Комментарии
- 13 фев 2014 18:07Атабаев Достонбекhurmatli doctor bu kasallik bn kattalarham ogrib turiwi mumkunmi?
- Донер Мммм ответил Атабаеву ДостонбекуКомментарий удалён.
- 13 фев 2014 18:15Атабаев Достонбек ответил Донеру Ммммraxmat
- Донер Мммм ответил Атабаеву ДостонбекуКомментарий удалён.
- Донер Мммм ответил Атабаеву ДостонбекуКомментарий удалён.
- 13 фев 2014 18:24Атабаев Достонбек ответил Донеру Ммммha sizni noqule ahvolga soldim wekili deb o4irgandim
- 13 фев 2014 18:25Атабаев Достонбекhey
- 17 дек 2018 09:43Mohira MahmudovnaAssalomu aleykum menda suvchechak chiqdi 20 yowdaman hamasi qaytdi lekin bitta kattarogi hali suvi bor man uqiyman darga chiqsam buladimi
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Тиббиёт давосиз дардлар изидан!
SUVCHECHAK KASALLIGI
Suvchechak o'tkir infesion
kasallik hisoblanadi.O'ziga xos
suvli toshmalar bilan kechishi
kuzatiladi. Suvchechak virusli
tabiatga ega kasallik sanaladi.
Qo'zg'atuvchi virus gerpes
oilasiga mansubdir. U faqat teri
hujayralari va shilliq qatlamni
zararlantirish xususiyatiga ega.
Bolaning tanasiga havo yo'li
orqali o'tadi. Infeksiya manbasi
kasallangan inson sanalib, u bilan
to'g'ri muloqot qilish shart emas.
Ya'ni ushbu virus uchuvchan
hisoblanib, qo'shni xonalarga
ham o'tishi mumkin.
Lekin u tashqi muhitda
turg'unlikka ega emas, bu
uchinchi shaxslar yoki predmetlar
orqali yuqishiga sabab bo'la
olmaydi. Kasallangan bemor
kasallik yuqqandan hisoblagan
holda ikkinchi kundan yuqumli
sanaladi.
5 yoshgacha bo'lgan bolalarda
ushbu kasallikka chalinish juda
yuqori hisoblanadi. Emizikli
bolalar (6 oygacha) deyarli ushbu
kasallik bilan og'rimaydilar.
Chunki ona bolaga o'z suti orqali
immunitet yuborib turadi. 10
yoshdan so'ng ham bolalar
deyarli ushbu dardga
chalinmaydilar. Lekin ushbu
kasallikka ushbu davrda bolalar
chalinsalar. U nisbatan og'irroq
va asoratli ko'rinishda kechadi.
Kasallikning yashirin davri 2 hafta
davomida kechadi, kam hollarda
10-21 kundir. Odatda kasallik
o'tkir ko'rinishda boshlanadi.
Yuqori tana harorati 38-39S bilan
birga bola tanasida toshmalar
kuzatiladi. Toshmalar faqat kaft
va oyoq taglarida bo'lmaydi. Avval
ushbu toshmalar oddiy pushti
tusda, no'xatdek hajmga ega
bo'ladi. Va tez orada ushbu
pushti toshmalar markazida suvli
pufak hosil bo'ladi. U vaqt o'tib
qichishishni boshlaydi. Ota-
onalarning vazifasi bolani doimiy
ravishda kuzatib turishdir. Chunki
bola yaraning qichishiga chiday
olmay, unga begona infeksiyani
kiritib qo'yishi mumkin.
Pufaklar 1-2 kun saqlanib turadi.
Vaqt o'tib ustida to'qish qatlam
yuzaga kelishni boshlaydi. Lekin
ushbu toshmalar hafta davomida
toshib turishi mumkin. Har bir
toshma toshish bosqichida tana
harorati oshishi kuzatiladi.
Bola ushbu davrda toliqishi,
asabiylashishi, uyqusi buzilishi va
ishtahaning bo'g'ilishi bilan
kechadi. Toshmalar toshishi
yakunlangandan so'ng yana bir -
ikki hafta davomida terida
saqlanib qoladi. Odatda ulardan
vaqt o'tgan sari izlar qolmaydi.
Lekin bola yaraga infeksiya kiritib
qo'ysa, u holda izlar qolish
ehtimoli mavjud. Shu sababli
bolani yaxshilab kuzatib, infekciya
kirmasligi uchun uni doim
kuzatib turing. Qichishgan
yarachalarda yiringlar paydo
bo'lib, ma'lum asoratlarni keltirib
chiqarishi mumkin.
Bolaning tuzalishi taxminan
kasallangandan taxminan 10-kun
bo'lishi mumkin. Virusning
tarqalishi pufakchalarning qurishi
bilan to'xtaydi. Odatda
suvchechakdan asoratlar
qolmaydi. Kasallikni aniqlash ham
unchalik qiyin kechmaydi.
Odatda suvchechak uy sharoitida
davolanadi. Bolani kasalxonaga
joylashtirishni albatta vrach
belgilaydi.
Uy sharoitida maxsus muolajalar
talab etilmaydi. Bola albatta
yotishi zarur bo'lib, bu taxminan
6-7 kunni egallaydi. Va ushbu
kasallik kechishi davrida to'shak
va yostiqlarning jildini almashtirib
turish maqsadga muvofiqdir. Bola
ko'p suyuqlik ichishi zarur.
Parhez ham muhim ahamiyatga
ega. Bu o'rinda sutli, o'simlik
mahsulotlari o'rinlidir (sutli
bo'tqalar, qirg'ichdan o'tkazilgan
sabzavotlar, mevalar va meva
soklari)
Pufaklarda yiring qatlamining
paydo bo'lmasligi uchun ularni
kuniga 2 marotaba brilliant
zelenkasi va margansovkaning
to'q suvi bilan qayta ishlash
muhimdir.
Har bir muolajani albatta vrach
bilan maslahatlashish va uning
nazorati ostida davolanish
o'rinlidir.