Azon va iqomat

- Namoz o’qishdan avval qaysi amal sunnat hisoblanadi?
- Besh vaqt farz namozlari va juma namozi vaqti kirganda azon aytish va farzlarni o’qishdan oldin
iqomat aytish sunnatdir.
- Namoz o’qiladigan har bir joyda azon va iqomat aytish lozim bo’ladimi?
- Bir mahallaning masjidida aytilgan azon va iqomat butun mahalla uchun kifoyadir. Masjidda
o’qigandan so’ng uyda namoz o’quvchi kishiga azon va iqomat lozim emas. Agar kishi xonadoni
masjiddan uzoq bo’lsa, aytish afzaldir.
- Azon qanday aytiladi?
- To’rt bora «Allohu akbar» («Alloh ulug’dir»).
Ikki bora «Ashhadu anla ilaha illalloh» («Guvohlik beramanki, Allohdan boshqa iloh yo’q»).
Ikki bora «Ashhadu anna Muhammadar rasululloh» («Guvohlik beramanki, Muhammad Allohning
payg’ambaridir»).
Ikki bora «Hayya ‘alas solah» («Namozga kelingiz»).
Ikki bora «Hayya ‘alal falah» («Najotga kelingiz»).
Ikki bora «Allohu akbar» va oxirida bir marta «La ilaha illalloh» («Allohdan o’zga iloh yo’q»)
kalimalari aytiladi. Bomdod namozining azonida «Hayya ‘alal falah»dan so’ng ikki marta «Assolatu
xoyrum minan navm» («Namoz uyqudan afzal»), deya aytiladi.
Iqomat ham azonga o’xshash. Iqomatda «Hayya ‘alal falah»dan so’ng ikki marta «Qod qomatis
solah» («Namoz o’qishga qaddingizni rostlanglar»), deyiladi.
Yana bir farqi – iqomat azondan tezroq aytiladi. Muazzin iqomatda «Hayya ‘alas solah», deganda
namozxonlar joylaridan turib namozga niyat qilmoqlari, «Qodi qomatis solah», deganda o’rinlaridan
turib, safga tizilmoqlari mustahabdir.

Комментарии

  • 3 мар 2019 22:43
  • 16 июл 2019 18:23
    Azon 1 marta aytiladimi yoki farz namoziga alohida sunnat namoziga alohidami
  • 3 авг 2019 19:07
    Masjiddan eşitilgan azon bu sizzi namozga çaqiruv. Harbir farz namozidan oldin iqomat etiladi.
  • 8 авг 2019 06:35
    Bizni uyimiz masjiddan uzoqda azonni ovozi ko‘pincha eshitilmaydi. Shunga har bir namoz boshlanishidan oldin sunnatga alohida farzga alohida azon aytishim kerakmi
  • 22 мая 2020 02:11
    Yoq azon sunnatda  aytish sekni aytiladi farz farqiladiki u tez aytiladi chunigizmi razimaydi
  • 12 сен 2020 16:05
    Masalan bomdotga azonilsa farzidan oldin takbir aytiladimi
  • 14 авг 2021 12:57
    khasanovich ) ответил Р R
    qomat etiladi
  • 14 авг 2021 12:58
    qaren yozishganimizga 2 yildan o'tibdi Mashaalloh
  • mmm mmmm ответил khasanovich )
    Комментарий удалён.
  • 25 мар 2022 16:01
    1 mahal namozga 1 ta azon aytiladi