sazovor va e’tiborli o‘qituvchi edim. Olimpiadami-ey, “Quvnoq startlar”mi, ilm anjumanlarimi, xullas hammasiga taklif qilishardi, unutishmasdi. Mendan zo‘rroq qishloqdan chiqqan adabiyotchi yo‘q emish. Oshig‘im olchi. Yaxshiyamki kallam durust ishlarkan. Oddiy qishloq o‘qituvchisi bo‘la turib, shoir Tarsakiy haqida ilmiy ish ham yoqlab qo‘yganman. Ishdan horib uyimga qaytsam ilmiy ishim tepasida telegramma turgan ekan. “Unda siz shahardagi maktablarning biriga direktor qilib tayinlandingiz”, – deyilgan. Imzo ta’lim boshqarmasi rahbarlaridan biri Sokinbekovniki edi. Uch-to‘rt kun ichida kattakon hovlimizni, bog‘imizni voyaga yetgan farzandlarimizga hadya qilib qoldirdik. Bir olam quvonch bilan xotinim Iltijoxon bilan orziqib kutilgan shaharga yetib keldik. – Dollarmisiz, topib bo‘lmaydi, direktorlikka buyruq chiqqaniga bir oy bo‘ldi, – dedi meni kutib olgan boshliq muovini Sokinbekov. – Uy ham tayyor. Mana order Intizor ko‘chasining 7-uyidan sizga bir xonali kvartira ajratdik. Maza qilasizlar. Gaz, suv, bozor hammasi biqinda. Ko‘p o‘tmay bir xonalik uyga joylashdik. Maktab direktoriman, muhr cho‘ntakda. Hayotimda galstuk taqmaganman. Endi majburman. Galstuk taqmagan direktorni ko‘rmaganman. Men nima qilay axir, ilojsizman-da. Taqaman-u, bog‘lab qo‘yilgan buzoqqa o‘xshab bo‘ynimni qayirolmay qolaman. Ha, bu sharoitga ham ko‘nikib ketdik. Lekin oldinda hali kutilmagan muammolar bor edi. Sababi bir xonalik uyda yashash uchun ikki oliygohning diplomi ham, bilimi ham yetishmas ekan. – Men hamir qorishim kerak, kir yuvaman, oshxona va vannaxonaga sig‘may qolyapman, – dedi naqd 80 kilogrammli xotinim. – Siz dars konspektlaringizni oshxonada yozasiz. Sho‘rvaga ham qarab qo‘yasiz, tag‘in suvi toshib ketmasin. – Bu taklifingiz yoqmaydi, – dedim men. – Siz sakson kilo bo‘lsangiz, men 95 kilo tosh bosaman. U aylanib bo‘lmaydigan oshxonangizdagi gaz hidiga, ovqat isiga chidolmayman. Xullas, o‘rtamizda bir xonalik uy «taqsimoti» avj olib ketdi. Bu yog‘i yangi uy bilan tabriklagani qarindosh- urug‘lar, yoru-do‘stlar tinmay kelib turishibdi. Ularga dasturxon yozib, bir balo qilib sig‘ib turibmiz. Televizorni bir burchakka qo‘ydik, orqasiga bir qop kartoshka joylashtirdik. Telefonni osma soatning oldiga avaylab o‘rnatdik. Kitob javoni ortiqcha narsalarimiz saqlanayotgan balkonga chiqdi. Yaxshiyamki, ana shu balkon bor ekan, besh yuz kilodan ortiq anjom o‘sha yerda dimiqib yotibdi. Er-u xotin birga aslo balkonga chiqmaymiz, chunki bizning vaznimizga balkon narsa- parsasi bilan uzilib ketishi hech gapmas. Bugun dam olish kuni. Yostiqdoshim bilan miriqib ko‘k choy ichib o‘tiribmiz. – Uf, siqilib ketyapman, tars yorilaman-ov, – deya menga o‘qrayib qaradi u. – Shu ham hayotmi? – Nega yorilasiz, tarvuz emassiz shekilli, – dedim maqsadni hazilga yo‘yib. – Qishloqdan olib kelgan oziq- ovqat mahsulotlarini qaerga joylayman bu o‘ymoqday joyda. Guruchni qopi bilan eshik orqasiga qo‘ydim, sabzi vannaxonada, piyoz balkonda, mahalla qo‘mitasi ajratgan o‘simlik yog‘i siz ishlayotgan stol tagida. Endi yuvilgan kir- chirlarni qaerga ilamiz? Siz ham bunday kallani ishlating- da. – Kalla molda bo‘ladi, menda xudoga shukr bosh, – dedim fig‘onim chiqib. Noiloj, ikkalamiz balkondan to oshxonagacha o‘rilgan arqonni tortib chiqdik. Shuni topganimizga ham shukr. Endi osig‘lik shim, ko‘ylak va hokazo kiyim-kechaklar orasidan boshimizni xam qilib yuribmiz. O‘tgan kuni bizni yangi uy bilan qutlab qishloqdan hamkasblar kelishdi. Yaxshiyamki oralarida xotin kishi yo‘q ekan. Farosat ham yo‘qda ularda, bo‘lmasa tor joyni yanada tor qilib shu yerda tunab qolishadimi. O‘zimiz yotadigan yagona xonamizni ularga berdik. O‘zimiz esa oshxonada idish-tovoqlar orasida mijja qoqmay chiqdik. Bundan tashqari sobiq o‘rinbosarim Makomboev shunday xurrakni gumburlatdiki, hatto qo‘shnilarimiz ham bezovtalanganligini sezdim. Qarang-a, yigirma yil birga yonma-yon ishlab, bu azamatning xurrak otishini bilmagan ekanman. To‘g‘ri-da qaerdan bilay, men uning bilan biron marta birga yotmagan bo‘lsam. Xayriyat, mehmonlarni zo‘raki tabassum bilan kuzatdik. – Xudoga shukr, endi bir o‘zimiz ham dam olamiz, – dedi xotinim kechagi qolgan lag‘monni gaz plitaga qo‘yar ekan. Shu payt birdan eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi. – Obbo, yana kim bo‘ldi, – deya erinibgina eshikni ochdim. Ro‘paramda qishloqdan kelgan singlim Tozagul mayin kulib turardi. Yonida xonaga shu zaxoti otilaman, deb olti nafar bolalari ham qator turishardi. – Akajon, omonmisizlar, sog‘inib ketdik, – deya u loyga botgan kovushini ham yechmasdan o‘zini ichkariga urdi. Bolalari ham qiy-chuv qilib yugurib kirishdi. – Singlim bugun tunab qolasizlar-a? – so‘radim ilojsizlikdan. Xotinim menga bir xo‘mrayib qaradi. – Ie, aka, qiziqsiz-a, tunamay bo‘ladimi? Kelinimiz bilan gaplashadigan bir qop gapimiz bor. Keyin jiyanlaringiz ham sizni juda-juda sog‘inishgan. – Tozagul, singlim, bolalarning yarmini uyda qoldirsangiz bo‘lardi-da, – sukunatni buzdi xotinim. – Ko‘rib turibsiz joyimiz tor. – Yurak keng bo‘lsin, kelinposhsho, sig‘amiz. Bolalarni tashlab bo‘ladimi? Ertaga opam ham sakkizta farzandini yetaklab kelyapti. Hurmat qilganimizdan so‘ng shunaqa bo‘ladi-da, kelinposhsho! Ularga yotoqxonamizni berib, yana mo‘’jazgina oshxonamizda eru-xotin «miriqib» tongni orttirdik. Konspektlarim gaz plita ustida. Kurtka kapgir ilingan mixda osig‘lik. Shlyapam mantiqozon qopqog‘ida. Botinkam tikuv mashinasi tagida. Erta tongdanoq singlimizni bolalari bilan shaharga chiqarib qo‘ydik. Bozorni tomosha qilarmishlar. Vaqt ziq, ishga kech qolyapman. Ko‘zoynagimni topolmayman. – Xotin, ko‘zoynak qani? – Uf, yana o‘sha gap. Kecha shimingizni qidirgandingiz. Yo‘qotgan buyumingizni doim mendan so‘raysiz. Bunday qo‘ygan joyingizni eslab qoling-da, xo‘jayinjon. Ana, ko‘zoynagingiz telefoning yonida turibdi. – Voy, igna bilan uymoqni qaerga qo‘ydim-a, – dedi xotinim menga umid bilan qararkan. – Kostyumingiz tugmasini yangilamoqchi edim. – Men ishga shoshyapman, – dedim tutoqib. – Siz shu paytda uymoq surishtiryapsiz. Shu bir xonalik uyda ham narsa yo‘qotib bo‘ladimi, a? Ana, igna bilan uymoq atlas ko‘ylagingiz ustida turibdi. Maktabga yetib keldim-u, hamon xayolim o‘sha bir xonalik uydagi mojarolarda. Odamni jazolash kerak bo‘lsa, bir xonalik uyga joylash kerak ekan. Bir pudlik xotinim navnihol bo‘lib qolyapti-ya. Men esa mayin shabodada entikib turibman. «Qadringga yetdim, dov-daraxtlarga ko‘milgan, bobomdan qolgan, oyog‘imni bemalol uzatadigan mehmondo‘st hovlim!» Birodar, qishloqdan shaharga kelib bir xonalik uyda yashaganmisiz? Mabodo ko‘chib kelmoqchi bo‘lsangiz, bizga zudlik bilan uchrang, tajriba almashamiz. Xotin senga balli, yaxshi tabiating borda, xonamizni baxtli makonga aylantirvording. Yashavor, yostiqdoshim, boringga shukr...
ई☺♥◦KULGULAR va SHERLAR MAKONI◦♥☺ई
:Islombek RMA
Qishloq maktabida hurmatga
sazovor va e’tiborli o‘qituvchi
edim. Olimpiadami-ey,
“Quvnoq startlar”mi, ilm
anjumanlarimi, xullas
hammasiga taklif qilishardi, unutishmasdi. Mendan zo‘rroq
qishloqdan chiqqan
adabiyotchi yo‘q emish.
Oshig‘im olchi. Yaxshiyamki
kallam durust ishlarkan. Oddiy
qishloq o‘qituvchisi bo‘la turib, shoir Tarsakiy haqida ilmiy ish
ham yoqlab qo‘yganman.
Ishdan horib uyimga qaytsam
ilmiy ishim tepasida
telegramma turgan ekan.
“Unda siz shahardagi maktablarning biriga direktor
qilib tayinlandingiz”, –
deyilgan. Imzo ta’lim
boshqarmasi rahbarlaridan biri
Sokinbekovniki edi. Uch-to‘rt
kun ichida kattakon hovlimizni, bog‘imizni voyaga
yetgan farzandlarimizga
hadya qilib qoldirdik. Bir olam
quvonch bilan xotinim Iltijoxon
bilan orziqib kutilgan shaharga
yetib keldik. – Dollarmisiz, topib bo‘lmaydi,
direktorlikka buyruq
chiqqaniga bir oy bo‘ldi, – dedi
meni kutib olgan boshliq
muovini Sokinbekov. – Uy ham
tayyor. Mana order Intizor ko‘chasining 7-uyidan sizga bir
xonali kvartira ajratdik. Maza
qilasizlar. Gaz, suv, bozor
hammasi biqinda.
Ko‘p o‘tmay bir xonalik uyga
joylashdik. Maktab direktoriman, muhr
cho‘ntakda. Hayotimda galstuk
taqmaganman. Endi
majburman. Galstuk taqmagan
direktorni ko‘rmaganman. Men
nima qilay axir, ilojsizman-da. Taqaman-u, bog‘lab qo‘yilgan
buzoqqa o‘xshab bo‘ynimni
qayirolmay qolaman. Ha, bu
sharoitga ham ko‘nikib ketdik.
Lekin oldinda hali kutilmagan
muammolar bor edi. Sababi bir xonalik uyda yashash uchun
ikki oliygohning diplomi ham,
bilimi ham yetishmas ekan.
– Men hamir qorishim kerak,
kir yuvaman, oshxona va
vannaxonaga sig‘may qolyapman, – dedi naqd 80
kilogrammli xotinim. – Siz dars
konspektlaringizni oshxonada
yozasiz. Sho‘rvaga ham qarab
qo‘yasiz, tag‘in suvi toshib
ketmasin. – Bu taklifingiz yoqmaydi, –
dedim men. – Siz sakson kilo
bo‘lsangiz, men 95 kilo tosh
bosaman. U aylanib
bo‘lmaydigan oshxonangizdagi
gaz hidiga, ovqat isiga chidolmayman.
Xullas, o‘rtamizda bir xonalik
uy «taqsimoti» avj olib ketdi.
Bu yog‘i yangi uy bilan
tabriklagani qarindosh-
urug‘lar, yoru-do‘stlar tinmay kelib turishibdi. Ularga
dasturxon yozib, bir balo qilib
sig‘ib turibmiz. Televizorni bir
burchakka qo‘ydik, orqasiga
bir qop kartoshka joylashtirdik.
Telefonni osma soatning oldiga avaylab o‘rnatdik. Kitob javoni
ortiqcha narsalarimiz
saqlanayotgan balkonga
chiqdi.
Yaxshiyamki, ana shu balkon
bor ekan, besh yuz kilodan ortiq anjom o‘sha yerda
dimiqib yotibdi. Er-u xotin
birga aslo balkonga
chiqmaymiz, chunki bizning
vaznimizga balkon narsa-
parsasi bilan uzilib ketishi hech gapmas.
Bugun dam olish kuni.
Yostiqdoshim bilan miriqib
ko‘k choy ichib o‘tiribmiz.
– Uf, siqilib ketyapman, tars
yorilaman-ov, – deya menga o‘qrayib qaradi u. – Shu ham
hayotmi?
– Nega yorilasiz, tarvuz
emassiz shekilli, – dedim
maqsadni hazilga yo‘yib.
– Qishloqdan olib kelgan oziq- ovqat mahsulotlarini qaerga
joylayman bu o‘ymoqday
joyda. Guruchni qopi bilan
eshik orqasiga qo‘ydim, sabzi
vannaxonada, piyoz balkonda,
mahalla qo‘mitasi ajratgan o‘simlik yog‘i siz ishlayotgan
stol tagida. Endi yuvilgan kir-
chirlarni qaerga ilamiz? Siz
ham bunday kallani ishlating-
da.
– Kalla molda bo‘ladi, menda xudoga shukr bosh, – dedim
fig‘onim chiqib.
Noiloj, ikkalamiz balkondan to
oshxonagacha o‘rilgan arqonni
tortib chiqdik. Shuni
topganimizga ham shukr. Endi osig‘lik shim, ko‘ylak va
hokazo kiyim-kechaklar
orasidan boshimizni xam qilib
yuribmiz. O‘tgan kuni bizni
yangi uy bilan qutlab
qishloqdan hamkasblar kelishdi. Yaxshiyamki
oralarida xotin kishi yo‘q ekan.
Farosat ham yo‘qda ularda,
bo‘lmasa tor joyni yanada tor
qilib shu yerda tunab
qolishadimi. O‘zimiz yotadigan yagona xonamizni ularga
berdik. O‘zimiz esa oshxonada
idish-tovoqlar orasida mijja
qoqmay chiqdik. Bundan
tashqari sobiq o‘rinbosarim
Makomboev shunday xurrakni gumburlatdiki, hatto
qo‘shnilarimiz ham
bezovtalanganligini sezdim.
Qarang-a, yigirma yil birga
yonma-yon ishlab, bu
azamatning xurrak otishini bilmagan ekanman. To‘g‘ri-da
qaerdan bilay, men uning bilan
biron marta birga yotmagan
bo‘lsam.
Xayriyat, mehmonlarni zo‘raki
tabassum bilan kuzatdik. – Xudoga shukr, endi bir
o‘zimiz ham dam olamiz, –
dedi xotinim kechagi qolgan
lag‘monni gaz plitaga qo‘yar
ekan. Shu payt birdan eshik
qo‘ng‘irog‘i jiringladi. – Obbo, yana kim bo‘ldi, – deya
erinibgina eshikni ochdim.
Ro‘paramda qishloqdan kelgan
singlim Tozagul mayin kulib
turardi. Yonida xonaga shu
zaxoti otilaman, deb olti nafar bolalari ham qator turishardi.
– Akajon, omonmisizlar,
sog‘inib ketdik, – deya u loyga
botgan kovushini ham
yechmasdan o‘zini ichkariga
urdi. Bolalari ham qiy-chuv qilib yugurib kirishdi.
– Singlim bugun tunab
qolasizlar-a? – so‘radim
ilojsizlikdan. Xotinim menga
bir xo‘mrayib qaradi.
– Ie, aka, qiziqsiz-a, tunamay bo‘ladimi? Kelinimiz bilan
gaplashadigan bir qop gapimiz
bor. Keyin jiyanlaringiz ham
sizni juda-juda sog‘inishgan.
– Tozagul, singlim, bolalarning
yarmini uyda qoldirsangiz bo‘lardi-da, – sukunatni buzdi
xotinim. – Ko‘rib turibsiz
joyimiz tor.
– Yurak keng bo‘lsin,
kelinposhsho, sig‘amiz.
Bolalarni tashlab bo‘ladimi? Ertaga opam ham sakkizta
farzandini yetaklab kelyapti.
Hurmat qilganimizdan so‘ng
shunaqa bo‘ladi-da,
kelinposhsho!
Ularga yotoqxonamizni berib, yana mo‘’jazgina
oshxonamizda eru-xotin
«miriqib» tongni orttirdik.
Konspektlarim gaz plita ustida.
Kurtka kapgir ilingan mixda
osig‘lik. Shlyapam mantiqozon qopqog‘ida. Botinkam tikuv
mashinasi tagida. Erta
tongdanoq singlimizni bolalari
bilan shaharga chiqarib
qo‘ydik. Bozorni tomosha
qilarmishlar. Vaqt ziq, ishga kech qolyapman.
Ko‘zoynagimni topolmayman.
– Xotin, ko‘zoynak qani?
– Uf, yana o‘sha gap. Kecha
shimingizni qidirgandingiz.
Yo‘qotgan buyumingizni doim mendan so‘raysiz. Bunday
qo‘ygan joyingizni eslab
qoling-da, xo‘jayinjon. Ana,
ko‘zoynagingiz telefoning
yonida turibdi.
– Voy, igna bilan uymoqni qaerga qo‘ydim-a, – dedi
xotinim menga umid bilan
qararkan. – Kostyumingiz
tugmasini yangilamoqchi
edim.
– Men ishga shoshyapman, – dedim tutoqib. – Siz shu
paytda uymoq surishtiryapsiz.
Shu bir xonalik uyda ham narsa
yo‘qotib bo‘ladimi, a? Ana,
igna bilan uymoq atlas
ko‘ylagingiz ustida turibdi. Maktabga yetib keldim-u,
hamon xayolim o‘sha bir
xonalik uydagi mojarolarda.
Odamni jazolash kerak bo‘lsa,
bir xonalik uyga joylash kerak
ekan. Bir pudlik xotinim navnihol bo‘lib qolyapti-ya.
Men esa mayin shabodada
entikib turibman. «Qadringga
yetdim, dov-daraxtlarga
ko‘milgan, bobomdan qolgan,
oyog‘imni bemalol uzatadigan mehmondo‘st hovlim!»
Birodar, qishloqdan shaharga
kelib bir xonalik uyda
yashaganmisiz? Mabodo
ko‘chib kelmoqchi bo‘lsangiz,
bizga zudlik bilan uchrang, tajriba almashamiz.
Xotin senga balli, yaxshi
tabiating borda, xonamizni
baxtli makonga
aylantirvording. Yashavor,
yostiqdoshim, boringga shukr...