ODNOGA KIRGAN QIZLAR YOMON(MI)?

" Qiziq odnoda ham shunaqa ishlar qilsa bo'ladimi a? Yoki ko'rdingizmi? Yoki kalta kiyinib yuribdimi? Yoki yarim yalong'och yuribdimi? Kimdir uzoq safarga ketgan. Yaqinlari, opasi, onasi, sevgan qizi bilan gaplashmoqchi! Telefon qilib ko'p gaplashishga imkon yo'q! Odnoklassniki.ru , Whatsapp, Facebook. Bu ijtimoiy tarmoqlar suhbatlashish uchun qulay vosita! Lekin biz yigitlar nima sababdan odnoga kirgan qizlarni yomon deymiz?! Xo'sh biz yigitlarchi? Qizlar odnoga kirsa yomonu siz kirsangiz yaxshimi? Ba'zi yigitlarning hatto saytdagi taxallusidan (nikidan) jirkanasan. Profiliga qaraysanu uyatdan o'zingni qayerga olib qochishni bilmay qolasan. Jirkanchli rasmlar, behayo statuslar, bemani guruhlar... Bu guruhdagi mavzularni gapirish u yoqda tursin o'qishga ham uyalasan kishi!.. Yana guruhlarning kamentida bir- biri bilan dahanaki "janga" kirishib ketishadi. Yozmagan gapi, so'kmagan odami qolmaydi. Singlisidan tortib 70 yoshar buvisigacha bu "jangda" qahramonlarcha mardonavor qatnashishadi. Er yigitga uyat bu. O'zingizcha zo'r ish qilayapsizda? Chetdan qaragan odam esa sizning bu ishingizdan jirkanadi. Saytga kirib onangizni so'kishlarini qaysi vijdon bilan o'qiysiz?! Asli hayotda ham shunday botirmisiz??? Kim "Whatsapp" tarmog'iga kirsa u yerdagi guruhlarni biladi. Endi aytingchi, o'sha guruhlarda shunaqa "mard"larni ko'rganmisiz? Yashang, ko'rmagansiz. Bilasizmi nega, chunki u yerdagi qatnashchilarning telefon raqamlari ko'rinib turadi. Odnoda esa bu imkoniyat yo'q va hamma o'zicha sher. Shu guruhda bir opamizning statusiga ko'zim tushgan edi. U statusda "Manga Po'lat Alandarning rasmini qo'yib yozma. O'zingning rasmingni qo'y" degan gaplar bor edi. Bu gapda katta ma'no bor. Ko'p qizlarning profili yopiq profil. Lekin ular bilan do'st bo'lib, guruhlariga kirib qarasam "O'zbegim kelinlari", "Pazandalik sirlari" va shunga o'xshash guruhlar bor. Man buni ko'rib xursand bo'laman. Hozirdan shu narsalarni o'rganib yursa buni nimasi yomon axir?! Yana mingdan oshiq do'stlari bor qizlar ham bor! To'g'ri, sharm, ibo degan tuyg'ularni bir chetga surib behayo degan gapni o'zlariga ravo ko'rayotgan qizlar ham bor. Lekin bu bilan saytdagi qizlarning hammasini behayo deyish noto'g'ri fikr. Aslida ulaning ko'pi o'g'il bola emasmi? Xurmatli qizlar xohlaganingizcha odnoga kiring. Undan to'g'ri ma'noda foydalaning. Kim nima desa deyaversin! Chunki hali hech biringizni qandayligingizni internet hal qilmaydi! Internetga kirgan qizni or nomusi to'kilmaydi va bunday deyishga haqqimiz yo'q! Or nomusli qizlarimizni xudoni o'zi asrasin! Xurmat bilan Abdulaziz

Комментарии