Kechirguchi mehribon hudo,

Birkun hayot gulim so'ladi.
Men jannatga kirsam avvalo,
Izlaganim onam bo'ladi.
Chashmi ziyo, lali, dur emas,
Yoki o'n besh yoshli hur emas.
Yashirmayman bini sir emas,
Izlaganim onam bo'ladi.
Jamolini ko'rsatsa hudo,
Meni ko'nglim nurga to'ladi.
Shodligimni aytmoqqa shunda,
Izlaganim onam bo'ladi.
Ko'rsam shudir ko'nglim to'lgani,
Shunda meni ko'nglim to'ladi.
Jannatlarda ko'rsam bo'lgani,
Izlaganim onam bo'ladi.
Vidolashsam o'g'il qiz bilan,
Ko'nglomda bir umid qoladi.
Ko'rishaylik yorig' yuz bilan,
IZLAGANIM ONAM BO'LADI...

Комментарии

Комментариев нет.