bo`lgandi adashmasam. Qish har yilgidan sovuq keldi, hamma tomonda qalin qor. O`sha kuni tongda odatdagidek ishga otlandim. Kun juda sovuq, ko`chada ham odam kam. Izg'irin qalin kiyimdan ham o`tib tanaga igna sanchadigan darajada. Aksiga olib mashinalar ham ko`rinmaydi. Yo`l chetida yupun kiyingan qariyaga ko`zim tushib bunaqa sovuqda ko`chada turganligiga hayron qoldim. Tushunarli, u tilanchilik qilayotgan ekan. Sira o`xshamaydi tilanchiga. Bu sovuqda ko`chada odam kamligi mayliyu, bori ham cho`ntak kovlashga erinadi. Yonidan o`tayotib biroz pul tutdim. Ko`zlari juda g'amgin boqarkan odamga. Tilanchilik qilishni istamayotgandek, uyalyotgani bilinadi. "Rahmat" dedi zo`rg'a. Hech kimi yo`qmikana? Qariganda bu ahvolda... Juda achindim o`shanda shu kabi odamlarga. Ishim shu kuni tushlikkacha tugadi. Uyga qaytishda yo`lda ertalabki cholni ko`rib qoldim. Qiziq, qo`lida bir dona gul bor edi. Endi qiziquvchanligim tutib mashinadan tushib qoldim va cholning ortidan kuzatib ketdim. U sirpanchiq yo`ldan zo`rg'a yurib borar, qo`lidagi gulni esa juda avaylab bag'riga bosib olgandi. Qabriston tomonga burilganida yuragim nimanidir sezdi. Qabrlar qor bilan qoplangan, chol ularni oralab chetdagi bir qabr yonida to`xtadi. Cho`kkalab gulini qabr ustiga qo`ydi. Boshini egib ancha vaqt shu taxlit turib qoldi. Uning yig'layotganini sezish mumkin edi. Iztirobli manzara... Sezib qolishini istamasamda yaqinroq bordim. Qabrga kichikroq marmar örnatilgan edi. Xotinining qabri bo`lsa kerak. Bugun tug'ilgan kuni ekanda. Ajabo shunga ertalabdan bunaqa qilgan. 7 yil bo`libdi o`lganiga. Qabr ustida bir dona qip-qizil atirgul qordan sovuq qotgandek mayin titrab turardi. Cholning pichirlayotgan ovozi quloqlarimga eshitildi: "Bu so`nggi gul, tez orada yana birga bo`lamiz"... G'alati bölib ketdim. Sönggi gul? Bu nima degani? Nahotki bu ... U bazör örnidan turib, kelgan yölidan bir-bir ortiga yurib ketdi. Men biroz u ziyorat qilgan qabr yonida turib qoldim. "Yana kelibdida..." Ovoz kelgan tomonga yuzlandim, görkov bölsa kerak. Menga qaramasdan, qabr ustida turgan gulga tikilguncha sözlashda davom etdi: "U juda yaxshi körardida rahmatlik ayolini. 40 yildan ziyod birga baxtli yashashdi. Lekin farzandlari bölmadi. 7 yil oldin esa... 7 yilan beri har kuni kelardi, issiq kunda ham, sovuq kunda ham. Yaqinda og'ir betob bölib, kasalxonaga tushib qoldi. Ancha örganib qolganman unga. Kecha kasalxonaga borsam, doktorlar ahvoli og'irligini aytishdi. Ehtimol, umrining sönggi kunlarini yashayotgandir. Buni qarang, bugun kasalxonadan qochib ketgan körinadi. Inson bölib, bunaqa muhabbatni körmagan edim." Közimdan yosh chiqib ketdi. Muhabbat, sadoqat haqida gaplarni köp eshitardim. Shunaqa bölarkanda. Biz ba'zida oldimizdagi baxtning qadriga yetmaymiz. Afsus... Afsuslanishdan boshqa nimayam kelardi qölimdan? So`nggi gul? Eh, otaxon haqiqiy qalb o`lmaydi hecham. Mana shunaqa gul bo`lib qayta tug'iladi hali…
Qayg'uli Hikoyalar
:ΞMґΞ ΞMสchσΞ
Bu voqea qishda, 2-3 yil ilgari
bo`lgandi adashmasam. Qish har
yilgidan sovuq keldi, hamma
tomonda qalin qor. O`sha kuni
tongda odatdagidek ishga
otlandim. Kun juda sovuq,
ko`chada ham odam kam. Izg'irin
qalin kiyimdan ham o`tib tanaga
igna sanchadigan darajada.
Aksiga olib mashinalar ham
ko`rinmaydi. Yo`l chetida yupun
kiyingan qariyaga ko`zim tushib
bunaqa sovuqda ko`chada
turganligiga hayron qoldim.
Tushunarli, u tilanchilik
qilayotgan ekan. Sira
o`xshamaydi tilanchiga. Bu
sovuqda ko`chada odam kamligi
mayliyu, bori ham cho`ntak
kovlashga erinadi. Yonidan
o`tayotib biroz pul tutdim.
Ko`zlari juda g'amgin boqarkan
odamga. Tilanchilik
qilishni istamayotgandek,
uyalyotgani bilinadi. "Rahmat"
dedi zo`rg'a. Hech kimi
yo`qmikana? Qariganda bu
ahvolda... Juda achindim
o`shanda shu kabi odamlarga.
Ishim shu kuni tushlikkacha
tugadi. Uyga qaytishda yo`lda
ertalabki cholni ko`rib qoldim.
Qiziq, qo`lida bir dona gul bor
edi. Endi qiziquvchanligim tutib
mashinadan tushib qoldim va
cholning ortidan kuzatib ketdim.
U sirpanchiq yo`ldan zo`rg'a
yurib borar, qo`lidagi gulni esa
juda avaylab bag'riga bosib
olgandi. Qabriston tomonga
burilganida yuragim nimanidir
sezdi. Qabrlar qor bilan
qoplangan, chol ularni oralab
chetdagi bir qabr yonida to`xtadi.
Cho`kkalab gulini qabr ustiga
qo`ydi. Boshini egib ancha vaqt
shu taxlit turib qoldi. Uning
yig'layotganini sezish mumkin
edi. Iztirobli manzara...
Sezib qolishini istamasamda
yaqinroq bordim. Qabrga
kichikroq marmar örnatilgan edi.
Xotinining qabri bo`lsa kerak.
Bugun tug'ilgan kuni ekanda.
Ajabo shunga ertalabdan bunaqa
qilgan. 7 yil bo`libdi
o`lganiga. Qabr ustida bir dona
qip-qizil atirgul qordan sovuq
qotgandek mayin titrab turardi.
Cholning pichirlayotgan ovozi
quloqlarimga eshitildi: "Bu
so`nggi gul, tez orada yana birga
bo`lamiz"...
G'alati bölib ketdim. Sönggi gul?
Bu nima degani? Nahotki bu ... U
bazör örnidan turib, kelgan
yölidan bir-bir ortiga yurib ketdi.
Men biroz u ziyorat qilgan qabr
yonida turib qoldim. "Yana
kelibdida..." Ovoz kelgan tomonga
yuzlandim, görkov bölsa kerak.
Menga qaramasdan, qabr ustida
turgan gulga tikilguncha
sözlashda davom etdi: "U juda
yaxshi körardida rahmatlik
ayolini. 40 yildan ziyod birga
baxtli yashashdi. Lekin farzandlari
bölmadi. 7 yil oldin esa... 7 yilan
beri har kuni kelardi, issiq kunda
ham, sovuq kunda ham. Yaqinda
og'ir betob bölib, kasalxonaga
tushib qoldi. Ancha örganib
qolganman unga. Kecha
kasalxonaga borsam, doktorlar
ahvoli og'irligini aytishdi. Ehtimol,
umrining sönggi kunlarini
yashayotgandir. Buni qarang,
bugun kasalxonadan qochib
ketgan körinadi. Inson bölib,
bunaqa muhabbatni körmagan
edim." Közimdan yosh chiqib
ketdi. Muhabbat, sadoqat haqida
gaplarni köp eshitardim. Shunaqa
bölarkanda. Biz ba'zida
oldimizdagi baxtning qadriga
yetmaymiz. Afsus...
Afsuslanishdan boshqa nimayam
kelardi qölimdan? So`nggi gul?
Eh, otaxon haqiqiy qalb o`lmaydi
hecham. Mana shunaqa gul bo`lib
qayta tug'iladi
hali…