<<..

ALHAMDU LILLAHI ROBBIL A'LAMIN..>> buning manosi ..Olamlarning robbisi, ya'ni tarbiyat etguvchisi bo'lgan Allohga xamdu-sanolar bo'lsin..deb boshlanadi. -TABIAT- xo'sh tabiatning o'zi nima ? To'xtang ! Shoshilmang ! Avvalo Yerga, so'ngra atrofdagilarni ko'ring. Endi Osmonu-Falakka qarang. Qanchalar yuksak, bulutlar naqadar go'zal. Tunda to'lin Oy va Yulduzlarga boqing ! U nechog'li ajoyib, sokin, shu bilan birga zulmat,va qorong'u, qo'rqinch ayniqsa subhi sodiqda tong otishini kuzating ! Quyosh ko'tarilganda unga qarangchi, ko'zingizni yummay tikilib tura olarmikansiz juda xam o'tli-nurli endi O'zingizga etibor bering ! Xe- deb qo'lingizni siltab ketmang ! To'xtang ! Oyog'ingizga qarang ! Butun tanangizni ko'tarib turadi, yuradi. Barmoqlarning xam biz bilgan vazifalari bor. Endi ikki qo'lsiz odamni ko'z oldingizga keltiring ! Nahotki ikki qo'lingiz borligiga shukur qilmaysiz Ko'zgu oldida o'tirib o'zingizni oynada ko'ring ! Ko'zingizni ko'ryapsizmi ? Ko'zingiz bilan ko'ryapsiz. Ko'zingizni yumingchi nima ko'rarkinsiz. Ko'zingizni yumib albatta o'ng qadam yurib ko'ring. Nahotki shukur qilmaysiz.?! Qulog'ingizga e'tibor bering. Barcha ovozlarni eshitayapsiz. Ikki ko'rsatkich barmoqlariniz bilan quloqlaringizni berkiting, g'uvullagan tovushdan boshqa xech narsa eshitmaysiz. Axir bu qulog'ingiz bilan inson ovozini, Azon aytilishini eshitasiza ? Nahotki shukur qilmaysiz.?! Badaningizdagi xar bir a'zoni qarab chiqingchi, birortasi ortiqchamikan ? yo kammikan ? Eh, nahotki shukur qilmaysiz.?! Kimga shukur qilishimiz va kimga rahmat deyishimiz kerak ?-degan fikir ko'nglingizdan o'tkandur ? Javobi xam miyangizda uchqunlayapti. Har bir yaratguvchi- ixtirochi mashina, kampyuter uyali telefon yoki biror bir narsa yaratgandan so'ng uni ishlatish, buzilsa tuzatish, qolaversa sxemasi zapchaslari bilan sotadi. Bu biz yashab turgan tabiat-borliqni, yaratguvchisi xam bor. U Xoliq yaratguvchi Alloh. Demak inson Allohning xalifasi ekan. Tabiatning sarvari va rahnamosi inson emas, balki yakkayu yagona Allohdir. Inson Allohning yerdagi xalifasi. Tabiatdai yaratilgan barcha maxluqotu mavjudotlarning azizu mukarramidir. Nega deganda insonga Alloh taolo aql zakovat bergan. Aql zakovot insoning bosh qismida miya qobig'ida joylashgan. Alloh taolo insonlarga manmanlik qilmasdan, xamdu- sano aytishga va ibodat, namoz ila shu aziz, boshimizni o'zigagina sajda qilishga buyurgan. Xa <<.Olamlarning tarbiyat etguvchi bo'lgan Allohga xamdu-sanolar bo'lsin.>>•••

Комментарии

Комментариев нет.