12 июл 2013

Bobomning bayti bor yaproqlaringda,

Momomning tafti bor chorbog‘laringda.
Onamni eslatar rayhoning, yurtim,
Dadamning hidi bor tuproqlaringda.
So‘lim Xursanoboddan Kiyiksoygacha
Qutlug‘ ostonadan suyuk oygacha
Chiroqlar yulduzdek porlar har kecha,
Mudom o‘t gurlasin o‘choqlaringda!
Tog‘laring bag‘rida limmo-lim tilsim,
Ming yilkim mo‘ysafid Ustun Kishi jim.
Sangardak qo‘shig‘in sharhlay olar kim?
Tillo qumlar o‘ynar buloqlaringda!

Комментарии