Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Luish Figu "Barselona"ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamalning o‘yinlari haqida gapirdi.
"U nafaqat iste’dodli va mahoratli futbolchi – meni uning xarakteri, yetukligi hayratga solmoqda. Bunday yosh uchun bu ajoyib. Ehtimol, ko‘pincha yosh bo‘lganingda, sen hali mas’uliyat haqida o‘ylamaysan, shunchaki futbol o‘ynaysan, lekin Yamalning bu o‘ziga xos xususiyati meni juda ajablantirmoqda. Muhim o‘yinlarda qanday o‘ynash kerakligining ideal namunasi", — deya Figuning so‘zlarini Barca Universal keltiradi.
ARENA UZ FUTBOL YANGILIKLARI
:Fazliddin Usmonov