-Shirin, nega uxlamayapsan?

-Uyqum kelmayapti, qo'rqyapman. -Nimadan? -Uyg'ommasamchi, sizni boshqa ko'rolmaymanmi? - Unaqa dema! Hali ko'p yashaysan, ikkimiz baxtli bo'lamiz jonim... (Shirin Sardorning qo'lidan mahkam tutib ko'zlarini yumdi. Yigit esa uni ko'zlaridagi yoshlarni artib, ancha payt qarab turdi, keyin esa palata chirog'ini o'chirib, doktorning kabineti tomon yurdi) -Kechirasiz, Umid aka, mumkinmi? -Hm, Sardor kiring, o'tiring. -O'zgarishlar bormi? -Aldab nima qildim, donor topilmagan, hammasiga tayyor turishimiz kerak. (Yigit hayol surib qoldi va..) -Agar...agar men hamma hujjatlarga qo'l qo'yib, donor bo'lsamchi, qachon qilasizlar operatsiyani? -Yöq, axir...ishonchiz komilmi!? Axir bu degani...siz... -Shirin uchun hammasiga tayyorman. -Qaroriz qat'iy bo'lsa, ertaga ertalab. -Rahmat doktor... (Lekin qiz eshik ortida hamma gaplarni eshitib turganini ular payqamadi. Yigit xonaga kelganida Shirin joyida yotardi). - Shiriiin, seni yaxshi ko'raman jonim. -Hayotim, men ham sizni yaxshi ko'raman. -Endi hammasi yaxshi bo'ladi. (Shirin yosh to'la ko'zlarini yumdi). Ertasiga Sardor kasalxonaga kelganida palata oldida Shirinning qarindoshlari yig'ilgandi. Hamma yig'lardi. Eshikni ochib palataga kirganida, qiz allaqachon bu dunyoni tark etib ulgurgandi. Qo'lida esa bir parcha qog'oz: "Hayotim, men uchun hayotni tark etishizi xohlamadim. Siz endi men uchun ham yashashiz kerak. Meni kechiring, boshqa ilojim yöq edi. Sizni sog'inaman. Osmonlarda ko'rishguncha...."

Комментарии

Комментариев нет.