Meni senga aytar so'zim shu,

Mayli ketsang bahtlar tilarman
Ayrilishni hohlamaymanu,
Qismatim shu nima qilarman.
Qoy yiglama oqmasin ko'z yosh,
Ko'ksimga ham qo'yma boshingni.
Bardoshim yo'q yo'q menda bardosh,
Ko'tarmoqqa tomchi yoshingni.
Ket, ortinga qayrilma erkam,
Hotiralar qiynar dilingni.
Mayli meni ado qilsin gam,
Baht yoritsin seni yo'lingni.
Yuragimda ulgayar armon,
O'tinchim bor kelar yillarga.
Uchrashtirma taqdir hechqachon,
Ozor bersang oshiq dillarga.
Meni senga aytar so’zim yo'q,
Sen ham so'zing aytmagin jonim,
Yuragimda yonib turgan cho'g,
Kuydirmasin ikki jahonim,
ket..
MURODILDAN
MUHARRAMGA

Комментарии

Комментариев нет.