KO'ZGULI XONA...

Bir xonning qasrida ko'zguli xona bo'lgan ekan.
Uning hamma devorlari, shipi va yeri o'ynadan
ekan. Kunlardan bir kun bu xonaga it kirib
qolibdi va turgan yerida toshdek qotibdi. Har
tarafdan uni itlar o'rab olgan, ya'ni o'zining
sanoqsiz akslari. U gichirlatib tishlarini
ko'rsatibdi. Shu ondayoq atrofidagi itlar ham
tishlarini ko'rsatibdilar. It daxshatga tushib
akillay boshlabdi. Xonada aks-sado jaranglab
itlar ham unga qarab akillabdilar. Tuni bilan it
o'zining aksiga qarab akillab, oynadadan
oynaga tashlanib ''dushmanlari'' bilan olishib
chiqibdi. Ertalab itni o'lgan holda topishibdi. Axir
hammasi boshqacha bo'lishi mumkin ediku: u
biroz do'stona munosabatda bo'lib qarshisidagi
itlarga oyog'ini uzatganda va dumini do'stona
likillatganda... Qissadan hissa: olam - katta bir
ko'zgu. U ichki dunyoingni aks ettirib, sening
hayotga bo'lgan munosabatingni o'zingga
qaytaradi. Atrofingda yaxshi va mehribon
insonlar bo'lishini va yaxshi voqea-hodisalar ro'y
berishini istasang - o'zing ham yaxshi va
mehribon bo'lishing kerak. Olamga tabassum bilan
boqsang - olam senga tabassum qiladi...

Комментарии

Комментариев нет.