Nimadan bezovta bo'layapsan, Dil? Suyganing özgani suyib ketdimi? Ayriliq, firoqlar kelib ketma-ket, Alamdan osmoning kuyib ketdimi? Nimadan bunchalar xafasan, Yurak? Gullagan baxoring sarob ekanmi? Sevgidan sevinchni kutib, intilib, Totganing jon olar azob ekanmi? Nimadan yozganing faqat Dard-alam? Qalaming yig'laydi, ötdi ne zamon. Seni unutganlar alla qachonlar, Sen Telba unutmay yuribsan xamon