7 янв 2014

Yarim tun.

Soat 03:30
lar chamasida yigitning
telefoni
jiringladi. Telefonni
ko'tardi, undan
onasining ovozi
eshitildi. "Oyi, yarim
kechasi telefon
qilishingiz shartmidi?
Ertalab gaplashsak
ham bo'lardi",-
asabiylashayotganini
bekitolmadi u.
Ög'lining bu gaplarini
eshitib onaning
yuziga köz yoshlari
yumaladi, shashti
tushgan bo'lsada
yig'lamsirab javob
berdi: "Bundan roppa-
rosa 30 yil oldin shu
soatda sen ham meni
bezovta qilganding.
Tug'ilgan kuning bilan
bolajonim....

Комментарии

Комментариев нет.