..

:: Hammasi Siz Uchun ::..
Wap Master Maqolalari
Saytga shablon o'rnatish
» Saytga dizayn (css) nima uchun
kerak? Saytni yanada ko`rkam va
chiroyli qilish va shu bilan birga
qo`l mehnatini kamaytirish uchun.
Har gal yangi sahifa yaratib, unga
dizayn berishdan ko`ra yagona
dizayn va shablon yaratish, kerak
bo`lganda shablonni nusxalab
undan foydalanish ancha oson va
vaqt jihatdan samarali. Saytga
dizayn shabloni qanday
o`rnatiladi? Buning uchun dizayn
arxivlangan fayl saytga yuklanadi,
dizayn saytning bosh qismiga
tiklanishi (extract yoki извлечь)
lozim. Arxivni
tiklashdasaytingizning bosh
sahifasiga ehtiyot bo`ling. Agar
dizayn ichida qanday fayllar
borligini bilmasangiz, yaxshisi uni
avval boshqa direktoriyada tiklab
ko`ring (agar bosh sahifangizdagi
kabi fayl arxivni ichida mavjud
bo`lsa, bosh sahifangiz o`chib
ketadi). Arxivni tiklagach yangi
style.css, index.htm, page.htm va
boshqalarga ko`zingiz tushadi.
index.htm bu bosh sahifa shabloni.
page.htm esa qolgan barcha
sahifalarning shabloni. Ularni o`z
hohishingizga ko`ra tahrirlang.
Odatda bosh sahifani bir marta
tahrirlash bilan kerakli holatga
keltirish mumkin. page.htm ni esa
shunday holatga keltiringki, zarur
bo`lganda uni nusxalab, yangi
sahifani osonlik bilan yaratish
imkoni bo`lsin. P.S.: Saytga tayyor
shablonni wapdiz.ru dan va yana
boshqa ko`plab saytlardan
olishingiz mumkin. Bir xil
kiyimdagi bir necha shaxs
qanchalik g`ayritabiiy tuyulsa, bir
xil dizayndagi bir necha sayt ham
shunchalik notabiiy bo`ladi. Ochiq
internetga qo`yilgan stil ko`p
marotaba yangi wap ustalar
tomonidan foydalaniladi. Ulardan
ajralib turmoqchi bo`lsangiz o`z
stilingizni yaratishga harakat
qiling.

Комментарии

Комментариев нет.