Ne ham derdim, o'zga yorni kutar bo'lsang Biz g'aribni bahrimizdan o'tar bo'lsang Baxtiyorman,agar baxtga yetar bo'lsang Yuragimni qaytarib ber ketar bo'lsang!

Senu mening tinchimizni buzib yurgan Ayriliqni ko'p oldindan sezib yurgan O'sha-o'zing rahm qilmay ezib yurgan-Yuragimni qaytarib ber ketar bo'lsang
Ko'zda yoshu, dod solishga yo'q ovozim, Yig'layotir ko'ngildagi dardli sozim Senga so'nggi o'tinch, so'nggi iltimosim-Yuragimni qaytarib ber ketar bo'lsang.
Baxt bezasin endi yurar izlaringni, Chidaymizda sog'ingandi yuzlaringni, Xayolimdan olib ketu ko'zlaringni, Yuragimni qaytarib ber, ketar bo'lsang.

Комментарии