Xitoyning Yunnan provinsiyasida

olimlar odamsimon maymunning
bosh suyagini topishdi. Topilmaning yoshi olti million yilni
tashkil etadi. Ushbu fakt odamzot
Afrikadan tarqalgan degan umum
qabul qilingan nazariyani shubha
ostiga qo'yishi mumkin. "Olimlarning aksariyati Afrikani
insoniyatning vatani deb hisoblaydi.
Ammo bunday toshga aylangan
topilmalar boshqa qit'alarda ham
bor-yo'qligi bizga aniq emasdi. Endi
esa ushbu ma'lumotlar yangi, sinchkovlik bilan o'tkaziladigan
tadqiqotlarga turtki bo'ladi", - deydi
Paleontologiya institutining ilmiy
xodimi Ni Siszyun. Bundan oldin ham ayrim olimlar
odamsimon maymunlarning
ajdodlari Afrikaga Osiyodan kelgan
degan taxminni bildirgan, biroq
hozirga qadar ushbu nazariyani
tasdiqlovchi dalillar yo'q edi.

Комментарии

Комментариев нет.