambar, qaysi siddiq yoki
bo'lmasa qaysi shahidlarga
atalgan,— deydi havas bilan. Alloh
subhanahu va taolo javob beradi:
— Bular menga haqqini
berganlarga atalgan. U odam:
— Bularning haqqinin kim to'lay
oladi?— deb so'raydi. Alloh taolo
aytadi:
— Agar istasang, bularning sohibi
sen bo'la olasan. Haqqini talab
qilayotgan inson so'raydi:
— Qanday qilib, ey Allohim?
— Haqqingni bu odamga
bag'ishlash orqali,— deb javob
beradi Janobi Haq. Haq egasi:
— U holda bu insonni kechirdim,
— deb ayutadi. Alloh Haq
Subhanahu va taolo ham:
— Do'stingni olib birgalikda
jannatga kiringlar,— deydi.
So'ngra Janobi Payg'ambarimiz
(SAV) dedilar:
—Allohdan qo'rqingiz va Sizlar
ham bir-biringizni orangizni isloh
qilinglar. Ko'rmaysizlarmi, Alloh
taoloning O'zi mo'minlar orasini
isloh qilyapti.

Комментарии

  • 12 окт 2013 21:06
    Bitta kasal qiz borakan.u bir
    yilda atigi 1ta söz etarkan 1kuni
    u 1ta yigti sevib qobdi. 5yil
    umuman gapirmi öwa yigti
    yoniga borb:"MAN SIZI SEVAMAN
    MANGA UYLANASMI"disa yigit
    qulog'idan nauwnigini
    olb"NIMA"dirmiw xD
  • 16 ноя 2013 04:17
    Druzadan o'chiribsiz tabriklayman mafa