Комментарии
- 31 окт 2013 12:29Profil UdalenHozirki ayolar et petini uylame gapiruvradi u qiz4aning i4i kim qande zil ketgan busa kere
- 22 сен 2014 23:04MARUFJON Medic ответил Profil UdalenTo'g'ri aytasiz
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
BEZOVTA RUX YOXUD QORA ATIR GUL
:ღ OSHIQღ ღ ღﮩﮫﮩღ MaJnUnღ ﮩﮫﮩღ
Avtobusda odam unchalik ko'p emasdi.
Bekatda 35 yoshlar atrofidagi bashang kiyingan ayol
avtobusga chiqdi. Kun juda issiq, aksiga olib hamma joylar band Faqat orqaroqdagi
o'rindiqlarning birida 14-15 yosh atrofidagi qizcha jimgina ko'chani tomosha qilib ketardi.
Ayol o'sha tomonga yurdi. Lekin qizcha joy berishni hayoliga ham keltirmasdi. Avtobus juda
imillab keyingi bekatga keldi. Yana 5-6 odam chiqqach ayol battar o'ng'aysizlana boshladi.
Nihoyat u qarshisida o'tirgan ayollardan biriga qizcha eshitadigan qilib gapirdi: "Biz
yoshligimizda avtobusga o'zimizdan kattalar chiqqanida joy berardik. Hozirgi bolalarga
hayronman. Masalan manavi qizcha (qo'li b-n ko'rsatdi), ota-onasi har kuni nimani o'rgatadi,
bilmadim. O'tirishini qarang". Qizcha yarq etib ayolga qaradi. Ayol g'olibona nazarda qizchaga
qarardi. U haq gapni aytganidan yuzida mamnuniyat sezilardi. Qizcha yerga qarab jim bo'lib
qoldi. Keyingi bekatda avtobus to'xtagach 23-24 yoshlardagi bir yigit shoshib chiqib
qizchaning yoniga keldi. - Akajon,- qizcha ko'z yoshlarini ortiq tiyolmadi. Akasi uni ko'tarib
oldi. Ular haligi ayolning yonidan o'tisharkan, qizcha halitdan beri ularga ma'noli qarab turgan
ayolga dedi: "Qaniydi ota-onam bo'lsa..." Ayol jim edi. U avtobusdan tushib qizchani
nogironlik aravachasiga o'tqazayotgan yigitni kuzatib qoldi. "Uning ota-onasi 3 oy oldin
avtohalokatga uchragan, faqat shu qizcha tirik qolgan", kimningdir ovozi eshitildi. Avtobus
yurgan vaqtda qizcha o'tirgan, bo'sh o'rindiqqa qarab qolgan ayolning ko'zlarida yosh
tinmasdi..