Uvvos solar dengiz to'lqini,

Sharros quyar jala dalada.
Atrofni tun boskan bir kuni,
Bir qiz yig'lar behi panada.
Yiglar quchib qaro qab'irni,
Go'yo quchar issiq bag'irni.
Onam diydi onam diydi-ox
Yer qilibdi tog'day sabirni.
Behi shohi ilib ro'molin,
Ochib qo'ydi oyday jamolin.
Pana qilib jaladan uni,
Barglar keldi aytib salomin.
Shamol yana qo'shildi unga,
Tabiat ham jo'r bo'ldi bunga.
Go'zal jamol sohibi malak,
Ko'rdim raxmat o'sha kun-tunga.
Alla mahal bo'ldi bilmadim,
Yomgur tindi asta tomchilab..
Men esa jim halal qilmadim,
Sovuq tushdi badan chim-chilab.
Ohir iloj topdim borgani,
Kastyumimni yopdim ustiga.
Yig'lab yig'lab tolib horgani,
Uhlab qopdi qabir ustida.
Ey voh shuncha go'zal va latif,
Yuzlariga sochi yopishgan.
Ko'zin yoshin qo'ydim-u artib,
Ikkita qosh birga o'pishgan.
Qo'llarimga oldim-u asta,
Bir gul quchdim go'yo bir dasta..
Hushdan ketgan yoki bu uyqu
Yo bu go'zal ojiz va hasta.
Qo'rqdim qarab uning yuziga,
Joni yo'qday ko'kargan lablar.
Yurak urar ommo u sokin,
Bu qanday on qandayin damlar.
Qo'rqaymi yo hursand bo'laymi,
Kulaymi yo yig'lab yuraymi.
Bu go'zalga erishish uchun
Yoki men ham o"lib beraymi.
Yo'q aslo hech bunday bo'lmaydi,
Uygonganda so'rab ko'raman.
Shoir inson hech ham o'lmaydi,
Unga sherlar yozib beraman.

Комментарии

Комментариев нет.