Munchoqqina ko'z izladim onam bilan,

Onam uchun do'st izladim onam bilan.
Kezib yetti qishloq, yetti mahallani,
Sochi uzun qiz izladim onam bilan. Erta tongdan murabbosin yeydi onam,
Tur, yur bolam qiz topamiz deydi onam.
Eh onama sho'rlik onam, "daydi"onam.
Sochi uzun qiz izladim onam bilan. Qay hovliga kirsak bizga mayus boqar,
Bu nigohlar mening bag'ri dilim yoqar,
Har hovlida onam ko'zin yoshi oqar,
Sochi uzun qiz izladim onam bilan. Onam aytar qayda sochi piliglarim,
Sizni izlab qurib bitti yiliklarim.
Qaylardasiz??? Jayronlarim kiyiklarim,
Sochi uzun qiz izladim onam bilan. Qayga borsak afsus afsus kechikibmiz,
Go'yo "afsus" bizni umidlarga o'lan.
Uzun sochga eh qanchalar ichikibmiz,
Sochi uzun qiz izladim onam bilan. Moda kirib ho'p o'zgarib ketdi zamon,
Qizlarimiz shoshib borar zamon tomon,
Onam bo'lsa umidini uzmas hamon,
Sochi uzun qiz izladim onam bilan. Uylanmayman onamning ko'ngli to'lmasa,
Kelin olib dilda armoni o'lmasa.
Desam onam deydi kettik yur bo'lmasa,
Sochi uzun qiz izladim onam bilan. Siz tomonda bo'lsa ayting boray uchib,
Yetsa molim yetmasa bu jondan kechib,
Onam sho'rlik quvonsin bir kelin quchib,
Sochi uzun qiz izladim onam bilan. Salom uchun so'z izladim onam bilan, Sochi uzun qiz izladim onam bilan..

Комментарии

Комментариев нет.