Atom raqami 35 Koʻrinishi Qoʻlansa hidli qizgʻish-qoʻngʻir suyuqlik Atom xossasi Atom massasi (molyar massasi) 79,904 m. a. b. (g/mol) Atom radiusi n/a pm Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) 1142,0 (11,84) kJ/mol (eV) Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d10 4s2 4p5 Kimyoviy xossalari Kovalentlik radiusi 114 pm Ion radiusi (+5e)47 (-1e)196 pm Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) 2,96 Elektrod potensiali 0 Oksidlanish darajasi 7, 5, 3, 1, -1 Termodinamik xossalari Zichlik 3,12 g/sm³ Solishtirma issiqlik sigʻimi (Br—Br) 0,473 J/(K·mol) Issiqlik oʻtkazuvchanlik 0,005 Vt/(m·K) Erish harorati 265,9 K Erish issiqligi (Br—Br) 10,57 kJ/mol Qaynash harorati 331,9 K Qaynash issiqligi (Br—Br) 29,56 kJ/mol Molar hajm 23,5 sm³/mol Kristall panjarasi Panjara tuzilishi ortorombik Panjara davri 6.670 Å Panjara/atom nisbati n/a Debye harorati n/a K Brom (lot. Bromum, yun. bromos), Br — Mendeleev davriy sistemasining VII guruhi kimyoviy elementi, galogenlardan biri; tartib rakami 35, at. m. 79,904; odatdagi sharoitda yoqimsiz hidli, qizgʻishqoʻngʻir suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi — 7,25°, qaynash t-rasi 59,2°. Fransuz kimyogari A. J. Balar 1826 y.daOʻrta dengiz tuz konlarining shoʻr suvini oʻrganayotganda B.nikashf etgan. Tabiiy B. ikkita barqaror izotop: 79Vg (50,54%) va 81Vg (49,46%) dan iborat. B.ning sunʼiy yoʻl bilan olingan radioaktiv izotoplaridan 80Vg diqkdtga sazovor. I. V. Kurchatov shu izotop misolida yadro izomeriyasi hodisasini kashf etgan. Yer poʻstidagi miqdori (ogʻ. boʻyicha 1,610"%) 10151016 t atrofida boʻlib, doimo xlor bilan birga uchraydi. B.lituzlar (NaBr, KBr, MgBr2) xlorid tuzlarida (osh tuzida Vg miqdori 0,03% gacha, kaliyli tuzlar silvin va karnallitda 0,3% gacha), dengiz suvida (0,065%), shoʻr koʻllarda (0,2% gacha) boʻladi. Suyuq B.ning zichligi 3,10 g/sm3 (20°). Suvda oz (100 g suvda 3,58 g), organik erituvchilarda yaxshi eriydi. B. qattiq, suyuq va gaz holatda 2 atomli molekuladan iborat molekula holida boʻladi. 800° atrofida atomlarga dissotsiatsiyalana boshlaydi. Dissotsiatsiya yorugʻlik taʼsirida ham kuzatiladi. Kimyoviy jihatdan B. faol boʻlib, reaksiyaga kirishish faolligi jihatidan xlor bilan yod oʻrtasida turadi. Oltingugurt, selen, tellur, fosfor, margimush va surmalar bilan birikkanda koʻp issiqlik ajraladi, goho alanga hosil boʻladi. B. kaliy va alyuminiy bilan tez birikadi. Kislorod, azot va uglerod bilan reaksiyaga kirishmaydi. B. kuchli oksidlovchi. B. suvda eriganda bromid kislota (NVg) va beqaror boʻlgan gipobromit kislota (NVgO) hosil boʻladi. B.ning suvdagi eritmasi brom suvi deb ataladi. b. dengiz suvlari, koʻlmak va yer osti shoʻr suvlaridan hamda kaliy sanoati chiqindilaridan olinadi. 1 m3 havoda 1 mg B. boʻlsa, kishi yoʻtalib, burni qonaydi, boshi ogʻriydi va b. kasalliklarga duchor boʻladi. Konsentratsiya yuqori boʻlsa, kishi boʻgʻilib qoladi, bronxlari yalligʻlanadi, baʼzan oʻlimga olib boradi. B. bromli tuzlar olishda benzinning detonatsion pishiqligini oshirishda ishlatiluvchi etil bromid hamda dibrometan sintezida koʻllaniladi. B. birikmalari fotografiyada, boʻyoqlar sanoatida, insektitsidlar olishda, oʻt oʻchirishda, tibbiyotda hamda kimyoviy analizlarda ishlatiladi. #yangiliklar
Kimyo biologiya ona tili DTM
Brom (Br)
Atom raqami 35
Koʻrinishi Qoʻlansa hidli qizgʻish-qoʻngʻir suyuqlik
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi) 79,904 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi n/a pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron) 1142,0 (11,84) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d10 4s2 4p5
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 114 pm
Ion radiusi (+5e)47 (-1e)196 pm
Elektrmanfiylik
(Poling boʻyicha) 2,96
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 7, 5, 3, 1, -1
Termodinamik xossalari
Zichlik 3,12 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi (Br—Br) 0,473 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 0,005 Vt/(m·K)
Erish harorati 265,9 K
Erish issiqligi (Br—Br) 10,57 kJ/mol
Qaynash harorati 331,9 K
Qaynash issiqligi (Br—Br) 29,56 kJ/mol
Molar hajm 23,5 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi ortorombik
Panjara davri 6.670 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati n/a K
Brom (lot. Bromum, yun. bromos), Br — Mendeleev davriy sistemasining VII guruhi kimyoviy elementi, galogenlardan biri; tartib rakami 35, at. m. 79,904; odatdagi sharoitda yoqimsiz hidli, qizgʻishqoʻngʻir suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi — 7,25°, qaynash t-rasi 59,2°. Fransuz kimyogari A. J. Balar 1826 y.daOʻrta dengiz tuz konlarining shoʻr suvini oʻrganayotganda B.nikashf etgan. Tabiiy B. ikkita barqaror izotop: 79Vg (50,54%) va 81Vg (49,46%) dan iborat. B.ning sunʼiy yoʻl bilan olingan radioaktiv izotoplaridan 80Vg diqkdtga sazovor. I. V. Kurchatov shu izotop misolida yadro izomeriyasi hodisasini kashf etgan. Yer poʻstidagi miqdori (ogʻ. boʻyicha 1,610"%) 10151016 t atrofida boʻlib, doimo xlor bilan birga uchraydi. B.lituzlar (NaBr, KBr, MgBr2) xlorid tuzlarida (osh tuzida Vg miqdori 0,03% gacha, kaliyli tuzlar silvin va karnallitda 0,3% gacha), dengiz suvida (0,065%), shoʻr koʻllarda (0,2% gacha) boʻladi. Suyuq B.ning zichligi 3,10 g/sm3 (20°). Suvda oz (100 g suvda 3,58 g), organik erituvchilarda yaxshi eriydi. B. qattiq, suyuq va gaz holatda 2 atomli molekuladan iborat molekula holida boʻladi. 800° atrofida atomlarga dissotsiatsiyalana boshlaydi. Dissotsiatsiya yorugʻlik taʼsirida ham kuzatiladi. Kimyoviy jihatdan B. faol boʻlib, reaksiyaga kirishish faolligi jihatidan xlor bilan yod oʻrtasida turadi. Oltingugurt, selen, tellur, fosfor, margimush va surmalar bilan birikkanda koʻp issiqlik ajraladi, goho alanga hosil boʻladi. B. kaliy va alyuminiy bilan tez birikadi. Kislorod, azot va uglerod bilan reaksiyaga kirishmaydi. B. kuchli oksidlovchi. B. suvda eriganda bromid kislota (NVg) va beqaror boʻlgan gipobromit kislota (NVgO) hosil boʻladi. B.ning suvdagi eritmasi brom suvi deb ataladi.
b. dengiz suvlari, koʻlmak va yer osti shoʻr suvlaridan hamda kaliy sanoati chiqindilaridan olinadi. 1 m3 havoda 1 mg B. boʻlsa, kishi yoʻtalib, burni qonaydi, boshi ogʻriydi va b. kasalliklarga duchor boʻladi. Konsentratsiya yuqori boʻlsa, kishi boʻgʻilib qoladi, bronxlari yalligʻlanadi, baʼzan oʻlimga olib boradi. B. bromli tuzlar olishda benzinning detonatsion pishiqligini oshirishda ishlatiluvchi etil bromid hamda dibrometan sintezida koʻllaniladi. B. birikmalari fotografiyada, boʻyoqlar sanoatida, insektitsidlar olishda, oʻt oʻchirishda, tibbiyotda hamda kimyoviy analizlarda ishlatiladi.
#yangiliklar