Ona qizini doim mehr bilan

shunday deb erkalardi:
"Jayron közligim, gözal yuzligim..." Vaholanki,
qizchaning közlari g'ilay, körish qobiliyati ham
past, yuzlari esa chechakdan qolgan izlar bilan
töla edi. Qiz ham kichikligida onasining bu
sözlariga ishonar, özini hammadan gözal his
qilardi. Ammo katta bölgani sari haqiqatni anglab
borardi. Har gal közguga qaraganida özining gözal
yuzli, jayron közli emasligini körib onasini
yolg'onchilikda ayblar, hatto yomon körardi.
Shunday kunlarning biridа köz shifokorining
onasiga aytayotgan gapini eshitib qoldi: "Körish
qobiliyati tobora pastlab boryapti, yaqinda kör
bölib qolishi mumkin..."
Shifokorlar operatsiya qilinsa ahvoli yaxshi
tomonga özgarishi mumkinligini, ammo bunga ham
juda katta umid qilib bog'lab bölmasligini aytishdi.
Qiz rozi böldi, axir noumid shayton deydilar. Uzoq
davom etgan operatsiyadan keyin möjiza yuz
berdi. Qizning közlari oldida dunyo ravshanlashdi.
U juda yaxshi köra olayotgandi. Közguga qaradi,
yuzlari judayam chiroyli edi. Hayrat bilan
doktorlardan söradi: "Plastik operatsiya ham
qildingizmi?" Shifokorlar jim bölib qolishdi. Nihoyat
ulardan biri jimlikni buzib qizga javob berdi:
" Yöq, qizim öziga mening közim bilan boqib,
qanday gözal ekanligini körsin, deya onang öz
közlarini senga berdi......"

Комментарии

Комментариев нет.