QUR'ONI KARIM MA'NOLARI TARJIMASI

Tarjimon va izohlar muallifi:
Abdulaziz Mansur

QUR'ONI KARIM MA'NOLARI TARJIMASI 
 - 507744890615

Комментарии

  • 7 июл 2013 10:18
    FOTIHA SURASI Bu sura Qur'on nusxalarida Makkada nozil
    qilingan deb kelinayotgan bo'lsada, tafsir va
    hadislarda u Madinada ham takroran nozil
    qilingan, deyiladi. Shuning uchun ham bu
    suraning nomlaridan biri - "Sab'ul-masoniy", ya'ni
    "ikki bor nozil qilingan yetti oyat" demakdir. Suraning o'nga yaqin nomlari bo'lib, ulardan eng
    mashhuri "Fotiha", ya'ni, "ochuvchi" - suralarning
    joylashishi bo'yicha avvalida qo'yilgani uchun
    unga shu nom berilgan. "Al-Hamdu" so'zi bilan
    boshlangani uchun bu nom bilan ham ataladi.
    Islom dini mafkurasi va ahkomlarini muxtasar shaklda o'zida mujassam etgani uchun "Ummul-
    Qur'on", ya'ni "Qur'onning onasi" nomi berilgan.
    Mazkur yetti oyatni sharhlab ba'zi mufassirlar bir
    necha jildlik asar yozib qoldirganlar. "Bismillohir Rahmonir Rahim" oyati "Fotiha"
    surasining tarkibiga kiradimi yoki u keyin qo'shib
    qo'yilganmi degan masalada mujtahidlarning
    ba'zilari uni shu suradan deb sanaganlar.
    Boshqalar esa Qur'ondagi 113 ta sura
    boshlanishidagi hamma "Bismilloh"lar ham suralarining tarkibiy qismidan emas, balki ularni
    bir-biridan ajratib turuvchi - fosila sifatida
    joylashtirilgan, deganlar. "Bismilloh" oyati faqat
    bir joyda - Naml surasining 30-oyatida kelgan,
    deb ta'kidlaydilar. Abu Hanifa (Imom A'zam) ham shu fikrda
    bo'lganlar. Shuning uchun Hanafiy mazhabiga
    mansub xattot va noshirlar tomonidan
    ko'chirilgan va chop etilgan Qur'on nusxalarida,
    xususan Turkiya va Pokistonda nashr etilgan
    nusxalarda "Fotiha" surasining boshida kelgan "Bismilloh"ga raqam qo'yilmaydi. Arab dunyosida
    chiqadigan Qur'onlarda esa unga birinchi raqam,
    "Fotiha" surasining birinchi oyatiga esa 2
    raqamini qo'yadilar.
  • Комментарий удалён.
  • 7 июл 2013 10:34
    юкоридаги ссылка устига босиб ушбу китобни уз мосламангизга юклаб олишингиз мумкин.