Nigoron ul ko'zlar bilaman,

Osmondek yiroqsiz,mag'rursiz.
So'z aytmay qalbingiz tilaman,
Osuda ishqimdan masrursiz.
Yurakni aldaysiz ovutib,
Azoblab sevgimdan sovutib.
Intiqib kutasiz diydorni,
Ko'nglingiz hijronga qavitib.
Kelmaysiz sevgimiz so'roqlab,
Ahir siz mag'rursiz qoyadek.
G'ururni bag'rini quchoqlab,
Yashaysiz bir umr soyadek.
Balki men sevishni bilmadim,
Qo'l siltab baridan tonarman.
Aslida termulib umidvor,
To abad sizni deb qolarman.

Nigoron ul ko'zlar bilaman, - 771168558670

Комментарии

Комментариев нет.