© BIRINCHI MAKTUB.

Qiz:
"" Salom... Esizdami, ilk marta uchrashganimiz? Bahor kunlarining biri edi. Qölimdagi kitobni varaqlab ketarkanman, hayol bilan sizga urilib ketdim. Nigohlarimiz töqnashdi. Bir lahzaga yuragim jizillab ketdi. Közlariz xuddi nimanidir aytmoqchidek mungli edi. Biroz jim qoldik. Uzr söradiz. "Hechqisi yöq" dedim. Keyin öz yöllarimizdan ketdik. Ösha lahzada men hali yana köp marta yöllarimiz kesishini bilmasdim... Bir kun uchrashib qolganimizda ilk marta jilmayganizni kördim. Kulish yarasharkan sizga. Yashirmayman, yuragim g'alati urardi sizni körganimda.
Sizni köp öylaydigan bölib qoldim. Sizni kutib yashashga odatlandim. Har safar atrofdan teran nigohlaringizni qidirardim. Siz qayerdadir meni kuzatib turgan bölardiz. Örtamizda g'alati rishta uyg'ongandek tuyulardi. Faqat, nega menga umuman gapirmasligizga tushunmasdim. Sizni yaxshi körib borardim. Kutdim...
Ösha kuni yonimga kelib, kuzatib qöyishni taklif qilganizda dunyoda mendan baxtli odam yöq edi.
Beixtiyor rozi böldim. Birga ketarkanmiz, yuragimning urishini eshtib qolishizdan qörqardim. Oxiri meni yoqtirishizni aytdiz. Javob bermadim... Nima ham derdim, "men ham" deyolmaymanku. Yuzlarim lovullab yonardi. Yuragim jizillab hayajonlanardim. Shartta burilib ketib qoldim... Keyingi kunlar xuddi ertakdagidek ötardi. Men sevib qolgandim. Har kuni soatlab vaqtimizni birga ötkazardik. Meni quchib qulog'imga har
safar bir gapni aytardiz: "Hayotimning har bir lahzasi sen borliging uchun chiroyli ötyapti. Shu bir lahza uchun senga rahmat!" Bilmasdizda, men bir lahza emas, butun umrimni sizga bag'ishlashga tayyor edim. Baxtdan mast bölib, yolg'onlarizni sezmay qolibman... Yarim yil shunday ötdi. Hayotimning eng
baxtli yarim yili... Keyin siz borgan sari uchrashuvlarga kam keladigan bölib qoldiz. Oxirgi kun keldizda, közlarimga tikildiz. Meni uzoq bag'rizga bosib, quloqlarimga "seni ölgudek sevaman" deb shivirladiz. Sönggi kun ham aldadiz. Rahmiz ham kelmadi. Sizni boshqa qaytib körmadim. Menga xat keltirib berishdi. Meni unut, deb yozibsiz. Atiga ikki söz... Siz bilan ötgan shuncha vaqtim, sevgim haqqi atiga ikki söz bölibdi.
Töyib-töyib yig'ladim. Qadrim uchun, sevgim uchun, xotiralarim haqqi... Sizdan nafratlandim. Hech bölmasa sababini aytmadiz. Qalbimni, sevgimni öyin qildiz. Taqdirimiz boshqa, seni sevmayman desaiz tushunardimku. Nega meni bunday jazoladiz. Sizni sevib, gunoh qildimmikan? Vijdoniz qiynalmaydimi? Sevgiz xuddi bahor kabi dunyoimni gullarga töldiradi degandim. Lekin öshanda bahorning-da ötkinchi ekanligini hayolimga ham
keltirmagan ekanman.
Bugun bir oy bölibdi, shu bir oy menga shuni örgatdi: Sizdan nafratlanaman! ""
IKKINCHI MAKTUB.
Yigit:
""Hayotimning köp tonglari yodimda qolmagan. Ammo bittasini sira unutolmayman. Ösha tongda uyg'ondim. Boshim yorilay derdi. Arang vannaga kirib yuzimni yuvdim. Oynaga qaradim. Burnimdan qon oqardi. Yiqildim, özimga kelganimda vannada yotardim. Menga nimadir
bölgandi. Analiz topshirdim. Keyin
javobi chiqdi... Yöq, albatta ölishni
istamasdim... Qaniydi dunyo biz istagandek bölganida... Bahor kunlarining birida köchda bu bahor men uchun sönggisi ekanligi, hali sevishga ham ulgurmaganligim haqida öylab borardim. Keyin unga urilib ketdim. Farishta bölsa kerak u. Qiziq, men esa bölajak murda edim. Juda azobli bölarkan bu haqda öylash. Keyin uni yana uchratdim.
Negadir uni sog'inaverardim, körgim kelaverardi. Uni körganimda ajal haqida unutardim. Balki, xudoyim uni atay sevib qolishim uchun uchratgandir. Nega deysizmi? Qaydam.. Bu men ishonadigan chiroyli bir hayolot edi. U judayam gözal... Uni kuzatib yurdim, sevib qolgandim. Lekin sevgi tirik insonlar uchun. Bizga kim qöyibdi... U ham menga bog'lanib qolishini istamasdim.
Lekin, baribir irodam yetmadi. Men ölimim yaqinligi haqida unutdim. Bir lahza bölsada, u bilan hayotimni chiroyli ötkazishni istadim. Ha, bir lahzagina... Keyin mayli ölaveraman...
Vaqt oz qoldi. Ölayotganimni u hech qachon bilmasligi kerak, hech qachon... U bilan yarim yil yarim daqiqad

Комментарии

Комментариев нет.