Tun, 01:45.

Adir bag'ridan ötgan
eski
asfalt yölda katta tezlikda
ketayotgan
mashina rulidagi yigitning közlari bir
lahzaga yumilib ketdi. Shu onda mashina eski yöl chuqurlaridan
biriga tushib ötib muvozanatni
yöqotdi va yöl chetidagi tösiqni
yiqitib, shiddat b-n qiyalik böylab
pastga shöng'idi. Mashinaning orqa
örindig'ida 2 oylik chaqalog'i b-n yoshgina ayol ötirardi. U azbaroyi
qörqib ketgan bölsada, bolaning
uyg'onib ketmasligi u-n ovoz
chiqarmasdan pichirladi: -Ey Xudo,
özing asra! Mashina qiyalikdan
börtib turgan katta xarsangga urilib
chirpirak bölib ketdi. Ayol esa
farzandiga zarar yetmasligi u-n uni
shu qadar mahkam va
ehtiyotkorona
bag'riga bosib olgandiki, tanasidagi og'riqlarga e'tibor ham qilmasdi.
Xushini yöqotarkan ingradi:
"Bolamni özing panohingda asra.."
Qanchadir vaqt ötgach ona
chaqaloq
yig'isidan közlarini ochdi. Mashina soyda ag'darilib yotar, uning esa
butun tanasi og'rirdi. Boshi qattiq
yorilgan, oyoqlari singan edi.
Yig'layotgan gödakka qaragan
ayolning közlariga yosh sizdi:
"Özingga shukr.." Ona og'riqdan shu qadar azob chekardiki, faqat
chaqaloqning yig'isi uni uxlab
qolishdan töxtatib turardi. U zörg'a
qöllarini harakatga keltirdi. Bolani
mashinaning sinib ketgan
oynasidan tashqariga chiqarishga muvaffaq
böldi. Harchand urinmasin
oyoqlarini
pachoqlanib ketgan örindiqlar
orasidan chiqarolmadi. Kipriklari
yumilib ketardi. Shu onda mashinani achimsiq tutun hidi tutib ketdi. Ayol
sezdiki, mashinaning qaysidir qismi
tutayapti. Lekin uning uxlagisi
kelardi. Közini yumsa bas. Hammasi
tugaydi. Og'riqlardan qutiladi. Lekin
yosh töla közlari gödakka tushgach ilojsiz ingradi: "U yashashi kerak.."
Ayol bir amallab oyoqlarini
örindiqlar orasidan chiqarib oldi,
lekin endi og'riqlar ikki hissa
kuchaydi. Bir amallab tashqariga
chiqdi. Oyna siniqlari uning tanasini tilib tashladi. Lekin u bunga
ahamiyat
bermasdi. Mashina asfalt yöldan
25-30 metr pastlikda, old tarafi esa
tutun ichida qolgandi. Ayol old
örindiqdagi eriga qaradi. Uning joni allaqachon uzilgan.
Ayol shilinib ketgan qöllari b-n
chaqaloqni quchdi. Bolani imkon
qadar uzoqroqqa olib ketish kerak
edi. Lekin qimirlashning iloji yöq,
buning u-n unda kuch qolmagandi. "Kechir meni"- ingradi u. Uxlash
kerak. Ortiq chidab bölmaydi.
Onaning közlari yumilib ketaverdi.
Lekin gödak yana yig'lagach ona
yana besaranjom böldi. Tutun esa
tobora köpayardi. Ayol bir qöliga chaqaloqni oldi, ikkinchi qöli b-n
chalqancha emaklay boshladi.
Og'riq... Uning közlaridan yosh,
yuzlaridan qon tomchilardi: -Sen
albatta yashaysan.. 20 daqiqalar
ötgach singan oyoqlari qip-qizil tusga kirgan, bir qöliga tikon tölgan
ayol asfalt yölga chiqib olgandi. U
bolaga qaradi. Gödak uxlashga
tushgandi. Unga qarab ona holsiz
jilmaydi: - Sen hali uzoq yashaysan.
Otang, onang u-n ham.. Uning uyqusi
kelardi. Ög'lining peshonasidan
öpib,
közlarini yumdi. Ayni shu damda
yuz
bergan portlash ovozini bolaga qarab labida tabassum qotib qolgan
ona eshitmadi.. Endi u xotirjam
"uxlashi" mumkin edi

Комментарии

Комментариев нет.