tushdi, Atirgul ko’ziga yosh keldi lim-lim. Qirda baxtdan yonib ketdi lolalar, Sen qachon baxtiyor bo’lasan, ko’nglim? Yo’llarga tomchilab to’kilar yurak, Armon vujudimda oqadi sim-sim. Baribir to’lmas-ku bu kemtik bag’ir. Sen qachon baxtiyor bo’lasan, ko’nglim? Axir, ko’rganlarim bari tush edi, O, seni Xudoning yo’lida suydim. Aslida biri kam edingmi, dunyo?! Men bugun baxtni ham so’ramay qo’ydim..
~ Söngi Yaproq ~
Osmon ham bir nafas zaminga
tushdi,
Atirgul ko’ziga yosh keldi lim-lim.
Qirda baxtdan yonib ketdi lolalar,
Sen qachon baxtiyor bo’lasan, ko’nglim?
Yo’llarga tomchilab to’kilar yurak,
Armon vujudimda oqadi sim-sim.
Baribir to’lmas-ku bu kemtik bag’ir.
Sen qachon baxtiyor bo’lasan, ko’nglim?
Axir, ko’rganlarim bari tush edi,
O, seni Xudoning yo’lida suydim.
Aslida biri kam edingmi, dunyo?!
Men bugun baxtni ham so’ramay qo’ydim..