O’Z BAXTI QOTILIGA AYLANGAN

YIGIT...
1 2 >>
Man sevgan qizimga uylanmaganman
sababi onamga uni oilasi yoqmagan,
shuning uchun mani o’zlariga yoqqan
qizga uylantirganlar. Qarshilik
qilmadingmi deyishingiz mumkin.
Sevgim uchun kurashdim ham lekin
vaziyat shu darajaga bordiki yo
onamdan voz kechib sevgilim tanlashim
yo bariga qo’l siltab chimildiqqa
kirishim kerak edi. Xo’rlayvermang
mening ham uvolim bor Bir kuni izimni
izlab qolasiz Qadrim o’tganida ey holi
abgor Ortimdan mung’ayib yig’lab
qolasiz To’y kuni hamma shodon o’ynab
kulardi lekin mani yuragimda yonimda
o’tirgan kelinga nisbatan Nafrat
kuchayardi axir mana shu qiz onamga
yoqib qolmaganida man sevganimga
uylanardim. To’yimda hamma
kuyovlar kabi baxtimdan xursand
bo’lib o’tirardim. Agar shu qiz
bo’lmaganda… Ichimga butun boshli
elektrostansiyani quvvatini bersa ham
yonmaydigan chiroqqa o’xshagan
qalbim va bugun meni bevafo deb
qarg’ayotgan sevgilimni o’ylab To’y
o'tguncha zo’rg’a chidadim. Hamma
kiyovlar chimildiqqa muhabbat bilan
kirsa man Chimildiqda mani
kutayotgan kelinchak oldiga Nafrat
to’la yuragim bilan kirdim. Unga
nisbatan qalbimda zarra mehr ham his
etmadim. U manga sevgim qotili bo’lib
ko’rinardi. Ilk kechadayoq xotinimga
bor xaqiqatni aytim onamni qistovi
bilan unga uylanganimni, sevgan qizim
borligini va manga umuman
yaqinlashmasligini agar manga
yoqishga urinadigan biror ish qiladigan
bo’lsa javobini berishimni aytim.
Bechora sahargacha tinmay yig’lab
chiqdi. Man tong otishi bilan
Chimildiqdan chiqib kettim. O’sha tunda
bo’lgan suhbatni u hech kimga aytmadi
xatto kelinyanga ham indamagan ekan
(buni keyin bildim) Xullas ikkimiz ham
taqdirga ko’nib yashay boshladik.
Onamni qarindoshlarni va mahalla kuy
oldida er hotin rolini o’ynardigu lekin
uy ichkasida begonalardek yashardik.
Man uni hammasiga chidoyotganiga
hayron edim… Hamma ishlarni qilardi
bechora unga rahmim ham kelardi lekin
ko’zlarimga sevgim qotili bo’lib
ko'rinardi. Shu taxlit oradan bir yil
o'tdi. U hamon jim indamay taqdira
ko’nib yashardi. Men badbaxt esa unga
nisbatan bir o’giz shirin so’zimni ham
aytmasdim Bir bir hotirlaysiz
qizg’anchiq qizni Va burchakda yig'lab
o’tirgan hisni Sizni qiynamasmu
sog'inchning husni Men ketgandan so’ng
meni izlab qolarsiz Bir kuni ishim
yuzadan shahar markazidagi bir
firmaga borib ishlarimni bitirib ortga
qaytayotsam xiyobonda sayr qilayotgan
kelin kuyovga ko’zim tushdi. Kelin
kimligi aytsam hayron bo’lasiz o’sha
man sevib ardoqlagan qiz edi. U shu
qadar baxtli ediki buni ko’zlaridan ham
sezsa bo’lardi. Axir oldida yurgan
kuyov o’rnida hozir man bo’lishim
mumkin ediku… agar uyimdagi man
bilan birga yashayotgan xotinim
bo’lmaganida shunday o’ylar bilan
to’g'ri Barga bordim alamimdan rosa
ichdim… Yarim kechasi g’irt mas holda
uyimga keldim… Hovlida esa onam
meni kutib o’tirgan ekanlar. Ularni
ko’zlariga qarolmadim… - Man sani
ko’chada ichib yurishin uchun katta
qilmaganman bilib qo’y bolam agar
yana bir marta shu holda ko’rsam onang
yo’q – deb mani koyiy boshladilar…
Kayfim borligimi yo sevganimdan
ayrilganim yo nafrat sabab

Комментарии

  • 17 дек 2013 01:59
    bilmadim… Umrda birinchi marta
    onamga gap qaytardim - Nima dediz
    yana ichsang onang yo’q dedizmi ? Mani
    mana shu keliningizga uylanishga
    majbur qilgan kunizdan boshlab man
    uchun zarracha hurmatiz qolmagan.
    Bugun uni to’yi bo'ldi u shunaqa baxtli
    edi ko’rib rosa alam qildi, mana
    buningizdan uni nimasi kam edi boyligi
    nimasi ayting ? - Bas qil kelin eshitib
    qolmasin ? - U hammasini biladi.
    Chimildiqqa birinchi kirgan kunimdan
    beri biladi. Bilsa ham indamay
    yashayabdi… Onam chidolmadilar mani
    oldimga kelib yuzimga tarsaki tortilar. -
    Mani urdiza ona mana shu kelinizi deb
    urdiza ona – Man alamimga chidolmay
    Xotimni oldiga kirdim. Uni xovliga
    sudrab obchiqib duch kelgan joyiga ura
    boshladim Agar san bo’lmaganinda man
    …….ga uylanardim. Manam baxtli
    bo’lardim….. onam mani so’kib yuzimga
    urmasdi… agar san onamga yoqib
    qolmaganinda … Keyin nima bo’lganini
    bilmadim. O’zimga kelganimda
    melitsyaxonada edim. O’sha kechasi
    xotimni urayotganimda onamni manga
    kuchlari yetmabdi. Qo’shnilarni
    chaqiribdilar. Ular ham zo’rg’a ajratib
    olishibdi. Xotinimni esa Kasalxonaga
    olib ketishyotganda yo’lda jon beribdi…
    Man 10 yilga qamaldim… Sekin
    pichirlaysiz kechir bechoram Men
    noshudni suygan xasta devonam
    Ko’rsayding holimni ko’r bir parvonam
    Lahzalik diydorni istab qolasiz
    Bilasizmi 10 yil ichida umuman boshqa
    odamga aylandim. " U yo'q ”da juda
    ko’p narsalarni qadriga yetishga
    o’rgandim. O’zimni anglab yettim aslida
    man sevgan qiz man uchun hech kim
    ekanini Xotinim esa mani asl baxtim
    bo’laganini tushundim. Biroq endi kech…
    Qaniydi xech bo’lmasa bir lahsa
    yonimda paydo bo’lsa undan kechirim
    so’ragan bo’lardim... Xo’rlayvermang
    titrog’imda tinch yotay Kelmang
    titrog’imni sezib qolasiz Yig'lamang men
    sizga bashorat aytay Men ketgandan
    so’ng meni sevib qolasiz Qamoqdan
    qaytganimdan beri Sarvarani Izlab
    qo’shig’ini kuniga 100 martalab
    eshitaman. Bu qo’shiqda rahmatli
    xotinimni dardlari borday tuyuladi
    menga Ukam bu xatni vijdon azobida
    qiynalayotgan, O’Z BAXTINI
    QOTILIGA AYLANGAN YIGIT dan deb
    qabul qiling…. Hurmatli o’quvchi agar
    siz ham sevgingizdan voz kechib ota
    onangizga yoqqan yigit yoki qiz bilan
    turmush qurgan bo’lsangiz. Iltimos
    Sevgingizni unitib, yoniggizdagi
    yoringizga do’stlik va mehr tuyg’ularini
    hadya eting… Ishonamanki mehr va
    do’stlik tuyg’ulari ustun bo’lgan oilada
    sevgi ham tug’iladi...!!!