O‘zbekiston xalq artisti Kommuna

Ismoilova vafot etdi.
2-noyabr kuni O‘zbekiston xalq
artisti, “Mehnat shuhrati” ordeni
sohibasi Kommuna Ismoilova
Toshkentda 86-yoshida vafot
etdi.
Kommuna Ismoilova 1927-yil Xiva
yaqinida o‘qituvchi oilasida
tug‘ilgan. Asl ismi Ullibibi. Uning
san’atkor bo‘lib yetishishida ota-
onasidan eshitgan xalq
qo‘shiqlari, raqqosalarning
raqslari turtki bo‘ldi. 13 yoshida
Ilk bora “Farhod va Shirin”
spektaklining ommaviy sahnasida
chiqdi. Urush yillarida Gavhar
Rahimova, Faxriddin Sodiqov
rahbarligida tashkil topgan
konsert ansambli Urganchga
kelganda, Kommuna ular bilan
tanishib, ansambl tarkibiga
qo‘shiladi. 1943-yil 14 yoshida
Toshkentga keladi.
Kommuna Ismoilovaning ovozi
soprano tipida bo‘lib, yuqori
registrdagi uchinchi oktavaning
re-re-diez notasigacha yetadi.
Xonanda ovozini ustalik bilan
ishlata olgan, ashulachilik
an’analariga xos qochirimlar,
nolalardan mohirona foydalana
olgan. Uning “Go‘ro‘g‘li” dostoni
“Ravshan” qismidagi “Bolama
o‘xshaydi ovozing sani…”
qo‘shig‘i hali-hanuz ahamiyatini
yo‘qotmagan. Shuningdek,
“Shoshmaqom”dek bebaho
durdonani ham ijro etgan.
Yaqin kungacha Komunna
Ismoilova Gliyer nomidagi
Respublika ixtisoslashtirilgan
musiqa akademik litseyida dars
bergan.

O‘zbekiston xalq artisti Kommuna
 - 528245921785
O‘zbekiston xalq artisti Kommuna
 - 528246017785

Комментарии