21 дек 2013

ALVIDO SEVGIM....

Bugun men uzoqdaman,seni
sog'inib tunlarim bedorlikda
o'tmoqda.! Har kecha yulduzlarga
termulib,sen bilan o'tgan
kunlarimni eslayman.! O'sha
kunlarga yana bir bor qaytishni
orzu qilaman.! Lekin endi
kech,sen meni unutding.! Endi
sen meniki emassan.! Bilasanmi -
seni jonimdan ortiq
sevardim,ko'zlaringga termulib
o'tirib-seni o'lgunimcha xech
kimga berib qo'ymayman deb
o'ylardim.! Qo'llaringni yana bir
bor ushlagim kelyapti.!
Qayg'ularga to'lgan tilka pora
bo'lgan bag'rim,seni yana bir bor
quchog'iga olgisi kelyapti.! Bugun
sen o'zgaga yor bo'lib ketyapsan-
u,lekin meni ko'zlarim,hayollarim
seni jonidan ortiq sevadigan
yuragim xuddi tush
ko'rayotganday bularga ishongisi
kelmayapti.!
Esingdami eng birinchi
uchrashuvimiz,o'shanda sen
menga zimdan uyalib,ko'zlaring
ostida menga qarab qo'yarding.!
Men esa seni yuzingga
termulgancha,tikilib o'tirardim.!
Sen bilan o'tgan onlarimni,xech
qachon unutmayman.! Mana
bugungi kungacha-Birinchi
muhabbat qanchalik aziz va
qadrli,mehribon bo'lishini,har
qanday insonni hayoliyu yurak
bag'ri bilan,yulib ketishini endi
bilyapman.! Sen yonimda bo'lgan
vaqtlaring men xech narsani
o'ylamasdim,seni bir umr
yonimda yurasan deb
o'ylardim,shirin so'zlaringni
go'zal kulgularingni o'la-
o'lgunimcha eshitaman,agar bizni
hudo jonimizni olsa ham,qabrga
birga ko'milishimizni istagandim.!
Aqldan ozyapman
shekilli,ko'zlarim yoshlandi
bunchalikka boradi deb
o'ylamagandim.! Bu sevgi
shunchalik kuchli ekanki,insonni
ne ko'ylarga solarkan.! Sevgilim
ketma sensiz xarob
bo'lyapman,meni tashlab ketma.!
Sensiz yuragim urishdan
to'xtayapti.!
Bugun seni to'ying,seni baxt
kechang.! Men to'yingga keldim.!
Ortingda turibman,o'zimni bir
amallab bosib turibman.! Seni
o'zga bilan nigoh uzugini
taqayotganingni ko'rib ichimdan
yonayapman.! Seni so'nggi bora
ko'ray deya,g'ururimni zor
yig'latib to'yingga keldim.! Meni
kechir senga baxt
berolmadim,meni kechir bir umr
yoningda bo'lolmadim,lekin men
seni xech qachon
unutmaganman.! Sen doim meni
hayolimda,har bir qadam
tashlashimda ko'zlarimdagi oq va
qora dog'larda sen yashagansan.!
Afsus biroz kech qolibman,sen
meniki bo'lishingga,yana ozgina
sabr qilganingda edi.! Xozir o'zga
yigit seni qo'lingga uzuk taqib
mendan tortib olmagan bo'lardi.!
Mayli men roziman,bugun to'ying
negadir seni yuqotib
qo'yganimga ishongim
kelamayapti,ko'zlarimdan yoshlar
tinmay oqayapti.!
Chidolmayapman seni shunchalar
sevishimni o'zim ham bilmagan
ekanman.! Sevgilim baxtli bo'l.!
Meni o'ylama,endi sen
kelinchaksan men orzu qilgan
o'sha oppoq ko'ylakda
dunyodagi eng go'zal kelinchak
bo'libsan,buni ko'rib ko'zlarim
to'ymayapti.!
Mayli nima bo'lgandayam meni
unutma,baxtli bo'l men seni xech
qachon unutmayman.! Yangi
uyingda yoring bilan,umringni
oxirigacha baxtli yashashingni
tilakdoshiman.! U dunyoda
uchrashguncha - Xayr sevgilim..!
Bugun sevgilimning to'yi
bo'lyapti,
Ko'zlarida achchiq yosh
yig'layapti.
Ota-onang baxtli bo'l deb duo
qilishgan,
Yig'lamagin sevgilim to'ying
bo'lyapti.!
Oppoq libos yarashibdi go'zal
kelinchak,
Yangi uyda yoring bilan qurgin
belanchak.
Shirin shakar farzandlaring
bo'lsin uyingda,
Og'ilchangga ismim qo'ygin
yodingda bo'lsam.!
Yig'lamayman yurak bag'rim yulib
olsa ham,
Mayli baxtli bo'lgin jonim o'zga
bo'lsa ham.
Orzularim sarob bo'ldi men ham
ketaman,
Sensiz jonim bu hayotda -
Yashayolmayman...!

Комментарии

  • 22 фев 2014 02:43
    Ey chorni qiling ok men sizga gosti bolaman deb olib turganim yoq xop u saytizga kirganimni sababi chorniga tiqdimmikan deb kirgandim afsus esizdan chiqib qolibdi yana chorni bobtida omadizi bersin iloxim