17 мар 2014

Maktub ichidagi

maktub
Bugun men uzoqdaman, seni
sog'inib tunlarim bedorlikda
o'tmoqda.! Har kecha yulduzlarga
termulib,sen bilan o'tgan
kunlarimni eslayman.! O'sha
kunlarga yana bir bor qaytishni
orzu qilaman.! Lekin endi
kech,sen meni unutding.! Endi
sen meniki emassan.! Bilasanmi -
seni jonimdan ortiq sevardim,
ko'zlaringga termulib o'tirib-seni
o'lgunimcha xech kimga berib
qo'ymayman deb o'ylardim.!
Qo'llaringni yana bir bor
ushlagim kelyapti.! Qayg'ularga
to'lgan tilka pora bo'lgan
bag'rim,seni yana bir bor
quchog'iga olgisi kelyapti.!
Bugun sen o'zgaga yor bo'lib
ketyapsan-u, lekin meni
ko'zlarim,hayollarim seni jonidan
ortiq sevadigan yuragim xuddi
tush ko'rayotganday bularga
ishongisi kelmayapti.! Esingdami
eng birinchi
uchrashuvimiz,o'shanda sen
menga zimdan uyalib,ko'zlaring
ostida menga qarab qo'yarding.!
Men esa seni yuzingga
termulgancha,tikilib o'tirardim.!
Sen bilan o'tgan onlarimni,xech
qachon unutmayman.! Mana
bugungi kungacha-Birinchi
muhabbat qanchalik aziz va
qadrli, mehribon bo'lishini, har
qanday insonni hayoliyu yurak
bag'ri bilan, yulib ketishini endi
bilyapman.! Sen yonimda bo'lgan
vaqtlaring men xech narsani
o'ylamasdim, seni bir umr
yonimda yurasan deb o'ylardim,
shirin so'zlaringni go'zal
kulgularingni o'la-o'lgunimcha
eshitaman,agar bizni Alloh
jonimizni olsa ham, qabrga birga
ko'milishimizni istagandim.!
Aqldan ozyapman shekilli,
ko'zlarim yoshlandi bunchalikka
boradi deb o'ylamagandim.! Bu
sevgi shunchalik kuchli ekanki,
insonni ne ko'ylarga solarkan.!
Sevgilim ketma sensiz xarob
bo'lyapman,meni tashlab ketma.!
Sensiz yuragim urishdan
to'xtayapti.!
Bugun seni to'ying, seni baxt
kechang.! Men to'yingga keldim.!
Ortingda turibman,o'zimni bir
amallab bosib turibman.! Seni
o'zga bilan nigoh uzugini
taqayotganingni ko'rib ichimdan
yonayapman.! Seni so'nggi bora
ko'ray deya, g'ururimni zor
yig'latib to'yingga keldim.! Meni
kechir senga baxt berolmadim,
meni kechir bir umr yoningda
bo'lolmadim, lekin men seni xech
qachon unutmaganman.! Sen
doim meni hayolimda, har bir
qadam tashlashimda
ko'zlarimdagi oq va qora
dog'larda sen yashagansan.!
Afsus biroz kech qolibman, sen
meniki bo'lishingga, yana ozgina
sabr qilganingda edi.! Xozir o'zga
yigit seni qo'lingga uzuk taqib
mendan tortib olmagan bo'lardi.!
Mayli men roziman, bugun
to'ying negadir seni yuqotib
qo'yganimga ishongim
kelamayapti, ko'zlarimdan
yoshlar tinmay oqayapti.!
Chidolmayapman seni shunchalar
sevishimni o'zim ham bilmagan
ekanman.! Sevgilim baxtli bo'l.!
Meni o'ylama,endi sen
kelinchaksan men orzu qilgan
o'sha oppoq ko'ylakda
dunyodagi eng go'zal kelinchak
bo'libsan,buni ko'rib ko'zlarim
to'ymayapti.! Mayli nima
bo'lgandayam meni unutma,
baxtli bo'l men seni xech qachon
unutmayman.! Yangi uyingda
yoring bilan, umringni oxirigacha
baxtli yashashingni
tilakdoshiman.! U dunyoda
uchrashguncha - Xayr sevgilim..!
Bugun sevgilimning to'yi
bo'lyapti,
Ko'zlarida achchiq yosh
yig'layapti.
Ota-onang baxtli bo'l deb duo
qilishgan,
Yig'lamagin sevgilim to'ying
bo'lyapti.!
Oppoq libos yarashibdi go'zal
kelinchak,
Yangi uyda yoring bilan qurgin
belanchak.
Shirin shakar farzandlaring
bo'lsin uyingda,
Og'ilchangga ismim qo'ygin
yodingda bo'lsam.!
Yig'lamayman yurak bag'rim
yulib olsa ham,
Mayli baxtli bo'lgin jonim o'zga
bo'lsa ham.
Orzularim sarob bo'ldi men ham
ketaman,
Sensiz jonim bu hayotda -
Yashayolmayman...!

Комментарии