Men opamning taqdirini aytib

bermoqchiman. Bu xuddi
qörqinchli tushga öxshaydi. Opam bir yigit bilann
bir-birlarini qattiq
sevishardi. Yigit opamni bir zum ham yolg'iz
qoldirgisi kelmasdi. Shunchalik sevardiki, xatto
tun-u
kun eshigimiz tagidan ketmasdi. Men uni issiq
kunda ham, sovuq tunda ham köp bora uyimiz
qarshisida körardim. Ammo adam bilan oyim bu
haqda bilib qolishgach opamga qattiq shart
qöyishdi: yo u, yo biz... Opam xonasida rosa
yig'ladi ösha kuni. Bu köz yoshlar yetaklab kelgan
dardni opamning közlaridan boshqa hech qayerda
uchrtamaganman.
Keyin ösha yigit bilan umuman körishmay qöydilar.
Aminman, opam endi faqat Xudodan adamning rozi
bölishini söraydigan bölgandi. Köp ötmay
boshimizga musibat tushdi. Opam og'ir xastaligini
bildik. Unda miya saratoni
borligini eshitganimizda uyimizda deyarli hamma
yig'lagandi. Adam opamni köp doktorlaga
körsatdilar. Ular
zudlik bilan operatsiya qilish
lozimligini aytishardi. Bu orada ösha yigit köp
marta telefon qildi. Tabiiyki, opam unga bu haqda
aytishimizni umuman xohlamasdilar. Yigit
Moskvaga ketyotganligini bilgach, yana rosa
yig'ladilar. Men öshanda tushunganman. Inson
özidan ham battar yöqotishdan qörqadigan
insonlar bölarkan dunyoda. Har holda opamning
közidan (katta ehtimolki, qalbidan ham) oqayotgan
köz yoshlari shundan dalolat berardi. Opamga
oxirgi marta u bilan körishish u-n ruhsat berishdi.
Ösha kecha opam bilan birga chiqdik. Opam u
bilan yonma-
yon turib, bir og'iz ham gapirmadi. U faqat
yig'ladi. Yigit esa opamni yupatardi:
"Men tezda qaytaman, jonim, yig'lama",- derdi u.
Öshanda u
opamni sönggi bor körib turganligini qayerdan ham
bilardi. U ketgach opam meni quchoqlab,
qulog'imga shivirlaganida butun vujudim muzlab
ketdi. Opam aynan shunday dedilar: "Nega aynan
men?"... Yigit ketgach
opam u bilan telefonda ham
gaplashmadi. Ehtimol qörqqandir. Unga hammasini
aytib yuborishdan qörqqandir. Uni operatsiya
qilishadigan kun ham keldi. Ösha kun kutish zalida
ötirib, Xudodan
opamning tirik qolishini söradim. Qizil chiroq öchib,
doktor chiqqach esa... adamning toshdek
qotganlariyu, oyimning ezilib
yig'laganliklari yodimda qolgan xalos. Opamni
qabrga qöydik... Ancha vaqt
ötgach, tongda dasturxon atrofida ötirganimizda
ösha yigit Moskvadan telefon qildi. Men javob
berdim. Unga opam vafot
etganligini aytdim. U gapimni oxirigacha
eshitmasdan göshakni
qöyib qöydi. Ösha kuni yarim tunda eshik taqilladi.
Adam eshikni ochganlarida qarshisida ösha, opam
sevgan yigit turardi... Uning közlarida men
opamning közlarida ham körmaganim öta kuchli
alam bor edi. Ösha kuni ilk bora adamning
yig'laganlarini kördim. Ehtimol köz yoshlari bir
vaqtlar ularni
majburan ayirganliklari uchun
pushaymonliklaridandir... Ehtimol yigitning
közlarida opamning
yuzlarini körgandirlar...

Комментарии