Oyisha (r.

a.) aytadilar: Rasululloh
(sollallohu alayhi vasallam)
menga aytdilarki: "Ey Oyisha!
Tört narsani qilmay uxlama:
Qur'oni xatm qilmaguningcha,
payg'ambarlarni Qiyomatda
özingga shafoatchi
qilmaguningcha, barcha
musulmonlarni özingdan rozi
qilmaguningcha hamda haj va
umra qilmaguningcha". Shunday
deb Payg'ambar (sollallohu alayhi
vasallam) namozga kirib ketdilar.
Namozni tugatganlaridan keyin:
-"Ey Allohning Rasuli! Ota-onam
sizga fido bölsin! Meni tört ishga
buyurdingiz, men ularni qilishga
qodir emasman, dedim". U zot
aytdilarki: -"Agar Ixlos surasini
10 marta öqisang, Qur'onni
xatim qilgandek bölasan, menga
va payg'ambarlarga salovot
aytsang, biz senga Qiyomat
kunida shafoatchiga aylanurmiz
va agar Allohdan muminlarning
mag'firatini tilasang, ularning
hammalari sendan rozi böladilar.
Agar Subhanallohi valhamdu
lillahi va la-a ilaha illallohu vallohu
akbar, desang, haj va umra
qilgandek savobga ega bölasan"-
dedilar (Tafsiri Haqqiy).

Комментарии

Комментариев нет.