Kunlarning birida...

Sahrodagi sarobday sizni topib yöqotgan umrimning hazonrezgida armon chöllariga singib ketaman...
Kunlarning birida sizsiz ötgan har lahzaga isyon aytgan bu hasta dilni siz bosib ötgan yöllarda kömib ketaman..
Kunlarning birida sizsiz otgan tonglardan kechib, tunlarning quchog'iga qochib ketaman...
Kunlarning birida sizsiz botgan quyoshdan yuz ögirib zulmat bag'rini quchib ketaman...
Kunlarning birida ikkimizni bir yölga sig'dirmagan taqdirga qözg'alon qilib, ayriliq yurtiga köchib ketaman...
Kunlarning birida sizsiz ötgan umrimdan qaldirg'ochmisol yolg'izlik olamiga uchib ketaman...
Kunlarning birida saraton oftobida sarg'aygan guldek hazonrezg ufqida botayotgan nurdek daydi xotirlardan kechib ketaman...
Kunlarning birida sizning siyratingiz siniqlari yashagan közlarimni sizga körsatmasdan yoshlab ketaman...
Kunlarning birida siz bosh olib ketgan g'aribgina dunyoimni özingizga tashlab ketaman...
Kunlarning birida...
Daryo...
Köngil kundaligi.

Комментарии

Комментариев нет.