Комментарии
- 1 июн 2016 15:19Каролдор ТУРКМЕНOxirgi 3ta tulovni bilish kodi
- 9 янв 2017 18:59Farxod Mirkomilov (FCB)Korparativni kartchkalargayam clic ochsa bolarmikan
- 18 фев 2017 16:31ॡॡॡ ßลאล ॡॡॡ*888# abanetski pilatasi bormi?
- 9 окт 2017 18:05🌸🦋 𝕟𝕠𝕣𝕒 🦋Sms habarnoma hizzmatini qanaqib ochirsam boladi
- 9 окт 2017 18:06🌸🦋 𝕟𝕠𝕣𝕒 🦋Yoki qanaqib boshqa nomerga otkazsam boladi iltimoos bladiganla yozvorila
- 27 ноя 2017 11:43sirli yigitOtkaziw qiyinmas
- 7 янв 2018 17:58Ш Й -смс хизматни банкаматдан ташкари мобил телефонни озида уласа боладими?
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Ucell abanentlariga
:ஐ O K ஐ MEX
UZACRD-CLICK yangi xizmati!
Ucellning barcha abonentlari - Online-plastik kartalari egalari uchun ajoyib yangilik!
2013 yil 1 sentabrdan Ucell abonentlari UZCARD-CLICK xizmatidan foydalanishlari va Ucellda o’z hisoblarini to’ldirishlari, shuningdek, o’z UZCARD Online-kartalari yordamida uydan chiqmagan holda, hech qanday foizlar va komission to’lovlarsiz turli xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo’ladi!
UZCARD-CLICK xizmati – Yagona Umumrespublika Protsess Markazi (YUPM) va "CLICK" kompaniyasining hamkorlikdagi loyihasi. Mazkur xizmat doirasida O’zRning istalgan bankidagi barcha UZCARD Online-plastik kartalari egalari o’z mobil telefonlariga SMS-axborotlashtirish xizmatini ulatib, *880# raqamini terib, Online-plastik kartalaridagi hisoblarini boshqarish imkoniga ega bo’ladilar .
Abonentlar uchun usbu tizimning asosiy qulayliklari:
Komission to’lovlar to’lanmaydi – UZCARD-CLICK tizimidagi barcha to’lovlar hech qanday to’lovlarsiz (0 %) amalga oshiriladi.
SMS-axborotlashtirish xizmati uchun oylik abonent to’lovlari to’lanmaydi. SMS-axborotlashtirish xizmati Online-karta egalariga karta hisobidagi har qanday o’zgarish (pul tushishi/pul yechilishi/to’lov)dan so’ng SMS-xabar olish imkonini beradi. Ushbu xabar tranzaksiya (terminal nomi ko’rsatilgan holda) turi, yechilgan pul miqdori va karta hisobida qolgan mablag’ to’g’risidagi axborotni o’z ichiga oladi. SMS-axborotlashtirish xizmati doirasidagi har bir SMS-xabar narxi - $0.005.
Uydan chiqmagan holda, shunchaki *880# raqamini terib, aloqa xizmati, shuningdek, internet-provayder, televideniye va boshqa xizmatlar uchun to’lovlarni to’lash imkoni.
USSD-so’rov yordamida kartadagi mablag’ni tekshirish imkoni.
Qisqa *880# raqamiga yuboriladigan barcha so’rovlar bepul.
UZCARD-CLICK xizmatidan foydalanishni boshlash uchun Online-plastik kartasi egasi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
1. Eng yaqin axborot shoxobchasi/bankomatda o’z telefoniga SMS-axborotlashtirish xizmatini ulatish kerak. SMS-axborotlashtirish xizmatiga ulanish bo’yicha batafsil yo’riqnoma bilan bu yerda (manba) tanishish mumkin.
2. Telefoningizda SMS-axborotlashtirish xizmati yoqilganidan keyin o’z Online-kartangizni UZCARD-CLICK tizimiga ulash kerak, buning uchun SMS-axborotlashtirish xizmati yoqilgan mobil telefoningizdan quyidagi bepul so’rovni jo’natasiz: *880*0*karta raqami*karta amal muddati#,
bunda karta raqami – bu plastik karta raqami (kartada ko'rsatilgan, uzluksiz yozilgan 16 belgidan iborat).
karta amal muddati – kartaning amal qilish muddati (kartada ko'rsatilgan, 4 belgidan iborat, masalan, 1216).