Har kuni «aqlli televizor», «aqlli uy», «aqlli kir yuvish mashinasi» va hatto chang yutgich haqida yangiliklarni eshitamiz. Inglizchadan «Smart» — «aqlli» so‘zi o‘n yillikdagi eng ommaviy so‘zlar o‘nligiga kiradi, smartfonlar esa (aqlli telefonlar) butun dunyo bo‘ylab deyarli milliardlab foydalanuvchilarda bor. Bugun yangi tendensiyalar — «aqlli soatlar» haqida so‘z yuritamiz, ularni jahonda mashhur bo‘lgan kompaniyalar ishlab chiqarmoqda yoki ishlab chiqa-rishni boshlamoqchilar. «Aqlli soatlar» haqida bir necha yangi anonslarni taqdim etamiz. 2014-yilda «aqlli soatlar» ishlab chiqarilishi hajmi besh million donaga yetadi Canalys hisobotiga ko‘ra aqlli soatlar yetkazib berilishi hajmi keyingi yilda 5 000 000 donaga yetadi. Avvalgi yil bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, mazkur agentlik ma’lumotlariga qaraganda, ushbu toifa mahsulotlarini yetkazib berish 330 000 donani tashkil etgan, joriy yilda esa, mahsulot hajmi o‘sishi 500 000 dona darajasiga yetishi mumkin. Agar o‘tgan yilda Sony va Motorola aqlli soatlar asosiy ishlab chiqaruvchilari deb hisoblangan bo‘lsa, joriy yilda mana shu ikki kompaniyaga Pebble Technology raqobatchilik qildi. Keyingi yilda esa Sony, Motorola va Pebble kompaniyalariga Apple, Google, Microsoft va Samsung ham qo‘shiladi deb hisoblaydi Canalys mutaxassislari. Umuman olganda, analitiklar keyingi yilda mahsulot yetkazib berish hajmi deyarli o‘n barobar o‘sishini katta kompaniyalar tomonidan aqlli soatlar yangi avlodlarining ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq deb hisoblamoqdalar. Canalys vitse-prezidenti va bosh analitiki Kris Jonsning (Chris Jones) so‘zlariga qaraganda, aqlli soatlar iPad’ning planshetlar bozoriga chiqqan vaqtdan boshlab iste’molchilik elektronikasi yangi mahsulotlari eng muhim toifasi bo‘lib qoladi.
...ЭНЦИКЛОПЕДИЯ...
«Aqlli buyumlar» vaqti yetib keldi!
Har kuni «aqlli televizor», «aqlli uy», «aqlli kir yuvish mashinasi» va hatto chang yutgich haqida yangiliklarni eshitamiz. Inglizchadan «Smart» — «aqlli» so‘zi o‘n yillikdagi eng ommaviy so‘zlar o‘nligiga kiradi, smartfonlar esa (aqlli telefonlar) butun dunyo bo‘ylab deyarli milliardlab foydalanuvchilarda bor. Bugun yangi tendensiyalar — «aqlli soatlar» haqida so‘z yuritamiz, ularni jahonda mashhur bo‘lgan kompaniyalar ishlab chiqarmoqda yoki ishlab chiqa-rishni boshlamoqchilar. «Aqlli soatlar» haqida bir necha yangi anonslarni taqdim etamiz.
2014-yilda «aqlli soatlar» ishlab chiqarilishi hajmi besh million donaga yetadi
Canalys hisobotiga ko‘ra aqlli soatlar yetkazib berilishi hajmi keyingi yilda 5 000 000 donaga yetadi. Avvalgi yil bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, mazkur agentlik ma’lumotlariga qaraganda, ushbu toifa mahsulotlarini yetkazib berish 330 000 donani tashkil etgan, joriy yilda esa, mahsulot hajmi o‘sishi 500 000 dona darajasiga yetishi mumkin.
Agar o‘tgan yilda Sony va Motorola aqlli soatlar asosiy ishlab chiqaruvchilari deb hisoblangan bo‘lsa, joriy yilda mana shu ikki kompaniyaga Pebble Technology raqobatchilik qildi. Keyingi yilda esa Sony, Motorola va Pebble kompaniyalariga Apple, Google, Microsoft va Samsung ham qo‘shiladi deb hisoblaydi Canalys mutaxassislari. Umuman olganda, analitiklar keyingi yilda mahsulot yetkazib berish hajmi deyarli o‘n barobar o‘sishini katta kompaniyalar tomonidan aqlli soatlar yangi avlodlarining ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq deb hisoblamoqdalar.
Canalys vitse-prezidenti va bosh analitiki Kris Jonsning (Chris Jones) so‘zlariga qaraganda, aqlli soatlar iPad’ning planshetlar bozoriga chiqqan vaqtdan boshlab iste’molchilik elektronikasi yangi mahsulotlari eng muhim toifasi bo‘lib qoladi.