Ko'chada nomahram ko'zini

suzar. Ammo sen ularga
tashlama nazar. Deydilar
shayton odamni buzar. Odamlar
haromdan qilaylik hazar. Odam
degan nomga bo'lib munosib.
Yurmagin nomahramni
bag'ringga bosib. Birovni haqqi
aslo etmaydi nasib. Odamlar
haromdan qilaylik hazar. Or-
nomus ibo degan tushunchalar
bor. Dunyoda ko'pchilik
tirnoqqa ham zor. Aslo
birovlarga yetkazma ozor.
Odamlar haromdan qilaylik
hazar. Biz uchun farz erur besh
mahal namoz. Zakot bermoqni
ham o'ylaylik biroz. Odam bo'lib
yashaylik odamlarga xos.
Odamlar haromdan qilaylik
hazar. Ilm olmoqlik ham
sanaladi farz. Birov sizni yomon
deb qilmasin hech arz.
Bo'ynimizda bizlarning
uzilmagay qarz. Odamlar
haromdan qilaylik hazar.
Aytingiz gaplarim gar qattiq
botsa. Yaxshimi ko'chada
dumalab yotsa. Pul uchun bu
qizlar nomusin sotsa. Odamlar
haromdan qilaylik hazar. Men
ham gunohkorman deb goh
ko'ngil sezar. Atrofda turli xil
insonlar kezar. Qalbimda istorob
yurakni ezar. Odamlar
haromdan qilaylik hazar. Gohida
savob ish keladi malol. Xor bo'ldi
ariqda oqqan bu zilol.
Haromdan jirkanib yashaylik
halol. Odamlar haromdan
qilaylik hazar. She'r yoqar
ma'nosi etmaydi ta'sir. Chunki
bu bandalar shaytonga asir.
O'zingniki bo'lmasa ne kerak
qasr. Odamlar haromdan qilaylik
hazar. Ko'z yomon narsa deb
rosa qarashar. Go'yoki shu
ochiq kiyim yarashar. Qizim
nima kiyding deb qachon
so'rashar. Odamlar haromdan
qilaylik hazar. Yolg'on ham
bilsangiz aslida harom. Buzilda
tarbiya buzildi marom.
Ko'chadan o'tishar bermasdan
salom. Odamlar haromdan
qilaylik hazar. Chunki kattalar
ham be parvo yurar. Qizlarchi
betiga nimalar surar. Odamlar
kamina barchadan so'rar.
Odamlar haromdan qilaylik
hazar

Комментарии

Комментариев нет.