«Samsung» kompaniyasi tomonidan

yaratilgan va diagonali 110 dyuym
(280 sm) bo'lgan «UHDTV110»
televizori uyda foydalanish uchun
mo'ljallangan dunyodagi eng katta
televizior nomiga bemalol da'vogarlik qilishi mumkin. Berlindagi «IFA» iste'mol
elektronikasi ko'rgazmasida
o'tkazilgan taqdimot chog'ida
«UHDTV110» televizorining ekranida
piksellar soni uy televizorlarining
zamonaviy modellarida qo'llanadigan piksellar sonidan to'rt
baravar ko'p ekani qayd etildi. Bu
ko'rsatilayotgan tasvirning juda katta
aniqlikda bo'lishini ta'minlaydi. Iste'mol elektronikasi sohasidagi
ekspertlarning so'zlariga ko'ra, yangi
televizordagi tasvirning sifati juda
yuqori bo'lib, u tomoshabinda uch
o'lchamli tasvirdan ko'ra ko'proq
taassurot qoldirar ekan. Albatta, bunday gadjet klassik uslubda
jihozlangan uydagi mehmonxonaga
unchalik to'g'ri kelmaydi, ammo
unda futbol o'yinlari tomosha qilinsa,
futbolchilarni deyarli bo'yi-basti bilan
ko'rish mumkin bo'ladi. Hozircha yangi qurilmaning narxi
noma'lum. Qayd etib o'tamiz, 2013 yil
yanvarida CES ko'rgazmasida
“Westinghouse” Amerika-Yaponiya
kompaniyasi xuddi shunday
diagonalga ega televizorni taqdim etgandi. O'shanda ulkan ekranli
ushbu qurilma 300 ming dollarga
baholangan.

Комментарии

Комментариев нет.