Bolalar Tohir Sodiqov Hayoti va Ijod Tohir Sodiqov 1973 yil 1

iyulda Toshkent shahri,
Sobir Rahimov tumani, Langar ko'chasi, 12-uyda
tug'ilgan. -Eski Jo'vadagi masjidning orqasida
joylashgan bog'chaga borgan (bog'cha xotirotlari esida, faqat raqami emas). -Otasi - Sodiqov
Bahromjon Sobirovich - uchuvchi, zahiradagi ofiser
edi. -Onasi - Sodiqova Gulnur Mansurovna (xalq
xo'jaligi institutini tamomlagan), uy bekasi. -Tohir
Toshkent shahridagi 41-maktabda tahsil olgan. -Oliy
o'quv yurtini tugatmagan, mutaxassiligi yo'q. - Ma'lumoti o'rta. -O'z qo'shiqlarini sevib tinglaydi. -
Sevimli aktyori - Obid Asomov. -Uylangan yili va ilk
ota bo'lgan kunini sir tutadi. Biroq ikkala kun ham
unga ulkan quvonch olib kelgan. Baxtli sana sifatida
yodga oladi. -Shiori: "Yaxshi insonga boringni
ayama”. -Va'dabozlikni yomon ko'radi. -Bir so'zli insonlarni hurmat qiladi. -Hech bir xonandaga
tanqidiy fikri, g'arazi yo'q. Chunki, Tohir
Sodiqovning fikricha, hamma o'zicha to'g'ri. -
"Yaxshi qo'shiqqa klipning hech ham keragi yo'q.
Sevimli qo'shiq klipsiz ham sevimli bo'lib qolaveradi”.
-"Bolalar” guruhi 1989 yilning kuz oyida Ruslan Sharipov tashabbusi bilan tashkil topgan. -
Guruhning ilk albomi - "Esingdami sening...” -
Bolalar”ning birinchi ofisi "Bolalar shou” firmasida
bo'lgan ("Yoshlik” metro bekati yonida). -Guruhning
ilk a'zolari: Tohir Sodiqov, Husan Sodiqov, Tofik
Marduxaev, Bahodir Po'latov, Toir Odilov, Ruslan SHaripov, Nargiza Zokirova, Javohir Zokirov.
-"Bolalar”ning plastinkasi 1992 yilda chiqarildi.
"Bolalar-shou” firmasida. -"Bolalar”ning
aranjirovkachisi Ruslan Sharipov, qo'shiqlar muallifi
Tohir va Husan Sodiqovlar bo'lishgan. -"Bolalar”
"O'zsport” birlashmasiga qarashli edi. -Guruh a'zolariga maoshni Ruslan Sharipov bo'lib bergan.
Har bir konsertdan o'zi va Nargiza Zokirovaga 50
rubldan, Husan Sodiqov va Tofik Marduxaevga 25
rubldan, boshqalarga 15 rubldan taqsimlangan. -
Tohir Sodiqov AQSH, Fransiya, Angliya, Turkiya kabi
chet davlatlarida bo'lgan. -"Bolalar”ning birinchi muxlislari - 41-maktab o'quvchilari. -Guruh ilk
marotaba 1990 yil 23 fevral kuni "Alpomish” sport
saroyi (hozirgi "O'zko'rgazmasavdo” markazi)da
katta sahnaga chiqqan. -"Bolalar” 2000 yilgacha
O'zbekiston va qator hamdo'stlik davlatlari bo'ylab
yiliga yuzlab konsertlar bergan. Olti yildan buyon esa O'zbekistonning o'zida qirqdan ortiq konsertlar
beryapti. -Tilagi: "Vaqtni bekor o'tkazmaylik.
Hammasi o'tib ketaveradi. Hayotning har bir
lahzasidan unumli foydalanaylik. Ertaga hayotga
shunchaki kelib-ketdi emas, balki YASHADI, degan
nom qoldirishga intilaylik, o'tkinchi dunyoda nomimiz YAXSHI INSON sifatida abadiy qolsin!

Bolalar Tohir Sodiqov Hayoti va Ijod Tohir Sodiqov 1973 yil 1
 - 571102462969

Комментарии

Комментариев нет.